Botanika Ildiz va ildizlar tizimi Asosiy savollar: Ildizning tuzilishi va funksiyasi Ildiz tizimlari Ildizning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi. Ildiz evolyutsiyasi O'simliklarning ildizi evolyutsiya jarayonida boshqa organlarga nisbatan ancha keyin paydo bo'lgan. Masalan suvdan quruqlikka endi chiqqan psilofitlarning tanasi poya va ildizga ajralmagan. Haqiqyqiy ildiz qirqquloqlarda vujudga kelgan. Keyinchalik gulli o'simliklarda ildiz takomillashagan Ildizning vazifasi Ildiz - o'simliklarning asosiy vegetativ organi bo'lib quyidagi fiziologik va mexanik vazifalarni bajaradi: o'simliklarni tuproqqa mustahkam biriktirib turadi va uni shamol hamda boshqa mexanik ta'sirotlarga qarshi chidamliligini oshiradi: tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni suradi; ildizda zapas oziq moddalar tuplanadi. Ayrim o'simliklarda ildiz g'amlovchi organlarga (sholg'om, turp, georgina) aylanadi; vegetativ ko'payish uchun xizmat qiladi; ayrim o'simliklarda ildiz tuproqda yashovchi mikroorganizmlar bilan aloqa qilib turadi. Ildiz o'sish va rivojlanish davrida tuproqqa turli xil moddalar ajratadi (masalan, korbonat angidrid gazi, organic kislotalar, uksus va olma kislotasi, qand va h.k.). Bu moddalar tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar (zamburug'', bakteriya) bilan hamkorlik qiladi. Ularning faoliyati natijasida hosil bo'lgan moddalar esa ildiz sistemasi orqali o'zlashtiriladi. Ildizning vazifasi Ildizning rivojlanishi Ildiz boshlang'ichi urug'da joylashgan bo'ladi. Urug' unib o'sa boshlaganda dastlab uning ildizi po'stni yorib tashqariga chiqadi. Bir pallali o'simliklarda bir necha ildiz, ikki pallali o'simliklardan faqat bitta ildiz chiqadi. Asosiy ildiz va poya o'rtasidagi chegara ildiz bo'yni deb ataladi. Ildiz Ildizlar kelib chiqishiga ko'ra asosiy, yon hamda qo'shimcha ildizlarga bo'linadi. Asosiy ildizlar - gulli o'simliklar urug'idagi mo'rtak ildizchasining rivojlanishidan hosil bo'ladi va vertikal holda yo'nalib, tuproqqa chuqur kirib boradi. Bir pallali o'simliklarda asosiy ildiz yaxshi o'smaydi va tezda nobud bo'ladi. Yon ildizlar asosiy ildizdan keyinrok ko'payadi. Qo'shimcha ildizlar -ko'pchilik o'simliklarda asosiy ildizlardan tashqari, qo'shimcha ildizlar ham bo'ladi. Bu ildizlar asosiy, yon ildizlardan emas, balki poyadan, xattoki bargdan hosil bo'ladi. Malumki nam tuproqqa tegib turgan o'simlik novdasi yoki poyasi darxol qo'shimcha ildiz chiqaradi. Ildiz sistemasi Ildizlar tashqi ko'rinishdan ham bir-biridan farqlanadi. O'q ildiz sistemasi deganda asosiy ildiz kuchli rivojlangan va ildizning boshqa qismlaridan yaxshi ajralib turadigan sistema tushuniladi. Popuk ildiz sistemasida asosiy ildiz bulmaydi yoki bo'lsa ham u ko'p sonli qo'shimcha ildizlar orasida ajralib turmaydi. Ildiz sistemasining o'sishi va ekologik xususiyatlari Ildiz to'xtovsiz, cheklanmagan holda o'sish xususiyatiga ega. O'simlikning yer ostki organlari uning yer ustki organlariga qaraganda tez o'sadi. Ildizning bo'yiga o'sishi uning o'sish zonasidan boshlanadi. Ildizning o'sishi va tarqalishiga ta'sir etuvchi omillardan biri namlik va oziq moddalardir Ildizning morfologo-anatomik tavsifi: 1) ildiz radial (nursimon) simmetriyali to'zilgan; 2) ildiz ham xuddi poya singari uchidagi o'sish nuqtasi hujayralarining hisobiga malum davrgacha bo'yiga o'sadi; 3) ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.59 MB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.59 MB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:14 ]
Arxiv ichida: pptx