4-§. KATTALASHTIRIB KO'RSATADIGAN ASBOBLAR 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. Hujayralar va ularning ichki tuzilishini o'rganishda kattalashtirib ko'rsatadigan turli xil asboblardan foydalaniladi. Shulardan biri lupa hisoblanadi. Lupa o'simlik hujayrasini ma'lum miqdorda katta lashtirib ko'rsatadigan, ikki to moni qabariq oynadan iborat. U buyumlarni uch, besh, hatto, 20 marta va un dan ham katta qilib ko'rsatadi. U shtativli va dastakli (qo'l) lupalarga bo'linadi. Shtativli lupa buyumni 10-25 marta kattalashtirib ko'rsatadi, chunki uning tagligida katt alashtiruvchi ikkita linza bo' ladi. Taglikka o'rnatilgan buyum stolchasiga ko'riladigan narsa (preparat) qo'yiladi va ko'zgu yordamida buyum stolchasi teshigiga yorug'lik yo'naltiriladi. Meva, sabzavotlar, poliz ekinlarining turli qismlaridan kesma tayyorlab, ular hujayralarining umumiy tuzilishini kuzatish mumkin. Hujayralarning ichki tuzilishi faqat mikroskop yordamida kuzatiladi. Hujayralarning ichki tuzilishini va sitoplazmadagi harakatlarni kuzatishda lupaga nisbatan murakkabroq asbob - mikroskopdan foydalaniladi. Mikroskop yunoncha so'z bo'lib, mikro - kichkina va skoneo - ko'ryapman degan ma'noni bildiradi. Mikroskop preparat larni ming marta va undan ham ko'p, zamonaviy elektron mikroskoplar esa yuz ming marta kattalashtirib ko'rsatadi. Mikroskop ixtiro qilingach, ti rik mavjudotlar, shu jumladan, o'simliklarning organlari huj ayralardan tuzilganligini aniq va ravshan ko'rish mumkin bo'ldi. Mikroskop necha marta kattalashtirib ko'rsatishini bilish uchun obyektiv bilan okulyardagi sonlar bir-biriga ko'payt iriladi. Masalan, okulyar 15x bo'lib, obyektiv 40 x bo'lsa (15x40), buyum 600 marta kattalashtirilgan bo'ladi. Savol va topshiriqlar Tirik organizmlar qanday tuzilgan? Hujayrada qanday hayotiy jarayonlar kuzatiladi? Kattalashtirib ko'rsatadigan asboblarga nimalar kiradi? Lupa va mikroskopning afzalligi hamda farqlarini aytib bering. Mikroskop qanday qismlardan tashkil topgan? Mikroskop buyumlarni necha marta kattalashtirib ko'rsatadi? ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.46 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.46 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: ppt