Gulli o'simliklar sistematikasining qisqacha rivojlanish tarixi

Gulli o'simliklar sistematikasining qisqacha rivojlanish tarixi

O'quvchilarga / Botanika
Gulli o'simliklar sistematikasining qisqacha rivojlanish tarixi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. O'simliklar tasnifotini yaratishidagi dastlabki harakatlar. 2. Sun'iy, tabiiy va filogenetik tizimlar haqida tushuncha. 1. O'simliklarni tasnifot (klassiffikatsiya) qilish sohasidagi urinishlar kishilik jamiyatining ilk davridan boshlandi. Dastlab, kishilar o'simlik turlarini foydali belgilariga qarab har xil guruhlarga- oziq-ovqat bo'ladigan, dorivor va bo'yoq uchun ishlatiladigan hamda zaharlilarga bo'lgan. O'simliklar tasnifotiga doir yozma holdagi dastlabki ma'lumotlar qadimgi Gretsiyada, Rimda yashagan tabiatshunos olimlarning asarlarida uchraydi. Mashxur grek filosofi va tabiatshunos olimi Aristotel' (eram. Avval 384-322 y) o'simliklarni o'rganish bilan ham shug'ullangan. Keyinchalik uning shogirdi Teofrast (eram.avv. 371-286y) o'z ustozi ishini davom ettirdi. U o'simliklar haqidagi ma'lumotlarni to'plab, ularni o'rganib, o'zining 10-tomli «O'simliklarning tabiiy tarixi» degan kitobida 450 ga yaqin o'simlik turlarini tasvirlagan. Ularni daraxt, buta, chala buta va o't o'smliklarga bo'ladi. O't o'simliklarni esa yana bir, ikki va ko'p yillik o'simliklarga ajratadi. Teofrast o'z sistemasida ekologiya prinsipini asos qilib oldi. Rim olimlaridan Pliniy Starshiy (eram.avv. 24-79 y) o'zining «Tabiat tarixi» degan 9 tomli asarining 6 tomini o'simliklarga bag'ishladi. U taxminan 100ga yaqin o'simlik haqida ma'lumot berdi. O'rta asrda yashagan va jahon faniga juda katta xissa qo'shgan buyuk mutaffakkir va mashxur olim Abu-Ali Ibn Sinoning (989-1037) dastlab 1020 yilda nashr etilgan, Alqonun fit tib, ya'ni «Meditsina qonunlari» nomli asari fanning rivojlanishiga katta xissa qo'shdi. Chunki bu asarda dorivor o'simliklar tug'risida xam fikr yuritilgan. 2. XVI-XVII asrlarga kelib tasviriy botanikaning rivojlangan davri bo'ldi. Chunki shu davrdagi botaniklar asosiy diqqatini o'simliklarni tasvirlashga qaratdilar. O'simliklarga oid juda ko'p materiallar tuplandi. Agarda Teofrast yashagan davrda o'simliklarning 450 turi ma'lum bo'lgan bo'lsa. 17-asrga kelib ularning soni 6 mingga etdi. Bu tuplangan ma'lumotlarni aniqlab ma'lum bir tizimga solish ishlari boshlandi. O'simliklar tizimlarini yaratish ustida qilingan ilk urinishlardan eng ko'zga ko'ringani (1583) Ital'yan botanigi Andreo TSezal'pin (1519-1603) tizimidir. U o'zining «O'simliklar haqida 16 kitob» nomli asarida 1500 tur o'simlikni tasvirlaydi. A. TSezal'pin o'z tizimida o'simliklar olamini avvalo ikki bo'limga: I. Daraxt va butalar. II.Chala butalar va o'tlarga ajratdi. Ularni o'z navbatida 15 ta sinfga bo'ldi. Sinflarga bo'lganda mevaning tuzilishiga, meva uyalariga, uruglar soniga, gulning tuzilishiga, tugunchaning ostki va ustki bo'lishiga ham e'tibor berdi. A.TSezal'pin ajratgan ba'zi bir sinflar hozirgi zamonda mavjud bo'lgan tabiiy guruhlarga tug'ri kelsa. M: X-sinf g'avzobondoshlar va labguldoshlar. Ayrimlari esa keskin farq qiladi. M: VII- sinfga atirguldoshlar, ruyandoshlar va ituzumdoshlar oilasi kiritilgan. Bu uning sistemasi sun'iy sistema ekanligidan dalolat beradi. Lekin shunday bo'lsa ham sistematikaning tarixiy rivojlanish taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Ingliz botaniklaridan Jon Rey (1623-1705) «O'simliklar tarixi» nomli asarida (1686y) birinchi marta o'simliklar dunyosini sporali va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.11 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.11 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga