Xujayra tiriklikning elementar birligi Reja: 1. Xujayrini о'rganadigan fan va uning ta'rifi. 2. Xujayraning organoidlari va ularning vazifalari. Sitologiya hujayralarning taraqqiyoti tuzilishi va faoliyatini о'rganadi. Sitologiya sо'zi lotincha, yunoncha sо'zdan olingan, hujayra haqidagi ta'limot degan ma'noni bildiradi. Bu fanning predmeti tirik organizmdagi hujayralardir. Hujayra-barcha tirik organizmlarning takomillashishi, rivojlanishi, tuzilishi va yashash jarayonining asosi bо'lib hisoblanadi. Tirik organizmning butun hayot davomidagi hayotiy jarayonlar: moddalar almashinuvi, hujayralarning hosil bо'lib, doimo yangilanib turishi, irsiy belgilarning ijro etilishi, nasl qoldirishi va organizmni tashqi muhit bilan bog'lab turish hujayraning harakterli xususiyatidir. Sitologiya fani о'z oldiga quyidagi aniq asosiy vazifalarni qо'yadi: Hujayralarning ultrastrukturasi, funksiyasi va rivojlanishi qonuniyatlarini о'rganish. О'simlik, hayvon va odam organizmining sitologik tuzilishidagi ekologik sharoitga va yoshga bog'liq о'zgarishlarni. Hujayralardagi morfogenez jarayonlarni boshqarishda nerv, endokrin va immun sistemalarning rolini aniqlashtiradi; Turli xil biologik, fizik, kimyoviy va boshqa omillar ta'sirida tirik organizm hujdayralarning moslanishuvini, о'zgarishlarni analiz qiladi; Hujayralarning differensiallanish va regeneratsiyasi qonuniyatlarini о'rganadi. Sitologiyaning rivojlanishi hujayraning о'rganilishi, mikroskopning kashf etilishi bilan bog'liqdir. Birinchi mikroskop 1609-1610 yillarda G.Galiley tomonidan loyihalashtirildi. Mikroskop iborasini birinchi bо'lib 1625 yilda Iogan Faber tavsiya qildi. R.Guk mikroskop yordamida о'simlik hujayralarini о'rgangan. Hujayralardan tashkil topgan tirik tabiatdagi barcha organizmlar 2 ta yirik guruhga bо'linadi. 1.Prokariotlar (pro-avvalgi karyon-yadro) Ya'ni bakteriyalar, kо'k-yashil suv о'tlari yadrosiz hujayralar. Ular geterotrof, xemavtrof yoki fotoavtrof oziqlanadi. 2.Eukariotlar (tо'la yadroli Ya'ni zambrug'lar) о'simlik va hayvon hujayralari ular turli xil yо'llar bilan oziqlanadi. Jinssiz va jinsli kо'payadi. Hujayralarning tarkibiy qismlari va ularning vazifalari. Membrana. Hujayra qobig'i hujayraning tashqi muhit bilan va boshqa hujayralar bilan о'zaro munosabatlarini ta'minlaydi va shunga kо'ra 3 xil asosiy vazifani bajaradi. 1) himoya tо'siq, 2) moddalarni о'tkazish, 3) retseptor. Hujayra qobig'ining asosiy qismini plazmatik membrana-plazmolemma tashkil etadi. Hayvon hujayralarining qobig'i juda yupqa va elastik bо'ladi. Uni faqat elektron mikroskopdagina kо'rish mumkin. О'simlik hujayralarining qobig'i hayvon hujayralarinikidan farq qilib qalin bо'ladi. Uning tarkibida sellyuloza moddasi kо'p, shuning uchun ham о'simlik qobig'ining asosiy funksiyalaridan tayanch funksiyasi hisoblanadi. Sitoplazma. Hujayraning asosiy massasi uning ichki muhiti hisoblanadi. Sitoplazma hujayraning hamma tarkibiy qismlarini bir-birlari bilan bog'lab ular orasidagi aloqalarning amalga oshishida muhim rol о'ynaydi. Sitoplazma tashqaridan plazmatik membrana, ichkaridan esa yadro qobig'i bilan chegaralanadi. Sitoplazmaning tarkibiy qismlariga shaloplazma, organoidlar va kiritmalar kiradi. Gialoplazma sitoplazmaning asosiy rangsiz shaloplazmaning tarkibida oqsillar har xil fermentlar, RNK polisaxaridlar lipidlar uchraydi. Endoplazmatik tо'r. Sitoplazmaning ichkariroq qismida-endoplazmada kо'proq joylashganligi uchun shunday nomlanadi. Endoplazmada hujayraning hamma qismlarini bir-biri bilan plamolemmoni boshqa organoidlar va yadro qobig'i bilan bog'lab, umumiy tо'rni hosil qiladi. Endoplazmatik tо'r о'z tuzilishiga kо'ra ikkiga: donador ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.99 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.99 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:14 ]
Arxiv ichida: doc