Reja 1. Gulli o'simliklarning sinflarga bo'linishi. 2. Ikki pallalilar sinfiga tavsif. 3. Sinfning sinfchalarga bo'linishi. 4. Magnoliyaqabilar sinfchasining asosiy qabila va oilalari. Tarqalishi. 5. Ahamiyati 1. Gulli o'simliklar bo'limi ikki va bir pallalilar sinfiga bo'linadi. Ikki pallalilar sinfiga mansub o'simliklar kelib chiqishi bo'yicha qadimgi bo'lib, ular orasida daraxt, buta va o't o'simliklar uchraydi. Hozirgi paytda bu sinfga 1900 tur o'simlik kirib, ular 100 turkum, 429 ta oilani tashkil etadi. (Taxtajiyan,1987). Ikki pallali o'simliklar sinfining o'ziga xos xarakterli belgilari quyidgilardan iborat: 1. Mo'rtagi 2 ta palladan iborat. 2. Urug'i endospermli yoki endospermsiz. 3. Mo'rtagida boshlang'ich ildiz o'simlik hayotining to oxirigacha saqlanib o'q ildiz hosil qiladi. 4. O'tqazuvchi nay tolalar to'plami ochiq tipdagi bo'lib, ular halqa bo'lib joylashgan. Shu bilan birgalikda ularda poyaning ikkilamchi tartibda qalinlashishiga imkon beradigan kambiy qatlami mavjud. 5. Bularning ko'pchiligida gulkurg'on 5 a'zoli. 6. Bu sinfda daraxtsimon vakillari bir pallalilarga nisbatan ko'p uchraydi. Ikki pallalilar sinfi - Dycotelodonae yoki Magnoliyasimonlar sinfi- Magnoliopsida . Bu sinf quyidagi sinfchalarga bo'linadi: 1. Magnoliyakabilar sinfchasi - Magnoliidae 2. Ayiqtovonkabilar sinfchasi - Ranunculidae 3. Chinnigulkabilar sinfchasi - Caryophyllidae 4. Chinorkabilar sinfchasi - Hamamelididae 5. Dilleniyakabilar sinfchasi - Dilleniidae 6. Ra'nokabilar sinfchasi - Rosidae 7. Yalpizkabilar sinfchasi - Lamidae 8. Qoqio'tkabilar sinfchasi - Asteridae 1. Magnoliyakabilar sinfchasi sodda tuzilgan, tarkibida efir modda saqlovchi bezchalarning bo'lishi, gul qismining spiral joylanishi, apokarp ginitseyning bo'lishi, bilan farq qiladi. Bu sinfcha vakillarining ko'pchiligi daraxt, buta va o't o'simliklardan tashkil topgan. Sinfcha bir nechta qabilalarni o'z ichiga oladi. 1. Magnoliyanomalar qabilasi -Magnoliales. Bu qabila tarkibida 3 ta oila mavjud bo'lib, ulardan magnoliyadoshlar oilasi haqida fikr yuritamiz. Magnoliyadoshlar oilasi- Magnoliaceae. Oilaning 12 turkumga mansub 230 ga yaqin turi asosan Janubiy - Sharqiy Osiyo va Shimoliy Amerikaning tropik va subtropik o'lkalarda tarqalgan. Ularning ko'pchiligi daraxt va buta o'simliklardir. Barglari oddiy, novdada ketma-ket joylashgan. Poyasining po'st qismida efir moy bilan to'lib turuvchi hujayralar mavjud. Gullari oddiy yoki murakkab yakka-yakka holda joylashgan ikki jinsli, gul qismlari spiral joylashgan, hasharotlar yordamida changlanadi. Gul tojbarglari oq, sariq, binafsha rangli, limon xidini tarqatadi. Changchi va urug'chisi cheksiz, mevasi ko'p urug'li bargak meva. Mevaning umumiy ko'rinishi, ochiq urug'lilarning onalik qubbasini eslatadi. Oilaning tipik vakili-yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora) hisoblanadi. Gul formulasi: Û P3+3+3A∾G∾ Oilaning yana bir vakili - Lola daraxti (Lirodendron tulipifera). Gul formulasi: Û Ca3Co3+3A∾G∾ Bu oila vakillari manzarali o'simlik sifatida mamlakatimiz va boshqa davlatlarda ekib o'stiriladi. 2.Lavranamolar qabilasi - Laurales Bu qabilaning 11 ta oilaga mansub 2700 ga yaqin turi ma'lum. Ular asosan daraxt va ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.71 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.71 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:13 ]
Arxiv ichida: doc