Zoologiya fani bo'yicha (7-sinf uchun) Darsning mavzusi: Hayvon organizmining tuzilishi, hayvonlar klassifikatsiyasi. Darsning maqsadi: O'quvchilarga hayvon organizmining tuzilishi, hayvonlar klassifikatsiyasi haqida umumiy ma'lumot berish; hayvon hamda o'simlik organizmining o'xshashlik va farqli jihatlarini aniqlash asosida egallagan bilimlarini yanada mustahkamlash. Dars jarayonida qo'llaniluvchi metodlar: an'anaviy va interfaol metodlar. Darsning rejasi: Hayvon organizmining tuzilishi. Hayvon organlari va organlar sistemasi. Hayvonlar klassifikatsiyasi. Hayvon hamda o'simlik organizmining o'xshashlik va farqli jihatlari. Darsning borishi: I. Darsning dastlabki bosqichi Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim nomli interfaol metod asosida tashkil etiladi. Sinf o'quvchilari besh guruhga bo'linadilar, har bir guruhga nom beriladi (guruh nomlarini o'quvchilar tanlaydilar). Sinf taxtasi uch qismga bo'linadi. Birinchi bo'limning yuqori qismiga Bilaman, ikkinchi bo'limning yuqori qismiga Bilishni xohlayman, uchinchi bo'limning yuqori qismiga Bilib oldim deb yozib qo'yiladi. So'ngra o'qituvchi o'quvchilardan yangi mavzu borasida qanday tushunchalarga ega ekanliklarini so'raydi, ular tomonidan bayon etilgan tushunchalar Bilaman nomli bandga yoziladi. Ushbu harakat o'quvchilar fikrlarini tugatgunlariga qadar davom ettiriladi. Mazkur jarayonda barcha o'quvchilarning faolligi ta'minlanishi lozim. O'quvchilar nimaniki o'ylasalar, shu fikr (agar u noto'g'ri bo'lsa ham)ni aytishlari mumkin. Zero, mashg'ulot jarayonida o'quvchilarning faoliyati cheklanmaydi. Bunday yondashuv ularda erkin, mustaqil fikrlash ko'nikmalarini hosil qilishi zarur. O'qituvchi o'quvchilardan yangi mavzu yuzasidan qanday tushunchalarni o'zlashtirishni xoxlashlarini so'raydi va ularni yana o'ylashga davat etadi. O'quvchilar tomonidan aytilgan tushunchalar Bilishni xohlayman nomli bandda o'z aksini topadi. Har ikki band bo'yicha faoliyat yakunlangach, o'qituvchi o'quvchilarga Hayvon organizmining tuzilishi, hayvonlar klassifikatsiyasi mavzusiga oid matnni tarqatadi. Matn mavzu yuzasidan o'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan asosiy ma'lumotlardan tuziladi. O'quvchilar matnni o'qib chiqqanlaridan so'ng Yangi mavzu bo'yicha yana nimalarni bilib oldim? degan savolga javob topishlari lozim. Har bir guruh o'quvchilari o'zaro fikrlashib olganlaridan so'ng o'zlashtirgan yangi tushunchalarni bayon etadilar. Ular tomonidan qayd etilgan tushunchalarni o'qituvchi yozuv taxtasida o'z aksini topgan jadvalning Bilib oldim nomli bandiga yozib boradi. Namuna sifatida quyidagi jadvalni keltiramiz: I. Darslik bilan ishlash. guruhlar umumiy mavzu tar-kibidan o'rin olgan kichik mavzular bilan tanishib chi-qadilar. Guruhlarga quyidagi kichik mavzular beriladi: Har bir guruhga ular o'zlashtirayotgan kichik mavzularga oid jadval yoki sxemalar tarqatiladi. Misol uchun: Hayvon hujayralarining o'simlik hujayralariga o'xshash va farqli jihatlari (1-tasvir). Hayvon to'qimalari va organlari (2-tasvir). Organlar va organlar sistemasi (3-tasvir). Hayvonlar klassifikatsiyasi (4-tasvir). Zoologiya fanining rivojlanish tarixi (5-tasvir). 1-tasvir 2-tasvir. Hayvon to'qimalari va organlari 3-tasvir. Organlar va organlar sistemasi 4-tasvir Hayvonlar klassifikatsiyasi 5-tasvir Zoologiya fanining rivojlanish tarixi Guruh a'zolari o'zlariga ajratilgan o'quv materiali bilan tanishib chiqqanlaridan so'ng berilgan liderlar tomonidan guruh tomonidan o'rganilgan kichik mavzuga oid jadval yoki sxemaning mohiyati qolgan o'quvchilarga ochib beriladi. Ana ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.84 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.84 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:13 ]
Arxiv ichida: doc