Kompleks o'g'itlarni olish usullari Kompleks o'g'itlar - tarkibida o'simliklar hayot faoliyati uchun zarur bir necha asosiy oziq moddalari bo'lgan organik va mineral o'g'itlar. Organik Kompleks o'g'itlarga uy hayvonlari go'ngi, qushlar go'ngi, siderat o'simliklarning yashil massasi (ko'kat o'g'it), turli xil kompostlar kiradi. Tarkibidagi asosiy oziq moddalariga ko'ra, mineral K.o'. ikki elementli (fosforkaliyli, azot-fosforli, azot-kaliyli) va uch elementli (azot-fosfor-kaliyli) bo'ladi. Olinish usuliga ko'ra, murakkab o'g'itlar, murakkab aralash o'g'itlar va aralash o'g'itlarga bo'linadi. Ko'pgina K.o'. tarkibida mikroelementlar bo'ladi yoki ularga bu elementlar qo'shiladi. Mineral o'g'itlar - tarkibida o'simliklar uchun zarur oziq elementlari bo'lgan anorganik moddalar, asosan, tuzlar. Deyarli barcha Mineral o'g'itlar agronomik rudalarlgina kimyo sanoatida ishlab chiqariladi. Shuningdek, tabiiy tuzlar, mis, natriyli selitra (chili selitrasi), sanoat chiqindilari ham ishlatiladi. M.o'. 19-asrdan tarqalaboshlagan. 20-asr o'rtalaridan M.o'.ni ishlab chiqarish va qo'llash tez o'sdi. Shungacha o'g'it sifatida, asosan, go'ng, kul va boshqa chiqindilar ishlatilgan. M.o'. tuproqqa (uning fizik, kimyoviy va biol. xususiyatlariga) kuchli ta'sir qiluvchi vositadir; ular tuproqni oziq elementlari bilan boyitadi, tuproq eritmasi reaksiyasini o'zgartiradi, mikrobiologik jarayonlarga ta'sir etadi va h.k. O'simliklar, asosan, ildizi orqali oziqlanishi tufayli Mineral o'g'itlar tuproqqa solinganda o'simliklarning o'sishi va rivojlanishiga, binobarin, dalalar, utlokdarning umumiy biol. mahsuldorligiga faol ta'sir qiladi. M.o'. ekin hosilini oshiradi, sifatini yaxshilaydi: paxta, kanop, zigir va lub ekinlari tolasining texnologik xususiyatlarini, qand lavlagi, uzum tarkibidagi qand, kartoshkadagi kraxmal, dondagi oqsil miqdorini ko'paytiradi. M.o'. organik o'g'itlar bilan qo'shib ishlatilsa, yanada yaxshi natija beradi. Agronomik maqsadlarga ko'ra, M.o'. bevosita va bilvosita ishlatiladigan o'g'itlarga bo'linadi. Bevosita ishlatiladigan o'g'itlar tarkibida o'simliklar oziqlanishi uchun zarur azot, fosfor, kaliy, shuningdek, magniy, bor, rux, mis, molibden, marganets, oltingugurt kabi elementlar bo'ladi. Bu guruhga kiradigan o'g'itlar, asosan, bir oziq elementli, mas, azotli, fosforli yoki kaliyli va kompleks, ya'ni aralash va murakkab o'g'itlardan iborat. Aralash M.o'. zavodda yoki xo'jalikning o'zida bir necha xil o'g'itni aralashtirib, murakkab o'g'itlar esa zavodda tayyorlanadi. Bilvosita ishlatiladigan M.o'. (mas, ohakli o'g'itlar, gips va boshqalar) asosan, tuproqning agrokimyoviy va fizikkimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda qo'llaniladi. M.o'. qattiq, ya'ni kukunsimon, donador hamda suyuq - ammiakli suv, suyuq ammiak, ammiakatlar holida ishlab chiqariladi. ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
726.86 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
726.86 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: pptx