Ikki uyli o'simliklar Reja: Xususiy ikki uyli o'simliklar. Ginodietsiyali o'simliklar Androdietsiyali o'o'simliklar. Uch uyli (trietsiyali) o'simliklar. Xususiy ikki uyli o'simliklar. Eslatib utitp lozimki, o'simliklarning bunday jinsli tiplariga: bir guruh o'simliklarda fakat uruFchi gullar, boshqalarida - fakat changchi gullar hosil kiladigan dietsiyali hamda har xil tup o'simliklarda turli xil ayrim jinsli gullar hosil kiladigan (ginodietsiya va androdietsiya), shuningdek, poligam ikki uyli o'simliklar kiritiladi. Bir turga mansub o'simliklarning turli individlarida turli jinsdagi gullar uchrashi mumkin. o'simliklarda bunday jinsiy polimorfizm hodisasi, asosan, turli daraxt va butalarda yaxshi urganilgan. ma'lumotlarga karaganda, ikki uyli daraxt va butalarda odatda, har xil iqlim sharoitlarda changchi gullari bo'lgan individlari urugchili individlariga karaganda kuprok bo'ladi. Ulardan birinchisi changni yetkazib berish funksiyasini bajarsa, ikkinchisi esa kuplab meva va uruglarni hosil qilish vazifasini bajaradi. Bir yillik ikki uyli o'simliklar populyatsiyalarida urug'chi formalar, ko'p yil umr kuradigan daraxt va butalarda esa - changchi formalari kuprok uchraydi. o'simliklarning uruglar bilan kupayishi, ularda vegetativ kupayishning mavjud bo'lishi yoki bulmasligi xam jinsiy formalar orasidagi nisbatning o'zgarishiga sabab bo'ladi. Populyatsiyadagi jinsiy formalar o'rtasidagi mutanosiblik turning hayotiy sikli davomida xam o'zgarishi mumkin. Masalan, otkulokning (Rumex acetosella) turida dyotining boshlang'ich stadiyalarida urugchi gullarni kuprok hosil qiladi. Ikki uyli o'simliklarning jinsiy tarkibiga tuproqning namligi, yorug'lik va tuproqning ngurlanish darajalari xam ta'sir kursatadi. Dalalarda zich ekilgan bir yillik o'simliklarda birinchi navbatda aksariyat changchi individlar nobud bo'lishadi. Urugchili individlar esa hayot uchun kurashda xar qanday rakobatga bardoshli bo'lib, uzidan keyin nasl koldirishga harakat qiladi. Qurg'okchilik vaqtida urugchi individlar daraxtlarda xam, ut o'simliklarda xam kamayadi, namgarchilik etarli bo'lganda, teskarisi, kupayadi. tuproqning shurlanish darajasining oshishida xam ikki uyli daraxt va butalarda (tol, terak) changchi individlarning kupayishi kuzatiladi. Kam shurlangan tuproqli muhitda usganda esa ular orasida urugchi nusxalari kupayadi. Shunday qilib, ikki uyli o'simliklarda kulay tashqi muhit sharoitlarida ikkala jinsli individlar shakllanadi, lekin, malum bir turning areallari chegarasida yoki boshqa iqlim zonalariga kuchirib o'tkazilgan o'simliklarda fakat bitta jinsiy formalar shakllanishi mumkin. Bunday sharoitlarda o'simliklar fakat vegetativ yul bilan kupaya boshlaydi. 1. Ayrim jinsli o'simliklarda gullash muddatlari xam bir xil emas, odatda birinchi bo'lib changchi o'simliklar gullay boshlaydi va gullash davrini xam birinchi tugatadi. Urugchi gullar kamdan - kam xollarda birinchi bo'lib gullashadi, lekin xar qanday holda xam urugchi gullarning etilish fazalari changchi gullar fazasi bilan bir vaqtda utishga etib oladi va changlanishning omadli utishini ta'minlaydi. 2. Urugchi gullarning gullash davomiyligi odatda, changchi gullarga nisbatan uzoqrok davom etadi. Bundan tashqari, ayrim urgochi o'simliklarning gullarining bir kismida urugchilar gullar ochilmasdan turib (xali gunchaligidayok) gulkurgonidan tashqariga chikib ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
212.95 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
212.95 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:14 ]
Arxiv ichida: doc