Kommelinkabilar kichik ajdodi Reja: Yakannamolar qabilasi. Yakandoshlar oilasi Xilolnamolar qabilasi. Xiloldoshlar oilasi Bug'doynamolar qabilasi. Bug'doydoshlar oilasi Bambukdoshchalar kichik oilachasi Qo'ng'irboshdoshchalar kichik oilachasi. Yakannamolar qabilasi - Juncales Qabila 2 ta oilani birlashtiradi. Yakandoshlar oilasi - Juncaceae 10 turkumga mansub, 400 taga yaqin turni o'zi ichiga oladi. Ular Janubiy yarimsharda keng tarqalgan bir va ko'p yillik o'tlardan iborat. O'rta Osiyoda 2 turkumga mansub 37 ta turi, O'zbekistonda 2 ta turkumga oid 18 ta turi o'sadi (94-rasm). Hilolnamolar qabilasi - Cyperales Qabila bitta oilani o'z ichiga oladi. Hiloldoshlar oilasi - Cyperaceae Bu oila ko'p yoki bir yillik o't o'simliklardan tashkil topgan. Poyasi ko'pincha uch qirrali, bo'g'imsiz. Barglari tilchasiz, yaxshi rivojlangan yoki reduksiyalangan, yopiq qinli, asosan poyasining ostida joylashgan. Yaprog'i qattiq, ensiz, tasmasimon, tarnov shaklli, chetlari g'adir-budur. Gullari bir yoki ikki jinsli, rangsiz, mayda, boshoqchalarda o'rnashgan. Boshoqchalari ro'vaksimon, soyabonsimon, kallakchasimon, boshoqsimon murakkab to'pgullar hosil qiladi. Har bir gul bitta tangacha (qipiqcha) qo'ltig'idan chiqadi. Changchilari 3 ta, ba'zan 2 ta, urug'chisi 1 ta, 3-2 mevabargli, tugunchasi ustki, bir uyali. Mevasi-yong'oqcha. Bu oilaga 120 turkum va 5600 ga yaqin tur kiradi. Ular ko'proq mo'tadil va sovuq iqlimli hududlarda tarqalgan. O'rta Osiyoda 18 turkumga mansub 152 turi, O'zbekistonda 16 turkumga oid 74 turi tarqalgan (93-rasm). Salomalik - Cyperus turkumiga ko'p yillik va bir yillik o't o'simliklar kiradi. Barglari cnsiz qalami. Gullari ikki jinsli. O'zbekistonda 7 turi uchraydi. Ulardan keng tarqalgani Yumaloq salomalik - Cyperus rotundus. U ko'p yillik o't o'simlik, bo'yi 10-50 sm. Poyasi uch qirrali. silliq. Bargi poyadan kaltaroq. May-iyun oylarida gullab, iyun-sentabrda urug'laydi. Tuganagi yordamida vegetativ yo'l bilan ko'payadi. O'zbekistonning barcha sug'oriladigan ekinzorlarida begona o't sifatida uchraydi. Qorabosh - Carex turkumiga ildizpoyali, poyasi tik, uch qirrali o'simliklar kiradi. Barglari lentasimon, yassi yoki yarim buralgan. Bir uyli, kamdan-kam ikki uyli o'simlik. Boshoqchalari bittadan yoki ko'p. Boshoqchalari changchi yoki urug'chi guli yoki aralash jinsli guldan iborat. Changchisi 3 ta, ba'zan 2 ta. Mevasi -yong oqcha, 3 qirrali yoki yassi. 93-rasm. Xiloldoshlar 1-3. Oddiy qilicho't (Cladium mariscus) to'pguli, boshog'i, mevasi, 4-5. Rinxospora (Rhynchspora) umumiy ko'rinshi, mevasi, 6-7. Ko'lqamish (Scirpus lacustris) umumiy ko'rinishi, guli 94-rasm. Yakandoshlar 1-3. O'rmalovchi yakan (Juncus inflexus) umumiy ko'rinishi, mevasi, poyasi, 4-5. Boltiq yakani (J.balticus) umumiy ko'rinishi, mevasi, 6-7. Ipsimon yakan (J. filiformis) umumiy ko'rinishi, mevasi, 8-9. Bo'g'inli yakan (J. articulatus) umumiy ko'rinishi, mevasi, 10. Kashtan yakan (J. castaneus) mevasi Bu turkum vakillari yaxshi yem-xashak o'simlik hisoblanadi. O'zbekistonda 29 turi tarqalgan. Ulardan biri Yo'g'ontumshuq qorabosh - Carex pachystylis ko'p yillik, uzun ildizpoyali o't o'simlik. Bo'yi ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
325.38 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
325.38 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: docx