Karamdoshlar - Brassicaceae

Karamdoshlar - Brassicaceae

O'quvchilarga / Botanika
Karamdoshlar - Brassicaceae - rasmi

Material tavsifi

Karamdoshlar - Brassicaceae krestguldoshlar Bu katta oilaga bir yillik va ko'p yillik o't o'simliklar kiradi, ba'zan chala butalar ham uchraydi. Barglari oddiy yoki qirqilgan bo'lib, navbat bilan joylashgan. Yonbargchalari bo'lmaydi. Guli aktinomorf bo'lib, zigomorflari kam uchraydi. Ular 2 jinsli, nektardonli bo'ladi. Gullarining rangi ko'pincha sariq yoki oq bo'lib, pushti va gunafsha ranglilari ham uchraydi. Gullari shingil va ro'vak to'pgullarga to'planadi. Kosachalari 4 ta kosacha bargdan tashkil topgan, barglari barvaqt to'qilib ketadi. Gultojilari krest shaklida joylashgan to'rtta tojbargdan iborat. Shunga ko'ra bu oila krestguldoshlar deb ataladi. Gulining changchilari 6 ta, ulardan 2 tasi boshqalariga nisbatan kaltaroq bo'lib,tashqi doirada, qolgan 4 ta uzunrog'i ichki doirada bo'ladi 4 ta uzun changchi dastlabki ikkita otalikning bo'linishidan vujudga kelganligi aniqlangan. Urug'chilari ikkita mevacha barglarining qo'shilib o'sishidan hosil bo'lgan, tugunchalari ustki, ikkita soxta uyalidir. Tugunchalarning soxta uyali deb atalishiga uya ichida soxta uzala devorcha borligi sabab bo'lgan. Bu oila vakillarining ko'pchiligi hashoratlar yordamida changlanadi, lekin o'z-o'zidan changlanadigan turlari ham bor. Mevalari qo'zoq yoki qo'zoqchalar bo'lib, ikki pallaga bo'linib ochiladi. Ikkala palla o'rtasida urug'li yupqa parda bo'ladi. Urug'ida endosperm bo'lmaydi, ammo moy ko'p to'planadi. Tarkibida glyukozidlarning bo'lishi krestguldoshlarning xarakterli belgilaridir. . Yopiq urug'li o'simliklarning eng yirik oilalaridan biri bo'lgan krestguldoshlar 380 avlod, 300 dan ko'proq turi bo'lib, ular asosan Shimoliy yarim sharning mo''tadil va sovuq iqlimli oblastlarida tarqalgan. Bu oilaning eng muhim va keng tarqalgan avlodi quyidagilar: karam (Brassica), brokva (Brassica napus), turp (Raphanus), o'sma (Isatis),katranlar (Crambe), kapsella (Capsella) Karamlar taxminan 50 turdan iboratdir. Ular 1-2 va ko'p yillik o't o'simliklardir. Bu turkumga bargi eyish uchun ovqatga ishlatiladigan, qimmatbaho sabzavot yoki urug'i moy beradigan o'simliklar kiradi. Butgullilarning bir qancha vakillari ekin va polizlarda begona o't sifatida uchraydi. Masalan, qo'zoq tugadigan turlaridan gulyavnika (sisymbrium), jeltushnik (Erysimum cheiran thoides), surepka (Barbarea vulgaris), yovvoyi sholg'om (Raphanus raphanistrum) turlari, mevalari qo'zoqcha turlaridan: jag'-jag' (achimbiti, Capsella bursa pastoris), yarutka (Thlaspi arvese), rijik (Camelina), ikotnik (Berteroa incana), momosirka (Draba) ning ba'zi turlari shular jumlasidandir. Bizda o'sadigan butgulli begona o'tlarning ko'pchiligi bir yillik o'simlik bo'lib, vegetativ yo'l bilan ko'paymaydi, ularga qarshi kurashishning qiyinligi, asosan ularning urug'dan tez ko'payishiga bog'liq. Masalan, bir tup jag'-jag' 2 mingdan 70 mingtagacha urug' tugsa, Descurainia sophia ning bir tupi 6 mingdan 110 mingtagacha, hatto (juda katta tuplari) 770 mingtagacha urug' tugadi. Eng zararli o'tlarning biri surepka ( Barbarea vulgaris) dir, bu o't ba'zan dalani boshdan -oyoq qoplab oladi. Surepka ikki yillik o'simlik, ammo ba'zan ildiz bachkilari bilan ko'payadigan ko'p yillik o't holiga kiradi. Uning shu jihati ko'p urug' tugishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.04 MB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.04 MB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga