Ko'p yillik gul o'simliklardan ko'kalamzorlashtirishda foydalanish Ko'p yillik gul o'simliklardan ko'kalamzorlashtirishda foydalanish RYeJA: Ko'p yillik gulli o'simliklarning botanik va biologik xususiyatlari. Ko'p yillik gulli o'simliklarning qishlash sharoitlari bo'yicha guruhlanishi va o'stirish agrotexnikasi. Ko'p yillik gulli o'simliklarning qisqacha tavsifi va ulardan ko'kalamzorlashtirishda foydalanish Tayanch iboralar: Ko'p yillik gullar, ildizpoyalar, piyozchalar, tuganaklar, ko'chatlar, 1m2 maydon, floks, solidago, delfinum Ko'p yilliklarning katta qismini ko'p gullovchi o'simliklar tashkil etadi. Ularning gul tuzilishi turli - tuman va tuslarga boy. Ayrim ko'p yilliklarda (pion, piyozli turlari va boshqalar) vegetatsiya davri tugagandan so'ng yer usti bir yillik ko'chatlar va reproduktiv organlari quriydi, keyingi yilda esa o'simlikda saqlangan ildizlar, ildizpoyalar, piyozlar va tuganaklardan qayta ko'karadi, shu yozda gullar va urug'lar beradi. Boshqa ko'p yilliklarda (sudraluvchi floks, yaskola, sedumning ayrim turlari va boshqalar) ko'chatlar qishda qurimaydi, ammo bu davrda ulardan hayot jarayonlari to'xtaydi. Keyingi yilning bahorida uyg'onib, kurtaklaridan ko'chatlar o'sib chiqadi, gullaydi va hosil beradi. Ko'p yillik o'simliklar asosan hayotining 2-3 yillarida manzarali ko'rinishga ega bo'ladi, bu 3-4 yil, pionlarda esa boshqa joyga ko'chirib o'tqazilmasa 15 yilgacha va undan ko'p saqlanadi. Ko'p yillik o'simliklar kattaligi bo'yicha turli - tumandir. 1 m2 maydonga quyidagi miqdorda o'simlik ekish mumkin: yiriklari - 1 - 4, o'rtalari - 6 - 8, maydalari - 15 - 25 yirik piyozlilar - 40 - 60, juda mayda piyozlilar - 60 donadan ko'p. Barcha ko'p yillik o'simliklar gul kurtaklarining hosil bo'lish turi bo'yicha to'rt guruhga bo'linadi: Ko'p yillik gulli o'simliklarning botanik va biologik xususiyatlari. 1. N a r g i s, l o l a l a r - gul organlari keyingi yilda gullash uchun yozda hosil bo'ladi. 2. P i o n, i r i s, p r i m u l a, b a d a n, a r a b i s - gul organlari keyingi bahorda gullashi uchun kuzda hosil bo'ladi. 3. D e l f i n i u m, l yu p i n, a x i l l e y, a l p q o' q o n g u li, a k v i l e g i ya l a r d a - shu yilda gullash uchun g'unchalar bahorda hosil bo'ladi. 4. A s t i l b a, s o l i d a g o, g e l e n i u m, b o' r o n s i m o n f l o k s l a r - ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.94 MB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.94 MB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: pptx