Ikki urug' pallalilar sinfi U 8 ta sinf (ajdod)cha, 128 ta qabila, 429 ta oila. 100 turkum va taxminan 1900 turni o'z ichiga oladi. Ikki urug'pallalilar quyidagi sinfcha (ajdodcha) larga bo'linadi: 1. Magnoliyakabilar - Magnoliidae 2. Ayiqtovonkabilar - Ranunculidae 3. Chinnigulkabilar -Caryophyllidae. 4. Temirdaraxtkabilar - Hamamelididae 5. Dilleniyakabilar - Dilleniidae 6. Ra'nokabilar -Rosidae 7. Yalpizkabilar(labgullilar) -Lamiidae 8. Qoqio'tkabilar (murakkabgullilar) -Astyeridae Ayiqtovonkabilar - Ranunculidae sinfchasi Ayiqtovonnamolar (Ranunculales) qabilasiga Ko'knornamolar-Papaverales qabilasi Ayiqtovonnamolar (Ranunculales) qabilasiga Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasining quidagi vakillarini Adonis - Sug'uro't, Parpi - Akonitum, Trollius -Trollius, Uchma - Cyeratocephalus , Isfarak- Delphinium, Sedana- Nigella, O'rmalovchi ayiqtovon - Ranunculus repens L. turlari b.n.tanishdik. Zirkdoshlar (Berberidaceae) oilasining qora zirk-Berberis oblonga turi b.n. tanishdik Ko'knornamolar-Papaverales qabilasiga asosan o't o'simliklar kiradi. Barglari oddiy, ketma- ket joylashgan. Gullari yakka yoki sochoq tupgulli, aktinomorf yoki zigotomorf. Hozirgi vaqtda qabila 3 ta oiladan tashkil topgan. Bularga- 1.Ko'knordoshlar, 2.Bo'g'immevadoshlar, 3. Shotaradoshlar Ko'knordoshlar - Papaveraseae oilasi 30 ga yaqin turkumi, 600 dan ortiq turi Sharqiy Osiyoda, Janubiy va Shimoliy Amerikada, O'rta yer dengizi atroflarida tarqalgan. O'zbekistonda oilaning 6 turi uchraydi. Ular bir yillik va ko'p yillik o't o'simliklar. Tropik mintaqalarda daraxt va buta shakldagilari ham tarqalgan. Oila vakillari tanasida sutga o'xshash suyuq moddaning bo'lishi bilan xarakterlanadi. Barglari ko'pincha patsimon qirqilgan, ketma-ket joylashgan. Gullari to'g'ri, ba'zan noto'g'ri, kosacha barglari 2 ta tezda tushib ketadi, gultojibargi 4 ta, changchisi 2-4 yoki cheksiz, urug'chisi 2 ta yoki bir nechta mevabargli, tugunchasi ustki, mevasi ko'sakcha yoki yong'oqcha. Qoncho'p- Chelidonium Ko'p yillik o'tsimon o'simlik bo'lib, bo'yi 100 sm gacha boradi. Poyasining ichi kovak, uchki qismi sershox barglari yirik, gullari ikki jinsli, mevalari mayda. O'rta Osiyoning janubiy tomonlarida, uzoq Sharqda, Kavkaz, Krimda butalar orasida uchraydi. O'tloqlarda, bog'larda, soy bo'ylarida, shuningdek dashtlar va botqoqliklarning chetlarida o'sadi. Qoncho'p tibbiyotda qon to'xtatadigan, jarohatlarni quritadigan, og'riq qoldiradigan, yallig'lanishga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. O'rmonqora- Glaucium Barglari patsimon qirqilgan yoki butun sariq gulli bir yillik hamda ko'p yillik o'simlik. Mevasi qo'zoq singari uzun ko'sakcha, ildizida sutsimon shira bor. O'rta Osiyo tog'laridagi soz tuproqli jarliklarda va gil tuproqli yon bag'irlarda o'sadi. Burmaqora-Corydalis tuganakli, ba'zan ildizpoyasi yo'g'on, patsimon yoki uch bo'lak bargli va noto'g'ri gulli ko'p yillik o't. Kayfbahsh ko'knori-Papaver somniferum L Ko'knori balandligi 1 metr gacha keladigan o't o'simlik bo'lib, barglari ko'pincha patsimon qirqilgan, bandsiz, poyani o'rab olgan. Gullari yirik, poyada yakka-yakka joylashadi. Oqimtir sut shirasiga boy. Mevasi ko'p urug'li ko'sakcha. Ko'sakcha ko'k paytida kesilsa, oq sut shira chiqib, havoda quyo'lib, qo'ng'ir tus oladi. Bu modda qora dori deyiladi. Sut shirasining tarkibida morfin, ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
71.76 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
71.76 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:14 ]
Arxiv ichida: pptx