Irsiyat va o'zgaruvchanlik tiriklikning funksional xossalari

Irsiyat va o'zgaruvchanlik tiriklikning funksional xossalari

O'quvchilarga / Botanika
Irsiyat va o'zgaruvchanlik tiriklikning funksional xossalari - rasmi

Material tavsifi

Irsiyat va о'zgaruvchanlik tiriklikning funksiyanal xossalar Reja: Irsiyatning sitologik asoslari. Irsiyatning molekulyar asoslari. DNK va RNK ning tuzilishi va sintezi O'zgaruvchanlik Sitologiya hujayraning tuzilishi, rivojlanishi, funksiyasi va undagi moddalar almashinuvini o'rganadigan fandir. Barcha tirik organizmlarning tuzilishi va rivojlanishi negizi hujayradir. Barcha organizmlarning hujayrasi tuzilishi, kimyoviy tarkibi, kimyoviy reaksiyalarga munosabati jihatidan bir-biriga o'xshashdir. Tarkibidagi hujayralar soniga qarab organizmlar bir hujayrali, ko'p hujayralilarga bo'linadi. Hujayralar kattaligi mikroskop bilan o'lchanadi. Birinchi mikroskopni 1610 yilda italiyalik olim G.Galiley va gollandiyalik olim Z.Yansenlar yaratganlar. Ulardan 50 yil o'tgach R.Guk mikroskopdan foydalanib hujayrani kashf etdi. O'simlik va hayvonlar hujayrasidagi umumiylikni 1838 yilda Shleyden va Shvann isbotladi. 1898 yilda S.Navashin yopiq urug'li o'simliklarda qo'sh urug'lanish hodisasini ochadi. Hujayralarning shakli bajaradigan funksiyasiga bog'liq bo'lib, o'sish jarayonida o'z shaklini o'zgartirib turadi. Hujayra o'zaro bog'langan 2 qismdan - sitoplazma va yadrodan tuzilgan. Sitoplazma yarim suyuq, shirasimon, yadro esa quyuq bo'ladi. O'simlik hujayrasi sitoplazma va yadrodan tashqari plastidalar, Goldji apparati, mitoxondriyalar, ribosomalar, endoplazmatik to'r kabi organoidlardan tuzilgan. Xromosomalar yadroning doimiy elementi bo'lib, ularning umumiy morfologiyasi va sonini bo'linishning anafaza va metafaza stadiyalarida ko'rish mumkin, chunki bu bosqichlarda ular bo'yiga ancha qisqargan bo'lib, ekvator tekisligida joylashadi, shakliga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Xromosomalar ipsimon yoki tayoqsimon bo'lib, ular o'rtasida ikki qismga bo'lib turuvchi uchastka tsentromer deyiladi. Xromosomalar shakliga ko'ra - Metatsentrik - teng yelkali Submetatsentrik - teng bo'lmagan yelkali Akrotsentrik - juda notekis yelkali xromosoma Yuldoshli xromosomalar Xromosomalar yig'indisining soni doimiy bo'ladi. Somatik hujayralardagi xromosomalar yig'indisi kariotip deyiladi. Somatik hujayrada jinsiy hujayraga nisbatan xromosomalar soni 2 barobar ko'p bo'ladi. Bu xromosomalar juft, ya'ni diploid deb ataladi va 2 n bilan ifodalanadi. Jinsiy hujayradagi xromosomalar toq bo'lib gaploid deyiladi. Diploid sondagi xromosomalar ota va ona organizmlarning gaploid sondagi xromosomalarning qo'shilishi natijasida gomologik xromosomalardan yuzaga keladi. Bu xromosomalar tashqi jihatdan bir-biridan farq qilmaydi. DNK va RNK ning tuzilishi va sintezi. Nuklein kislotalar barcha tirik organizmlarning hujayralarida bo'lib elementar zarrachalar- nukleotidlardan tuzilgan. Nuklein kislota degani lotincha «nukleuc», ya'ni yadro demakdir. Birinchi marta yadrodan topilgan. Nuklein kislotalar 2 xil bo'ladi: DNK - yadrodagi xromosomalar tarkibida RNK - yadroda ham sitoplazmada ham uchraydi. Umuman nuklein kislotalar hujayrada oqsillar sintezlanishini amalga oshiradi. DNK-organizmdagi belgi va xususiyatlarni keyingi avlodga beradi. DNK biologik polimer bo'lib molekulyar og'irligi 5-7, ba'zan 10-16 mln.ga teng bo'ladi. U o'zaro bog'langan juda ko'p nukleotidlardan tashkil topgan bo'lib, 2 ta spiral shakldagi zanjirdan iborat. Nukleotidlar - A- adenin, G- guanin, S- sitozin, T- timin. Bo'lar bosh harflar bilan: A, G, S, T belgilanadi. RNK - 1909 yilda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.82 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.82 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga