9-§. ILDIZ TURLARI VA TIZIMLARI 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. Ildizlar shakli va o'lchami jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. O'simliklarning turiga, tuproq-iqlim sharoitiga qarab ildizlar kalta, uzun, ingichka yoki yo'g'on, yassi yoki yumaloq va boshqa shakllarda bo'ladi. Ayrim daraxtlarning ildizi 50-60 m gacha yetishi mumkin. Masalan, yong'oqning yon ildizlari atrofga 20-30 m gacha tarqaladi. Qumda o'sadigan juzg'unning ildizlari juda uzun va ingichka bo'lib, asosan yon tomonga qarab o'sadi. Yantoq ildizi, aksincha, pastga tomon o'sib, 30 m gacha chuqur kirib boradi. Ildizlar, odatda, asosiy, yon va qo'shimcha ildizlarga bo'linadi. Mo'rtakdagi boshlang'ich ildizning bevosita o'sishidan asosiy ildiz hosil bo'ladi. Asosiy ildiz shoxlanib yon ildizlar hosil qiladi. Bir tup o'simlikdagi asosiy, yon va qo'shimcha ildizlar yig'indisi ildiz tizimi (sistemasi) deyiladi. Ildiz tizimining o'lchami va tuzilishi o'simliklar turiga, ildizining shoxlanishiga, qo'shimcha ildizlarga hamda tuproq unumdorligiga bog'liq. Ildiz tizimi tuzilishiga ko'ra: o'q ildiz va popuk ildizga bo'linadi Mo'rtakdagi boshlang'ich ildiz ri- vojlanishi jarayonida o'sishda davom etsa, undan o'q ildiz tizimi hosil bo'ladi. Bun day moslashish ko'pchilik ikki urug'pallali o'simliklarga xos. O'q ildiz tizimi uzun va yo'g'onroq bo'lib, undan yon ildizlar o'sib chiqadi. Bu ildiz tizimi ikki urug'pallali o'simliklarga xos bo'lib, uni do'l ana, na'm atak, saksovul va mad aniy o'simliklar (olma, o'rik, nok, qovun, tarvuz, g'o' za, no'xat, loviya, mosh va terak ka bilar) misolida ko'rish mumkin. Endi ikki urug'pallali o'simliklarga mansub g'o'zaning ildiz tizimi bilan tanishamiz. Chigitning mo'rtakdagi ildizchasidan dastlab asosiy ildiz o'sib chiqadi. Oradan ko'p o'tmay, undan ko'plab yon ildizlar o'sib chiqa boshlaydi. O'z navbatida, yon ildizlardan yanada maydaroq yon ildizchalar rivojlanadi. Natijada asosiy va yon ildizlar o'sib va ko'payib ildiz tizimini hosil qiladi. Ildizlar orasida uning yo'g'on va uzun, yerga tik kirib boradigan qismi ajralib turadi. Ildizlarning shakl o'zgarishlari (metamorfozi). Ildizlar bajaradigan vazifalariga qarab turlicha shakllarda bo'ladi. Bunday ildizlar shakli o'zgargan, ya'ni metamorfozlashgan ildizlar deyiladi. Bularga qizil lavlagi, sabzi, rediska, turp, sholg'om va boshqalar misol bo'ladi. Bu ildizlar ovqatga ishlatilgan ligi uchun ular ildizmevalar deyiladi (27-rasm). Agar mo'rtakdagi boshlang'ich ildiz o'sishda davom etmasa, u hol da bosh lang'ich poy ada qo's himcha ildizlar hosil bo'ladi. Bu popuk ildiz tizimini hosil qiluvchi bir urug'pallali o'simliklarga xos. Popuk ildiz tizimi bir-biri ga o'xshash bo'lgan bir to'da mayda ildizlardan tash kil to padi. Uning asosiy ildizi yaxshi rivojl anmaydi. Bunday ildizlar asosan bir urug'p allali o'simliklarda uchraydi. Bir urug'pallalilardan bug'doyning ildiz tizimi tuzilishini ko'rib chiqamiz. Bug'doyning mo'rtakdagi ildizchasidan dastlab asosiy ildiz rivojlanadi va oradan ko'p o'tmay u nobud bo'ladi. Shund an keyin mo'rtakdagi poyacha asosidan ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
8.11 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:14
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
8.11 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:14 ]
Arxiv ichida: ppt