Ko'chatlar uchun joy tanlash va uning asosiy bo'limlari, urug'larni ekishga tayyorlash va ekish Ko'chatzor uchun ajratilgan maydon har tomonlama qulay, katta yo'lga yaqin bo'lishi lozim. Natijada, ko'chatzorlarni qishloq xo'jalik mashinalari, o'g'itlar bilan ta'minlash va yetishtirilgan ko'chatlarni realizatsiya qilish ishlari ham yengillashadi. Shu bilan birga xo'jalik yetarli darajada suv bilan ta'minlangan, sizot suvi kamida 1,5-2 m dan past, yeri unumdor va sho'rlanmagan bo'lishi zarur. Ko'chat yetishtiruvchi xo'jaliklarda har xil mevali ko'chatlarga bo'lgan talabni to'liq qondirish uchun quyidagi bo'limlar bo'lishi lozim: kurtak va boshqa xil payvandlar uchun qalamchalar tayyorlanadigan maxsus ona bog'. Qalamchadan ko'payadigan mevalar uchun uzumzor, anor zor, anjirzor kabi ona bog'lar tashkil qilinadi. Olma, nok,behiurug'ini sepib payvandtaglaryetishtiradigan bo'lim. Danakli mevalarning danaklari to'g'ridan-to'g'ri niholzorlarga ekiladi, olma, behi, nok urug'ini esa dastlab gektariga 35- 40 s hisobidan urug' sepib, bir yil nihol yetishtirilib, kelgusi yili ularni niholzorlarga siyrak qilib ekiladi. l-dala ko'chatzori. 2-dala ko'chatzori. 3-dala ko'chatzori. Pakana payvand ko'chatlar yetishtiriladigan bo'lim. Ixota va ko'chatzorlar uchun manzarali daraxt ko'chatlari yetishtiriladigan bo'lim. Payvandtaglar yetishtiriladigan niholzor. Ko'chatzorlarda almashlab ekish. Ko'chatzorlarning unumdorligini pasaytirib yubormaslik uchun ko'chat yetishtiruvchi xo'jalik larda ma'lum almashlab ekish tartiblarini joriy qilish zarur. Quyidag i tartiblar tavsiya etiladi: ikki yil beda, uchinchi yili bir o'rimdan key in may oylarida yer haydalib, unga sabzavot yoki qovun-tarvuz ekilib, kuzda urug'li mevalarning urug'i sepiladi. To'rtinchi yili urug'li mev alarning payvandtaglari yetishtiriladi. Ko'chatzor uchun unumdor, havo o'tkazuvchanligi yaxshi, sho'rxok bo'lmagan, bo'z tuproqli yerlar ajratiladi. Sho'r va botqoq, sizot suvlari yuza joylashgan yerlarda zovur qazib melioratsiya ishlari o'tkazishga to'g'ri keladi. I.V. Michurin «Payvandtag - mevali daraxtlarning poydevori» degan edi. haqiqatan ham meva daraxtlarining kuchli yoki kuchsiz o'sishi, kech yoki barvaqt hosilga kirishi, uzoq umr ko'rishi, noqulay iqlim sharoitlariga moslashishi payvandtaglarga bog'liq. Sizot suvi yaqin, tosh, qum, shag'al sho'rxok tuproqli va tog'li tumanlar uchun suvsizlikka chidamli payvandtaglar tanlanib olinadi hamda ular payvand qilib ko'paytiriladi. Mevali daraxtlarni ko'paytirish va iqlimga moslashgan payvandtaglar tanlash sohasida birmuncha ishlar qilindi. Olma daraxtlarini yetishtirishda madaniy olma navlaridan Rozmarin, Qandil sinap, Parmen zimniy zolotoy kabi daraxtlarning mevasidan tayyorlangan urug'lar kuchli payvandtag hisoblanadi. Olmaning kuchli payvandtaglari asosan urug'dan ko'paytiriladi. Urug'dan ko'paytirilgan nihollarga asosiy standart olma daraxtlaridan qalamcha tayyorlab kurtak payvand qilinadi. O'zbekistonda olma urug'ini Tyan-shan tog' qiyaliklarida yovvoyi holda o'sadigan olmazorlardagi Siversa olmasidan olinadi. Bu olma mevasining har donasi 10-100 g, mazasi nordon va shirin. Ko'chatlarning ildizi yer yuziga yaqin joylashganidan yerni muntazam o'g'itlab, begona o'tlardan tozalash va o'z vaqtida sug'orib turish kerak. Shu bilan birga ko'chat qator oralarini ishlash vaqtida ildizlarning shikastlanmasligi uchun maxsus mashinalar ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
62.23 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
62.23 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: docx