Gulli o'simliklarning jinsiy ko'payishi. Urug'lanish

Gulli o'simliklarning jinsiy ko'payishi. Urug'lanish

O'quvchilarga / Botanika
Gulli o'simliklarning jinsiy ko'payishi. Urug'lanish - rasmi

Material tavsifi

33-§. GULLI O'SIMLIKLARNING JINSIY KO'PAYISHI. URUG'LANISH 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Changchi va urug'chidagi jinsiy hujayralarning qo'shilish jarayoni urug'lanish deyiladi. Bu yangi organizm demakdir. Shubhasiz, chang nima, u qanday tuzilgan, degan savol tug'iladi. Bitta changdonda yuzlab va minglab chang dona-chalari yetiladi. Chang o'simliklarning turiga qarab har xil shaklda va kattalikda bo'ladi. Uni zamonaviy mikroskoplarda ko'rish mumkin. Har bir chang donachasi mayda-yirik ikkita hujayradan tuzilgan. Ana shu hujayralarning yirigi vegetativ hujayra, maydasi jinsiy (generativ) hujayra deb ataladi. Ularning har birida sitoplazma va yadro bo'ladi. Urug'chi tumshuq­chasiga tushgan chang o'simliklar tomonidan tumshuqcha yuzasining notekisligi va undan ajralib chiqib turadigan yopishqoq shira orqali ushlanib qoladi. Ushlanib qolgan chang asta-sekin o'sa boshlaydi. Uning vegetativ hujayrasi o'sib, uzun va ingichka naycha hosil qiladi. Generativ hu­jayra bo'linib, ikkita sperma hosil qiladi. Chang naychasi tez o'sib, urug'chidagi tumshuqcha hamda ustuncha ichiga kira-di va tuguncha tomon o'sadi. Chang naychalari turli tezlikda o'sadi. Ulardan bittasi qolganlaridan o'zib ketib, tuguncha ichidagi urug'kurtakkacha borib yetadi. Hosil bo'lgan ikkita sperma chang naychasi orqali urug'kurtakka borib, ichiga kiradi. Shu vaqtning o'zida urug'kurtak ichida tuxum hu­jayra va markaziy hujayralar yetilgan bo'ladi. Spermalar-dan biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo'shiladi. Bu jarayon gulli o'simliklarda urug'lanish (qo'sh urug'lanish) deb ataladi Urug'kurtakning urug'langan hujayralari ko'p marta bo'lina boshlaydi. Urug'langan tuxum hujayradan mo'rtak, urug'langan markaziy hujayradan esa endosperm rivojla-nadi. Mo'rtak bilan endosperm birgalikda urug' hosil qila­di. Shunday qilib, qo'sh urug'lanishdan so'ng urug'kurtak urug'ga aylanadi. Uning po'stidan shu urug'ni o'rab tura-digan po'st, tuguncha va gulning boshqa qismlaridan esa meva hosil bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.68 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:13 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.68 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga