Reja: Kartoshkaning fitoftoroz va rak kasalligi Pomidorning fitoftoroz kasalligi Pomidorning bakteriali rak kasalligi Lavlagining kumush rang dog'lanishi Kartoshkani fitoftorozini Phytophtora infestans oomiset zamburug''i qo'zg'atadi. Qo'zg'atuvchi zamburug'' rangsiz, bir hujayrali, ko'p yadroli endofit tana hosil qilib, ko'plab jinssiz sporalar - zoosporangiylar hosil qiladi. Oosporalar - ya'ni jinsiy sporalar faqat kartoshkani vatani bo'lgan Meksikada uchraydi, ammo keyingi ma'lumotlarga qaraganda bir qancha Yevropamamlakatlarida ham oosporalar hosil bo'lishi aniqlangan. Qo'zg'atuvchi zamburug''ning biologik xususiyatlaridan biri - uning fiziologik irqlarini va populyasiyalarini juda ham ko'pligidir. Ushbu fiziologik irqlari va populyasiyalari o'zining parazitlik xususiyatlari, inkubasion davri davomiyligi, patogenligi (kasallikni tug'dirish qobiliyati), agressivligi, virulentligi hamda sporalar hosil qilish darajalari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. zamburug'' kartoshkani barglarini, poyalarini, tuganaklarini va o'simtalarini kasallantiradi. Kasallikni xarakterli alomatlari o'simliklarni gullash davri arafasida barglarda namoyon bo'ladi. Dastlab pastki yarus barglarni uchida qo'ng'ir rangli bo'rtgan dog'lar paydo bo'ladi, bunday dog'larni orqa tomonida, aniqrog'i bargning yashil hamda qo'ng'ir qismi chegarasida oqimtir rangli qalin g'uborlar hosil bo'lishi kuzatiladi. Qo'ng'ir rangli dog'larning kengayib borishi hisobiga g'uborlar ham kasallangan va sog'lom to'qima chegarasi tomon surilib boraveradi. Bu g'uborlar zamburug''ning sporalaridir. Poya va barg bandlarida kasallik uzunchoq qo'ng'ir rangli qalin yo'l-chiziqlar ko'rinishida namoyon bo'ladi. Quruq va issiq ob - havo sharoitida kasallik to'xtaydi, bunda dog'lar qurib qoladi va poya hamda barglar mo'rt bo'lib sinib ketadi, nam ob - havo sharoitida esa dog'lar yiriklashib, rivojlanadi va dog' o'rnidagi poya va barg bandlari to'qimalari chiriydi. Kasallik doimo yangidan yangi barg va poyalarga o'tib turadi, natijada o'simlik tupi nobud bo'ladi. Kasallangan tuplardan sog'lom tuplarga kasallik muntazam ravishda o'tib turadi. Dalada kasallangan palaklarning yangi o'choqlari to'xtovsiz ravishda paydo bo'laveradi. Agar ob - havo sernam kelsa 7 - 10 kunda daladagi hamma palaklar to'liq nobud bo'ladi. Tuganaklarda biroz botiq ko'rinishdagi qo'ng'ir rangli dog'lar hosil bo'lib, tuganak mag'zi dog' ostidan boshlab biroz qo'ng'irlashadi. Kasallik juda katta zarar keltirib, ba'zan hosilni to'liq nobud bo'lishiga olib keladi. Ba'zi seryog'in yillari ko'pgina mintaqalarda yirik talofatlar keltirganligi ma'lum. Bundan tashqari omborxonada saqlash davrida kasallangan tuganaklardan to'xtovsiz ravishda sog'lomlari zararlanib turadi, shuningdek boshqa mikroorganizmlar bilan birgalikda tuganaklarning quruq chirishiga olib keladi. Shuningdek kasallikning yana bir zarari shundaki, kasallangan kartoshka tuplarida palaklarning erta nobud bo'lishi hisobiga tuganaklar soni kam bo'lib, ular to'liq yetilmaydi, o'lchamlari kichik bo'lib qoladi hamda bunday tuganaklar yaxshi saqlanmaydi. Infeksiya manbai - kasallangan urug'lik tuganaklar hamda o'tgan yildan dalada qolib ketgan kasal tuganaklar bo'lib hisoblanadi. Bundan tashqari omborxonalarda saralash davrida kasallangan tuganaklar 1,5 m chuqurga ko'milib yo'q qilinmay, axlatxonalarga tashlansa, ular ham doimiy infeksiya o'chog'i bo'lib ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.85 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.85 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: doc