Kirish, botanika fani, bo'limlari va uni farmatsiya sohasidagi ahamiyati. O'simlik hujayrasi. Sitoplazma

Kirish, botanika fani, bo'limlari va uni farmatsiya sohasidagi ahamiyati. O'simlik hujayrasi. Sitoplazma

O'quvchilarga / Botanika
Kirish, botanika fani, bo'limlari va uni farmatsiya sohasidagi ahamiyati. O'simlik hujayrasi. Sitoplazma - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Tabiatda tirik organizmlar haqida tushuncha. 2. Botanikaning rivojlanish tarixi. 3. Botanika fani va uning bo'limlari haqida tushuncha. 4. O'simliklarda kechadigan fotosintez protsessi. 5. Botanika fanining dorishunoslikda ahamiyati. 6. Hujayraning kashf etilishi. 7. Hujayra nazariyasi 8. Protoplazma (sitoplazma) 9. Hujayradagi fermentlar 10. Vita'minlar Tirik organizmlar - tabiatning tarkibiy qismi bo'lib, tevarak atrof muhit bilan chambarchas bog'langan va o'zini yashash uchun barcha zarur sharoitni shu tabiatdan oladi. Dastlabki tirik moddalar zarrachalardan hosil bo'lgan o'simlik va hayvonlar keyinchalik turli yashash sharoitiga tushib unga moslashgan, natijada o'zgargan va tuzilishi murakkablashib borgan. Ularda yangi belgilar shakllanib borgan. Shu belgilarga ko'ra hozir o'simliklar olami hayvonot olamidan keskin farq qiladi. Masalan: umurtqali hayvonlar bilan gulli o'simliklar va boshqalar. Biroq, hujayra nixoyatda murakkab biologik asos bo'lgani uchun dastlabki tirik moddalardan, xatto eng sodda tuzilgan bir hujayrali organizmgacha bir necha yuz millionlab yil davom etadigan uzoq evolyutsion rivojlanish protsessida hosil bo'lgan. O'simliklar butun yer yuziga tarqalgan bo'lib, faqat quruqlikda emas, balki ko'l, daryo, dengiz va okeanlarda, ba'zan ancha chuqurliklarda ham o'sadi. Planetamizda, dastlabki okeanlar suvida oddiy anorganik moddalar, uglevodlar, metan va suvdan murakkab organik birikmalar hosil bo'lgan. Akademik A.I.Oparinning fikriga ko'ra, ularni ayrimlari liqildoq tomchi - koatservantlar shakliga kirgan va keyin murakkablashib, tirik modda hosil bo'lishiga asos hisoblangan. K. Linney 1767 y. dunyoni 3 qismga bo'ladi: 1. neorganik jismlar - bularga jonsiz tabiat-toshlar 2. organik dunyo - o'simliklar 3. tirik harakatlanuvchi organizmlar - hayvonlar. Botanika grek (yunon) tilidan olingan bo'lib ko'k o't ma'nosini bildiradi. Botanika fani o'simliklarning hayotiy protsesslarini ya'ni, kelib chiqishini, ko'payishini, rivojlanishi, oziqlanishi va yer yuzida tarqalishini hamda, o'simlik organlarining ichki va tashqi tuzilishini o'rganadigan fandir. Botanika fani biologik fanning bir tarmog'i hisoblanadi. Botanika fani bir necha bo'laklarga bo'linadi. 1. O'simlik hujayrasini o'rganadigan fan sitologiya deyiladi. 2. O'simlik to'qimalarini o'rganadigan fan gistologiya deyiladi. 3. O'simliklarning tashqi tuzilishini o'rganadigan fan morfologiya deyiladi. Morfologiya ham grek tilidan olingan bo'lib bu shaklni o'rganadigan ilm ma'nosini bildiradi. 4. O'simliklarning ichki tuzilishini o'rganadigan fan anatomiya deyiladi. 5. O'simliklarning fiziologiyasi va bioximiyasi. Bu so'zlar ham grek tilidan olingan bo'lib fizis-tabiat, bio-hayot ma'nosini bildiradi. Bu fanlar yordamida o'simliklarning hujayrasida bo'ladigan protsessning, masalan: nafas olish, oziqlanish, fotosintez protsesslari va boshqalarni o'rganiladi. 6. O'simliklar sistematikasi. Bu so'z ham grek tilidan olingan bo'lib to'plash, yig'ish, biriktirish ma'nosini bildiradi. Bu fan o'simliklarning kelib chiqishi jihatidan bir biriga yaqinligini va shunga asoslanib yer yuzidagi o'simliklarni gruppalarga bo'lib o'rganadigan fandir. Masalan: Tur, avlod, oila, sinflarga bo'linadi. 7. Genetika fani. Bu ham grekcha so'zdan olingan bo'lib, ya'ni kelib chiqish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.33 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.33 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga