Ko'k yashil suv o'tlari

Ko'k yashil suv o'tlari

O'quvchilarga / Botanika
Ko'k yashil suv o'tlari - rasmi

Material tavsifi

Ko'k yashil suv o'tlari Ko'k yashil suv o'tlari Reja: 1.Ko'k yashil suv o'tlari umumiy tavsifi 2.Suv o'tlar klassifikatsiyasi 3.Asosiy turlari va ahmiyati Ko'k-yashil suvo'tlar (Cyanophyta) - suvo'tlar bo'limi. Hujayrasi yadrosiz. Tuzilishi, tarkibi va genetik xususiyatlariga ko'ra prokariolarga kiradi. Shuning uchun ular sianobakteriyalar ham deyiladi. Prokariotlar bakteriyalar va sianofitlarga ajratiladi. Ko'k-yashil suvo'tlar bakteriyalarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan; suvo'tlarga xos pigmentlari bo'ladi. Filogenetik jihatdan eng qadimgi sodda tuzilgan o'simlik hisoblanadi. Ko'k-yashil suvo'tlar hujayralari fotosintez qiluvchi organoidlar bo'lib, ularda karotinoidlar va qizil suvo'tlardagi singari maxsus pigment - fikobiliproteidlar bo'ladi. Rangi ko'k-yashil va qizg'ish, bir hujayrali va ko'p qujayrali ipsimon mikroskopik organizmlar; ko'pincha, uzunligi 20 sm bo'ladi. Sporalar, akinetalar va iplarning bo'laqlari orqali ko'payadi. 3 ta sinfi (hamesifonsimon suvo'tlar, gormogonsimon suvo'tlar) mavjud. Yer yuzida keng tarqalgan. 200 dan ortiqturi ma'lum. O'rta Osiyo suv havzalarida ossillatoriya, formidium, lingbiya turkumlariga mansub turlar uchraydi. Ko'k-yashil suvo'tlar suv va quruqlik muhitining turli xil sharoitida o'sadi. Ko'pchilik turlari havodagi erkin azotni o'zlashtirish xususiyatiga ega. Ko'k-yashil suvo'tlar chuchuk suv va dengiz planktoni hamda bentosi tarkibiga kiradi, tuproq yuzasida, harorati 80° gacha bo'lgan qaynoq suvli buloqlarda, bir qancha turlari ohaktosh konlarida o'sadi. Ular, ko'pincha, boshqa organizmlar: xlorofilni yo'qotgan bir qujayrali hayvonlar, zamburug''lar (lishayniklar tanasida), yo'sinlar, qirqquloqlar, sagovniklar, gulli o'simliklar bilan simbiotik munosabatga kirishadi (qarang Simbioz). Havodagi erkin azotni o'zlashtirib, tuproq unumdorligini oshiradi. Ko'pincha suv havzalarining gullashiga sabab bo'ladi. Ayrim turlari (nostok, spiruliva) iste'mol qilinadi. Yem-xashak va oziq-ovqat oqsili olish maqsadida ko'k-yashil suvo'tlarni sanoat miqyosida ko'paytirish ustida ish olib borilmoqda. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.09 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.09 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga