Ildizning o'sishi va nafas olishi

Ildizning o'sishi va nafas olishi

O'quvchilarga / Botanika
Ildizning o'sishi va nafas olishi - rasmi

Material tavsifi

11-§. ILDIZNING O'SISHI VA NAFAS OLISHI 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. O'simliklarning yerosti qismi, ya'ni ildizi yerusti qismiga qaraganda tez o'sadi. O'simliklar turiga va o'sish sharoitiga qarab, ildizlar turlicha tezlikda o'sadi. Masalan, g'o'za nihollarining ildizi bir kecha-kunduzda 2-3 sm o'sadi. Bunda o'sish ildiz uchidagi hujayralarning bo'linishi hisobiga sodir bo'ladi. Agar ildizning uchi chilpib tashlansa, u bo'yiga o'sishdan to'xtab, asosiy kuch yon ildizlarga beriladi. Uchi chilpib tashlangan ildizlarda yon ildizlar tuproqning oziq moddalarga boy yuqorigi qatlamiga taralib, baquvvat bo'lib o'sadi. Dehqonlar pomidor, karam, bulg'or qalampiri kabi o'simliklardan mo'l hosil olishda o'simliklarning ana shu xossasidan foydalanadilar. O'simliklarni urug'dan o'stirib, keyin boshqa joyga ko'chirib o'tqazishning boisi ham shunda. Ildiz qinchasi - ildiz qinchasi uning ana shu o'suvchi qismidagi yosh, nozik huj ayralarni tashqi ta'sirdan saqlaydi. Ildiz qinchasi bir necha qavat hujayradan tashkil topgan. Uning ustki qatlamidagi hujayralar tuproq zarrachalariga to'qnashib nobud bo'ladi va hujayralarning bo'linishi hisobiga yangi hujayralar hosil bo'ladi. Yantoq bor joyda suv bor deyishadi. Haqiqatan ham, uning ildizi yerga 30 m gacha chuqur kirib boradi va yerosti suv laridan foydalanadi. Demak, ildizlar bo'linish qismidagi hujayralarning bo'linib ko'payishi hisobiga bo'yiga o'sadi. O'simliklarning boshqa organlari singari ildizi ham nafas oladi. Tuproq dagi havo tirik hujayralar ga kirib boradi. O'simliklar ildizi yetar li darajada havo olishi uchun urug' yumshoq yerga ekiladi. Hosil yetilguncha yer bir necha marta yums hatiladi. G'o'zani, sabzavot va poliz ekinlarini chopiq qilish ning boisi ham shunda. Qatqaloqda va tuproqda havo kam bo'ladi. Shuning uchun bar cha daraxt va butalarning tagini vaqti-vaqti bilan yumshatib tur ish tavsiya etiladi. Bahorgi yomg'irlardan va yer sug'orilgandan keyin tuproq zichlashib, ildizning nafas olishi qiyinlashadi va uchki qismi chirib ketadi. Havo yetishmasligi tufayli o'simliklar kasallanadi va hosili kamayib ketadi. Shuning uchun tuproq unumdorligini oshirishda sug'orish qoidalariga rioya qilish zarur. Savol va topshiriqlar Ildiz qaysi qismidan o'sadi va buni qanday isbot-lash mumkin? Asosiy ildizni chilpishdan maqsad nima? Ildiz qinchasining vazifasini tushuntirib bering. Tuproqdagi havo ildizlarga qanday ta'sir etadi? Tuproqni yumshatishning ildiz va hosil uchun ahamiyati nimadan iborat? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.85 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:14 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.85 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga