Gullari turlicha shakl va rangli gulqo'rg'onga (gulkosa, gultoj) hamda uning ichida joylashgan changchi va urug'chiga ega bo'lgan, urug' langandan so'ng meva hosil qiladigan o'simliklar gulli o'simliklar deyiladi. Yer yuzidagi gulli o'simliklar 533 oila, 1300 turkum va 250 mingdan ortiq turni o'z ichiga olishi aniqlangan. Bu o'simliklarning har biri o'ziga xos belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Birorta gulli o'simlikning umumiy tuzilishi bilan tanis hib chiqing. Uni boshqasi bilan solishtirib ko'ring. Farqini ayting. Gullamaydigan o'simlik guruhlari haqida ma'lumot to'plang. Gulli o'simliklarning asosiy organlarini aniqlang: A. Ildiz, novda, meva, urug', kurtak. Urug', gul, meva, ildiz, barg, poya. Ho'l meva, poya, ildiz, urug', kurtak, meva. Poya, kurtak, ildiz. O'simliklar dunyosi million yillar davomida turlicha iqlim sharoitiga, tuproqqa va namlikka moslashib shakllangan. Ularning organlari, ichki tuzilishi, ajoyib xossalari, xususan, hayotiy shakllari, yirik guli va mevasi, ildizi, salobatli shoxshabb asi, umrb oqiyligi, ayrim mayda jonzotlar bilan oziqlanishi, kelgusi naslni o'z bag'rida voyaga yetkazib, mustaqil hayotga yo'llanma berishi kabi irsiy belgilari bilan necha asr lardan beri odamlarni o'ziga jalb etib kelmoqda Har bir o'simlik turining o'ziga xos ajoyib xossalari bor. O'simliklarning xilma-xil ligini aks ettiruvchi misollar juda ko'p. Bularga Seyshel orolidagi o'n yillar mo baynida pishib yetiladigan, og'irligi 25 kg ga yetadigan seyshel palmasiyong'oqlari, tanasida 200 l gacha suv saqlaydigan Meksika kaktuslari, Kanar orollarida 600 yilgacha umr ko'radigan ajdar daraxtlari, Sumatra orolidagi diametri 1 m ga yetadigan rafleziya kabi ulkan gullar misol bo'ladi. Bunday ajoyibotlar o'lkamizdagi o'simliklar orasida ham ko'plab topiladi. Masalan, jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o'sadigan, barglari arang ko'rinadigan saksovul va qandim, poyasi suv tagida bo'lib, guli suv yuzasida ochiladigan nilufar, hasharotlar bilan oziqlanadigan suv qaroqchisi, tabiat ko'rki bo'lgan qizil lola, ko'zagul, sallagul, chinnigul va jumagullar (xolmon), noyob mevali o'simliklardan pista, bodom, safsanlar, tabobatda ko'p ishlatiladigan chakanda, isiriq, na'matak,suvqalampir va boshqalar o'simliklar dunyosi ning ajoyib vakillaridir. Gulning tashqi qavati, odatda, yashil rangli gulkosacha- barglar bilan o'ralgan bo'ladi. Ulardan so'ng rangli gultojbarglar joylashadi. Gulning o'rta qismida changchilar, markazida esa urug'chi joylashadi. Gulli o'simliklarning xilma-xilligi ekologik sharoitning o'zgarishi bilan bog'liq. Ular million yillar mobaynida o'zgarib, yangi muhitga, sharoitga moslasha borgan. Sharoit o'zgarishi bilan o'simliklarda yangi muhitga xos belgilar paydo bo'lgan va bu belgilar vaqt o'tishi bilan sekin-asta mustahkamlangan (irsiylashgan). Natijada maxsus sharoitlarga moslashgan yangi o'simliklar (turlar, turkumlar, oilalar) paydo bo'lgan. Yangi sharoitga moslasha olmagan o'simliklar yo'qolib ketgan. Bundan 140 million yillar ilgari urug'li qirqquloqlarning shu davrgacha saqlanib kelgan vakillaridan gulli o'simliklar paydo bo'lgan. Savol va topshiriqlar Barcha gulli o'simliklar uchun xos bo'lgan belgilar nimalardan iborat? Gulli ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.98 MB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.98 MB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:13 ]
Arxiv ichida: pptx