Gulxayrigullilar qabilasi - Malvales Reja: Gulxayridoshlar oilasi vakillarining tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlar va xo'jalikdagi ahamiyati. Baobabdoshlar oilasi vakillarining tuzilishi va ahamiyati. Shokolodguldoshlar oilasi vakillarining tuzilishi va xo'jalikdagi ahamiyati. Tayanch ibora va atamalar: barg qo'ltig'i, savanna, sklerenxima, kauliflariya, alkaloid. Gulxayrigullilar daraxt, buta va o't o'simlik, barglari oddiy yoki ayrim hollarda murakkab, odatda yon bargchali, gullari katta, besh a'zoli, aktinomorf, qo'sh a'zoli, qo'sh gul qo'rg'onli. Gul kosa va gultoj barglari erkin holda joylashgan, tutash emas. Changchilari, odatda, ikki qator doira shaklida joylashgan. Tashqi doirada joylashgan changchilar, ko'pincha, rivojlanmagan. Ichki doiradagi changchilar chang iplarini shoxlanishi natijasida ko'p sonli. Chang iplari birlashib dasta, to'da yoki naychaga aylangan, bu nayni urug'chi o'rab turadi. Urug'chisi tsenokarp, tugunchasi ustki bir, ikki yoki ko'p meva bargidan shakllangan. Mevasi quruq meva, ayrim hollarda danaksimon yoki rezavor meva. Urug'i endospermsiz. Qabilaning xarakterli belgilaridan uning poyasida va, xususan, po'stlog'ida sklerenxima tolalarining bo'lishi, poyaning shoxlangan tuklar bilan qoplanganligi, shilimshiq hujayralar va, ayrim hollarda, shilimshiq oqimi mavjud maxsus kanallarning bo'lishidir. Taxtadjyan (1987) sistemasida bu qabilaga kiruvchi oilalarning soni o'nta. Biz quyida gulxayridoshlar (Malvaceae), baobabdoshlar (Bombacaceae) va shokaladguldoshlar (Sterculiaceae) kabi oilalar to'g'risida fikr yuritamiz. Gulxayridoshlar oilasi - Malvaceae Oilaning 70 turkumga mansub 900 dan ortiq turi yer yuzining tropik qismida va, ayrim hollarda, o'rta iqlimli kenglikda o'sadi. Hamdo'stlik mamlakatlarida uning 12 turkumga mansub 72 turi uchraydi. Bular daraxt, buta va o't o'simlik. Barglari navbatlashib joylashgan, oddiy, panjasimon. Guli yakka barg qo'ltig'ida, ayrim hollarda, poyaning uchida joylashgan. Qo'sh gul qo'rg'onli. Kosacha barglari tutash, 5 ta, ayrim hollarda 3 tadan 6-10 taga qadar, tutash emas. Toj barglari tutashgan. Tugunchasi uch yoki undan ortiq meva barglarining birlashishidan shakllangan, ustuncha va tumshuqchali. Gul formulasi Ca3(3)+(6-10) Co5 A∞ G∞. Mevasi ko'sakcha yoki bir qancha yong'oqchalar to'plamidan iborat. Urug'i endospermli. O'zbekistonda gulxayri turkumiga mansub dag'al kanop (Abutilon), bo'ritaroq (Hibiscus), tugmachagul (Malva), baxmalgul (Althea) turlari keng tarqalgan. Bulardan tashqari oilaning g'o'za (Gossypium) turkumi O'rta Osiyo Respublikalarida madaniy o'simlik sifatida katta maydonlarda o'stiriladi. G'o'za (Gossypium) turkumining asosiy turlaridan 76 turi yer yuzining tropik, subtropik va o'rta iqlimli mintaqalarida tarqalgan bo'lib, aksariyat qismi, ko'p yillik buta, lekin madaniylashtirilganligi bir yillik o'simlik. Jahonda ishlatiladigan tolaning 75% g'o'zadan olinadi. Urug'idan yog' olinadi, toj barglari esa bo'yoq uchun ishlatiladi. Bular orasida dorivor va manzarali turlari ham bor. G'o'za (20-rasm) jahonda 14 mln. gektar yerga ekilib, uning yarmi Osiyo mamlakatlariga to'g'ri keladi. O'rta Osiyoda g'o'za ekiladigan yerlarning umumiy maydoni 4 mln. ga teng. G'o'za qadim zamonlardan beri madaniy o'simlik sifatida ekib kelinmokda. U eramizdan 3.00 yil ilgari ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.97 MB
Ko'rishlar soni
31 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.97 MB
Ko'rishlar soni
31 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:13 ]
Arxiv ichida: doc