Karamdoshlar va dukkakdoshlar oilasidagi o'simliklar

Karamdoshlar va dukkakdoshlar oilasidagi o'simliklar

O'quvchilarga / Botanika
Karamdoshlar va dukkakdoshlar oilasidagi o'simliklar - rasmi

Material tavsifi

Karamdoshlar va dukkakdoshlar oilasiga kiruvchi o'simliklar Karamdoshlar oilasiga mansub o'simliklarning umumiy tavsifi. Xantal tuzilishi va xossalari. Indovning tuzilishi va xossalari. Surepkaning tuzilishi va xossalari. Rijikning tuzilishi va xossalari. Krambening tuzilishi va xossalari. Dukkakdoshlar oilasiga mansub o'simliklarning umumiy tavsifi. Yeryong'oqning tuzilishi va xossalari. Soyaning tuzilishi va xossalari. Reja: Karamdoshlar oilasiga mansub o'simliklarning umumiy tavsifi Karamdoshlar - oilasiga yog' to'plovchi o'simliklarning bir nechta turlarini o'z ichiga oladi. Karamdoshlar oilasiga mansub o'simliklarning yog'li vakillari bo'lib, saret xantali, oq xantal, qora xantal, indov, surepka va rijik hisoblanadi. Karamdoshlar oilasiga mansub bo'lgan, lekin sanoatda qayta ishlanmaydigan o'simliklardan krambeni misol qilib keltirish mumkin. Bu o'simliklarning bitta botanik oilaga mansubligi botanik xususiyatlari va kimyoviy tarkibining umumiyligini belgilaydi. Xantal tuzilishi va xossalari. Xantalning uchta turi - sarept xantali, oq xantal va qora xantal keng tarqalgan. Sarepet xantali o'tsimon o'simlik bo'lib, gullari uzunligi 5 sm gacha bo'lgan silindrsimon qalamchalar hosil qiladi. Urug'lari cho'zinchoq shaklda bo'lib, uzunligi 1,3-2,0 mm, 100 ta urug' massasi 1,7-1,9 g. Urug'larning ta'mi achchiq, xantalga xos xidga ega. Oq xantal tuproqqa va iqlim sharoitiga juda talabchan. Urug'lari yirik, dumaloq, diametri 1,71-2,50 mm, 100 ta urug' massasi 3,7-5,8 g. Qora xantal ham Yevropada qadimdan ma'lum. Qadimdan undan davolash maqsadida va zirvor sifatida foydalanilgan. Yog'i ajratib olingan xantal to'ppasi xantal efir moylari va xantal kukuni tayyorlashda ishlatiladi. Xantal efir moylari konservalash, sharobchilik, pivo tayyorlash va sutni qayta ishlashda antiseptik sifatida ishlatiladi. Indov (Brassica napus) Indovning tuzilishi va xossalari Hindiston va Osiyo xalqlariga eramizdan 4 ming yil oldin ma'lum edi. o'rta Yer dengizi xalqlariga XXI asrning boshida keltirilgan. Sanoat xom ashyosi sifatida indov kuzgi va bahorgi turlarga bo'linadi. Indov yog'i tarkibida neytral lipidar 92,9%, fosfatidilxolinlar - 0,8; fosfatidiletanolaminlar - 0,6; monogalaktozildiatsilglitserollar - 0,7; digalaktozildiatsilglitserollar - 1,3% ni tashkil qiladi. Indovning eruksiz navlari urug'lari tarkibida (% da): 42,3-44,8 lipidlar; 23,2-24,9 - oqsil (Nx6,25); 8,8-9,3 - sellyuloza; 5,3-3,7 -kul; 2,2-3,6 - tioglikozidlar kiradi. Indovning eruksiz navlari oqsil kompleksini (% da): albuminlar - 48,32-61,62; globo'linlar - 23,04-30,04; glyutelinlar - 10,03-16,17; erimaydigan oqsillar - 18,31-43,22 tashkil qiladi. Surepka (Brassica campestris) Surepkaning tuzilishi va xossalari. Surepka (Brassica campestris) indovning turlaridan biri bo'lib, tarkibi va boshqa xossalari bilan indov urug'iga o'xshaydi. Surepka yangi madaniylashtirilgan o'simliklardan hisoblanadi. U Eronda zig'ir bilan birga ekilgan. Bu o'simlik Afg'oniston, Shimoliy Hindiston va Xitoyda yetishtiriladi. Surepka urug'lari yumaloq, yonlari pachoq ko'rinishga ega. Urug'lar bo'yi 1,5-2,0 mm, 100 ta urug' massasi 1,8-2 g. Surepka urug'i yog'i tarkibida eruk kislotasi va linol va oliyen kislotalar miqdori katta bo'ladi Surepka urug'idan texnik maqsadlarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.85 MB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.85 MB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga