Karamdoshlar oilasi umumiy ma'lumot

Karamdoshlar oilasi umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Botanika
Karamdoshlar oilasi umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

48-§. KARAMDOSHLAR OILASI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Karamdoshlar oilasining vakillari Yer sharining deyarli barcha qit'alarida o'sadi. U 300 ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Karamdoshlarning ko'pchiligi bir yillik, ikki yillik va ko'p yillik o'tlardir. Ildizi - o'qildiz tizimli. Poyasi tik o'suvchi. Barglari oddiy, yonbargsiz, butun yoki qirqilgan, poyada ketma-ket o'rnashgan. Gullari to'g'ri va ikki jinsli, shitigil to'pgulda o'rnashgan. Gulqo'rg'oni murakkab gul-kosacha va gultojga ajralgan. Gulkosacha to'rtta, bir-biri bilan qo'shilmagan gulkosachabargdan, gultoj ham to'rtta erkin holdagi gultojbargdan tashkil topgan. Gulida ikkita urug'chibargning qo'shilishidan hosil bo'lgan bitta urug'chi va oltita changchisi bor. Karamdoshlarga mansub yowoyi turlarning ko'pchiligi bahorda cho'llarda, tog' etaklaridagi qirlarda tarqalgan. Oila vakillaridan biri oddiy jag'-jag'dir. Oddiy jag'-jag' jag'-jag' turkumiga oid, bo'yi 10-30 sm keladigan bir yillik o't Ildiz bo'g'izida joylashgan barglari qisqa bandli, patsimon qirqilgan, poyadagilari esa bandsiz. Gullari poyada shingil to'pgul hosil qiladi. Changchilari 6 ta. Urug'chisi bitta. Oddiy jag'-jag' mart oyidan boshlab mayning oxirigacha gullaydi va meva (qo'zoqcha) hosil qiladi. O'zbekistonda jag'-jag' turkumiga oid faqat bitta tur -oddiy jag'-jag' o'sadi. Oddiy jag'-jag' tarkibida «C» va «K» darmondorilari, olma va limon kislotalati bor. Erta ko'klamda to'pbarglari ovqatga ishlatiladi. Jag'-jag'dan ko'k chuchvara, ko'k somsa tayyorlanadi. Uning yerustki qismidan tayyorlangan dorilar tabobatda qon ketishini to'xtatishda ishlatiladi. O'zbekistonda karamdoshlar oilasiga mansub sabzavot ekin-lariga karam (98-rasm), sholg'om, rediska va turp kiradi. Bo'yoq beradigan o'simlik sifatida esa o'sma ekiladi. Bu oilaga mansub 8 ta tur O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan. Savol va topshiriqlar Karamdoshlar oilasi uchun xos belgilar qaysilar? Rediska gulining tuzilishi formulasi va diagrammasini chi-zing. Karamdoshlar oilasiga kiradigan madaniy o'simliklardan qaysila-rini bilasiz? Karamdoshlar oilasi Turkum Yer yuzida - 350 O'zbekistonda - 76 Turi Yer yuzida - 300 O'zbekistonda - 200 hayotiy shakli - 1 yillik, 2 yillik, ko'p yillik o'tlar Ildizi - o'q ildiz Poyasi - tik o'suvchi Barglari - oddiy, butun yoki qirqilgan Poyada joylashishi - ketme-ket Gullari - to'g'ri, 2 jinsli To'pgullari - shingil Gulqo'rg'oni - murakkab Gul fo'rmulasi - Gk4 Gt4 CH4+2 U1 Mevasi - qo'zoq va qo'zoqcha Oilaning xarakterli belgilari. Oddiy Jag' - jag' Turkumi - jag'-jag' Bo'yi - 10-30 sm hayotiy shakli - 1 yillik o't Barglari - ildiz bo'g'zidagilari qisqa bandli, patsimon qirqilgan poyadagilari bandsiz To'pguli - shingil Gullari - gultoji oppoq gulkosachasidan 1,5 marta uzun Gullash davri - martdan boshlab mayning oxirigacha Mevasi - qo'zoqcha Urug'i - yaxshi o'sgan 1 tupda 70 00 ga yaqin urug' bo'ladi O'zbekistondagi turi - 1 ta ya'ni oddiy jag'-jag' Tarkibi - C va K darmondorilari , olma va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.46 MB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.46 MB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga