JO'KADOShLAR OILASI VA ULARNI DORIVORLIK xususiyatLARI Reja: 1. Jo'kadoshlar oilasi haqida umumiy tushuncha. 2. Jo'kadoshlar oilasining xalq xo'jalikdagi ahamiyati. 3. Jo'kadoshlar oilasining xalq tabobatdagi ahamiyati. Jo'kadoshlar (Tiliaceae) oilasining vakillari daraxt va buta o'simliklar bo'lib, uning tarkibida 40 turkum va 400 dan ortiq turlari bor. Ular mo'tadil, subtropik va tropik iqlimli hududlarda keng tarkalgan. MDH da 3 turkumi va 15 turi uchraydi. Ulardan jo'ka (Tilia) turkumining turlari eng ko'p tarkalgan. Ular daraxt yoki buta, shox-shabbasi keng, tanasining po'stlog'i silliq, daraxt shoxlari simpodial shoxlangan bo'lib, barglari novdasida navbat bilan joylashadi. Ular oddiy tuzilgan, butun, bandn uzun, plastinkasi yumaloq-yuraksimon. Jo'ka may oyida gullaydi, gullari yig'ilib, shingil hosil qiladi, ular yosh novdalardagi barglar qo'ltig'ida rivojlanadi. Gulyon bargchalari bo'lib,ular o'rta qismiga qadar to'pgulning guldorpoyasi bilan qo'shilib o'sadi. Mevasi etilganda uning shamol yordamida tarqalishida bu gulyon bargchalar kanotcha sifatida xizmat qiladi. Guli to'g'ri tuzilgan, nektarli. Mevasi oddiy ko'sakcha yoki bir urug'li yong'oqcha, urug'i yumaloqroq, endospermali, tarkibida moy bor. Jo'ka to'nkasidan ko'karadi, parxish yo'li bilan xam ko'payadi. Yog'ochi oqish, yengil, pishiq, o'zaksiz. U mebel va turli duradgorlik narsalar yasashda ishlatiladi. Jo'ka - Lipa - Tilia (lotinchadan - tolim - tolim) - jo'kadoshlar (lipagullilar oilasi)ga mansub ko'p yillik buta va daraxtlar turkumi bo'lib, vatani Shimoliy va Markaziy Amerika hisoblanadi, 120 dan ortiq mahalliy navlari yer yuziga tarqalgan. Jo'ka turkumidagi o'simliklarni dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida, jumladan, Xamdo'stlik mamlakatlarida, yani, Ukrainada, Kora dengiz bo'ylarida, Qozokistonda va O'rta Osiyoda bu o'simlikning 11 turi, jumladan O'zbekistonda 3 turi ekilddi. Jo'ka turkumidagi o'simliklar asosan uch turga bo'linadi, yani, yirik bargli jo'ka, mayda bargli jo'ka va yuraksimon bargli jo'ka turlari asosan dorivor o'simliklar hisoblanadi. Botanik tasnifi: Jo'ka ko'p yillik buta va daraxtlar bo'lib, poyasi tik o'sadi, balandpigi 25 - 30 metrgacha, diametri 100 santimetrgacha, shoxlari yiriq barglari uzun bandli, kema - ket joylashgan, shakli uchburchaq yuraksimon va noksimon, atrofi tekis. Poyasini barg qo'ltig'idan gulsxonasi va shoxi o'sib chikadi. Gullari mayda, sarg'ish - oq rangda, shirali, juda ham xushbuy, yarim soyabon shaklida to'p - to'p bo'ladi, asalari yordamida changlanadi, 35 - 45 kun gullab turadi, gullagandan keyin 25 - 30 kundan keyin mevasi pisha boshlaydi. Mevasi yongoqcha. Mevasini atrofidagi po'chog'i xomligida ko'k rangda, mevasi etilgandan keyin pushti va to'k qizilga kiradi. Mevasi ham xomligida to'q yashil, pisha boshlashdan avvaliga binafsha ranga, keyinchaliq pushtu va to'q qizil ranga aylanadi. Sovuqqa chidamli. Shamolga bardoshli, Jo'kaning quyidagi turlari ko'prok ekiladi: Maydabargli jo'ka (Tilia cordata) katta daraxt bo'lib, balandligi 30 m.ga etadi. Shox-shabbasi keng yoyiq bo'lib tanasi quyi ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.09 MB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.09 MB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: pptx