Hujayraning hayot sikli va bo'linishi Reja: 1. Hujayraning hayot sikli, diffensirovka. 2. Mitoz. 3. Endomitoz. 4. Amitoz 5. Meyoz. Hujayraning hayot sikli, differensirovka. Yangi hosil bo'lgan hujayralar hayot siklini o'taydi. Hayot sikli hujayraning yangi hujayra hosil bo'lishidan uning keyingi bo'linishigacha qadar yoki uning o'lishigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Hujayra o'z hayoti davrida bo'linishi o'sishi, differensirovkaga uchrashi kuzatiladi. Shuning uchun hujayraning hayot sikli jarayonlari ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga hujayraning bo'linishi bilan bog'liq jarayonlar kirib, uni avtosintetik interfaza deyiladi. Ikkinchi guruhga esa, hujayraning o'sishi, differensirovkasi ma'lum vazifasini bajarishga ixtisoslanishi mansubdir (geterosintetik interfaza). Differensirovkaga uchragan hujayra ixtisoslangan hujayra bo'lib, u ma'lum vazifani bajarishga moslashlgan. Ular ko'pincha bo'linish qobiliyatini yo'qotadi. Masalan, differensiallangan qon hujyralari-eritrositlar, nerv hujayralari va hakozo. Ba'zi hujayralar differensirovka holatida bo'linish qobiliyatiga ega bo'ladi (jigar hujayralari). (15-rasm). Embrional takomillashish davrida epiteliy, biriktiruvchi to'qima, mushak va nerv hujayralari embrional varaqalardan rivojlansa, yetilgan davrda differensirovkaga, a'zolarining turli qismlarida joylashgan kambial hujayralar uchraydi. Qon ishlab chiqaruvchi organlardagi kambial hujayralar o'zak hujayralar deb yuritiladi. Xamma hujayralar ma'lum muddatda yashaydi. Masalan, eritrositlar 120 kungacha, epidermis hujayralari 4-10 kun va hakozo. Nerv va mushak to'qimasi hujayralari organizmning butun hayoti davomida yangbilanmaydi, degan fikrlar ham bor. Hujayra o'lish vaqtida hujayra yadrosi piknozga (yadro zichlashishi va donadorlikni yo'qotib kichrayishi), karioreksisga (yadroning mayda donachalarga bo'linib ketishi), kariolizisga (yadroinng erib ketishi) uchrashi mumkin. Yadrodagi o'zgarishlar oq ibatida (birga) sitoplazmada ham qaytarib bo'lmas o'zgarishlar yuz berib, buning natijasida hujayra halok bo'ladi. Hujayra reproduksiyasining bir necha turlari bor: mitoz (noto'qri bo'linish), meyoz, endomitoz va amitoz (to'qri bo'linishi). Mitoz. Mitotik bo'linish o'tgan asrning oxirlarida hayvon hujayralarida Flemming (1882), o'simlik hujayralarida Strasburger (1882) tomonidan ta'riflangan. Mitoz (yunoncha mitos - ip) bo'linish qonuniyatlari barcha hujayralar uchun umumiydir. 25-rasm. Hujayraning hayot shaklidagi geterosintetik va avtosintetik interfazalarning o'zaro munosabati. Hujayra bo'linishdagi jarayonlar ma'lum qonuniyat asosida borib, ularni ketma-ket keladigan interfaza va mitozga bo'lish mumkin. Ba'zi bir hujayralar populyasiyasi doimo bo'linishda bo'ladi (kambial zona hujayralari). Bo'linishga tayyorgarlik vaqtini (interfaza) va mitoz bo'linishi qo'shilib mitotik sikl deyiladi (26-rasm). 26-rasm. Mitotik sikl (sxema). G1 - prisintetik (postmitotik)davr; S-sintetik davr; G2 - postsintetik (peremitotik davr). Interfaza davrida hujayra ichidagi strukturalarning keskin o'sishi va shakllanishi boshlanadi. Bu davrga G1 -sintez oldi davri deb ataladi. Biokimyoviy tomonidan bu davr oqsil va RNK intensiv sintezibilan ifodalanadi, bu bulinuvchi hujayralar generasiya vaqtining 30-40 % ini tashkil etadi. S davrida uzun va o'zaro chigal hosil qilgan yadro xromatini bґyog'larni yomon qabul qiladi (geteroxromatin bo'limlaridan tashqari). So'ngra DNK sintezi davriga o'tadi. Bu sintetik davr, bu davr ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.33 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.33 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:14 ]
Arxiv ichida: doc