Hujayra ichki harakatlari

Hujayra ichki harakatlari

O'quvchilarga / Botanika
Hujayra ichki harakatlari - rasmi

Material tavsifi

Hujayra ichki harakatlari Reja: Yuqorigi o'sish O'sish harakatlari Tropizm va nastiyalar O'simlik hujayrasining sitoplazmasi doimiy harakatda bo'ladi. Hujayra ichki va tashqi ta'sirlarga o'z sitoplazmasining harakatlanishi yordamida javob beradi. Sitoplazmaning bir necha xil harakatlanishlari farqlanadi. Masalan, tebranuvchan (spirogiradagi kabi hujayra komponentlarining tartiblashmagan harakatlari), aylanma harakat (tradeskantsiya va boshqa o'simliklar hujayralaridagi kabi vakuolani kesib o'tuvchi protoplazmaning ipsimon-naysimon hosilalari tufayli), rotatsion harakatlar (xara o'simligiga o'xshash suv o'tlarining bo'g'im oraliqlari hujayralari katta vakuolasi tufayli), fontansimon harakatlar (ildiz tukchalaridagi kabi yuqoriga o'suvchi hujayralarda), xuddi zamburug''lar giflarining uning o'sish tomoniga harakatlanishi yani quyilish tipida bo'lishi mumkin. O'simliklarning sitoplazmasida muskullar tarkibida uchramaydigan aktin va miozin mavjud. Sitoplazmaning harakatlanishiga mikrofilamentlarning xossalari sabab bo'ladi. Har bir 50-100 dona mikrofilamentlar birikib, diametri 5-6 nm bo'lgan va tarkibida F-aktin tutgan fibrilalarni hosil qiladi. Faol filamentlar, ATFaza faolligiga ega miozinning endoplazma bilan kompleksi ishtirokida faoliyat ko'rsatadi. Hozirgi vaqtda sitoplazmani harakatlantiruvchi kuch sifatida aktin mikrofilamentlarining ektoplazma mikronaychalari bilan o'zaro ektop- va endoplazmalar orasidagi bog'lar tufayli bo'ladi deb qaraladi. Sitoplazmaning harakatlanishi ATF energiyasining sarflanishi va Ca2+ ionlarining 0,1 mkmolG'l miqdordan kam kontsentratsiyalari ishtirokida boradi. Agar Ca2+ ionlarining miqdori 1 mkmolG'l darajadan ortiq bo'lsa, unda xuddi natella hujayrasidagi kabi, sitoplazmaning harakatlanishini to'xtatadi. Bundan kelib chiqadiki, sitoplazmadagi qisqaruvchi oqsillarning faoliyati Ca2+ ionlari kontsentratsiyasga va binobarin sitoplazmadagi harakatlanish jarayonlari ham bog'liqdir. Sitoplazmadagi kalsiy miqdorini oshishi uning gel (yarim suyuq) holatdan jelatina (yarim quyuq) holatiga o'tishiga olib keladi va harakatlanish sekinlashishi hamda to'xtashi mumkin. Jelatinlanish, aktin monomerlarining polimerlanishi va mikrofilamentlar turlarining uchlamchi tuzilishga o'tishi natijasida sodir bo'ladi. Sitoplazmadan ortiqcha Sa2+ ionlarini chiqarish Sa-ATFazalarning funktsional faolligi yoki plazmolemmadagi, ehtimol endoplazmatik to'r va tonoplastda ham ro'y beruvchi N+G'Sa2+ almashinuvga bog'liqdir. Mitoxondriyalar ham ortiqcha kalsiy ionlarini yutishi mumkin. O'simlik hujayralaridagi Sa2+ ionlarining deposi bo'lib uning devorlaridagi poligalakturon kislotalari (pektinlar) xizmat qiladi. Sitoplazmaning harakatlanishi tezligi har xil hujayralar uchun turlichadir. Masalan, changchi naychalari va ildiz tukchalari sitoplazmasida 2-5 mkmG's bo'lsa, natella bo'g'im oraliqlari hujayralari sitoplazmasida 50 mkmG's va miksomitsitlar plazmodiylarida 1350 mkmGs atrofida (XIV.l-rasm). Bu yerda miozin molekulasining boshchasi aktin filamentlari bilan tizaro ta'sirda bo'ladi, dum tomoni bilan esa xloroplastlarning yuza qismi bilan ta'sirda bo'ladi. Organoidlarning harakatlanishi.Sitoplazma kabi undagi organoidlar ham doimo harakatlanishda bo'ladi. Masalan, eng katta organoid bo'lgan ' xloroplastlar faqatgina tsitoplazma oqimi bilan birgalikda harakatlanib qolmasdan balkim uning o'zi ham muxtor ravishda harakatlanish xususiyatiga ega. Bu holni natella hujayralari sitoplazmasi misolida sinab ko'rish mumkin. Sitoplazma tomchisida ektoplazmaning yo'qligi sababli harakatlanish yo'q, ammo xloroplastlar bir soniyada bir marotaba aylanib turishadi. Xloroplastlar sitoplazmatik mikrofilamentlar tutami bilan miozin orqali bog'langan. Uning molekulasining boshchasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.08 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.08 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga