Karamdoshlar oilasi va ularni dorivorlik xususiyatlari

Karamdoshlar oilasi va ularni dorivorlik xususiyatlari

O'quvchilarga / Botanika
Karamdoshlar oilasi va ularni dorivorlik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

KARAMDOShLAR OILASI VA ULARNI DORIVORLIK xususiyatLARI Mashg'ulotning maqsadi: Brassicaceae - Karamdoshlar (krestguldoshlar, butguldoshlar) oilasining o'ziga xos morfologik belgilarini, klassifikatsiyasini, hayotiy shakllarini, tarqalishini, keng tarqalgan turlarini lotincha nomlarini va xalq xo'jaligidagi hamda xalq tabobatidagi ahamiyatini o'rganish. Mashg'ulotning qisqacha mazmuni: Oila vakillarining Yer yuzida 350 turkumga mansub 300 dan ortiq turlari tarqalgan. Markaziy Osiyoda 107 ta turkumga mansub 431 ta turi, O'zbekistonda 75 ta turkumga oid 193 ta turi o'sadi. Bu oilaning o'simliklari asosan shimoliy yarimsharning mo'tadil iqlimli mintaqalarida tarqalgan. Karamdoshlar turli-tuman muhit sharoitlarida o'sishga moslashgan. Ayrimlari 4500-5700 metr balandliklardagi tog'larda lishayniklar bilan birgalikda o'simliklar qoplamining qaldirg'ochlarini tashkil qilsa, boshqalari esa, dengiz qirg'oqlarida; bazi turkumlarining turlari tundrada; yana boshqalari sahrolar, chalacho'l va cho'llarda ham o'sadi. Karamdoshlarning o'rmonlar, adirlik, yalangliklarda, sernam joylarda o'sadiganlari ham bor. Bu o'simliklarni bunchalik keng, turli-tuman ekologik sharoitlarda tarqalishiga qaramay ularning bu hududlardagi turlarining xilma-xilligi unchalik ko'p emas. Ko'pchilik karamdoshlar bir yillik yoki ko'p yillik o'tlardir. Karamdoshlar oilasi vakillarining O'zbekistonda madaniy holda karam, sholg'om, rediska, turp, o'sma turlarini, yovvoyi holda esa raps, masxar, jag'-jag', qurttana, gorchitsa, lezel, chitir, indou va qatran turlarini uchratish mumkin. Ular orasida poyasining pastki qismi yog'ochlashgan chala butalar ham bor. Karamdoshlarning yaproqlari poyada navbat bilan, ildiz bo'g'zi atrofidagilari esa, to'p holda joylashadi. Bu oila o'simliklari yaproqsiz to'pgul hosil qilishi bilan ham xarakterlanadi. Gul tuzilishida xilma-xillik ham kam. Ko'pchilik turlarida deyarli bir xillik mavjud. Kosachabarglari ikkitadan, ikki qator joylashadi. Ularning asosi qopsimon tuzilishli bo'lsa, unda nektar xonasi joylashadi. Tojbarglari 4 ta bo'lib, bir-biriga nisbatan qo'shuv belgisi - krestsimon ko'rinishni hosil qiladi. Bu oilaning nomlanishi ham shundan olingan. Tojbarglari ko'pincha sariq yoki oq bo'lib, safsar, pushtidan to'q qizilgacha bo'lishi mumkin. Tojbargning tepa qismi kengroq va uning qirrasi yaxlit yoki o'yiqli bo'ladi. Changchisi 6 ta, ikki qator joylashgan. Ulardan o'rtadagi 4 tasi uzunroq bandlidir. Genitsey (changchi) 2 mevabargli. Karamdoshlarning tuzilishida o'xshashlik ko'p bo'lsada, urug'larining tuzilishida xilma-xillik mavjud bo'lib, sistematikada muhim ahamiyatga ega. Uzun mevalar qo'zoq, kaltarog'i qo'zoqcha deyilib, ular pishib etilganda ochiladigani va ochilmaydigani ham bo'ladi. Mevalar shakli, kattaligi, ulardagi o'simtalarning xilma-xilligi bilan bir-birlaridan farqlanadi. Karamdoshlar o'zidan va chetdan changlanishga ham moslashgan. Guli kattalari arilar, kapalaklar bilan, maydalari esa pashshalar yordamida changlanadi. Biror sabab bilan chetdan changlanish ro'y bermasa, o'zidan changlanish ro'y beradi. Meva urug'ining tarqalishi, ayniqsa ularning shamol yordamida sochilishi uchun qanotchalar hosil qilganlari, pufakchasimon shishganlari, ayniqsa shamolda yengil uchib ketadigan mayda urug'lar oson tarqaladi. Hayvonlar yordamida tarqalishiga moslashgan, ilmoqchalar hosil qilganlari ham bor. Bazi turlarining urug'larining po'sti shilimshiqlanib, unga tuproq zarrachalari yopishadi va urug'ni noqulay sharoitli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.35 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.35 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga