Kuchalakabilar kichik ajdodi Reja: Kuchalanamolar qabilasi. Kuchaladoshlar oilasi Poyabargdoshlar oilasi Igirnamolar qabilasi. Igirdoshlar oilasi Qo'g'anamolar qabilasi. Qo'g'adoshlar oilasi Kuchalanamolar qabilasi - Arales Kuchaladoshlar oilasi - Araceae Bu oila vakillari ildizpoyali, tuganakli, bargi yirik o't, buta, ba'zi epifit yoki ilashib o'suvchi o'simliklardan iborat. Barglari ildiz bo'g'zidan chiqadi. Bandi tarnovsimon, yaprog'i butun yoki qirqilgan. Poyadagi barglari ba'zan bandsiz va tasmasimon. Gullari ikki yoki bir jinsli, so'tasimon to'pgulda joylashgan. So'tasi yirik, ko'pincha rangli qoplovchi barg bilan o'ralgan. Bu qoplovchi barg gultoj vazifasini bajaradi. Guli xilma-xil tuzilgan. Gulqo'rg'oni barglari 6 ta yoki reduksiyalangan. Changchisi ikki jinsli gullarda 6 la, bir jinsli gullarda 2-4 ta, tugunchasi ustki. Mevasi etli yoki quruq meva. Bu oilaga 110 turkum va 2500 tur kiradi. O'rta Osiyo va O'zbekistonda 3 turkum va 5 turi tarqalgan (103-rasm). Kuchala - Arum turkumi vakillari ko'p yillik, ildizpoyali, tuganakli o't o'simliklardan iborat. Barglari uzun, yirik. nayzasimon yoki uchburchak, ildiz bo'g'zidan chiqadi. Gullari bir jinsli. Gulqo'rg'oni bargchasiz. Changchi gullari ctli so'tasining yuqorisida, urug'chi gullari uning tagida joylashgan. Changchi va urug'chi gullari atrofida steril gullari ham bor. O'rta Osiyoda va O'zbekistonda bitta turi Korolkov kuchalasi - Arum korolkovii o'sadi. Bu ko'p yillik sharsimon tuganakli dorivor o'simlik. To'pguli so'ta. Gullari bir jinsli, gulqo'rg'onsiz. Changchisi 34 ta, tugunchasi bir uyali. Aprel-iyun oylarida gullab, may-iyulda urug'laydi. Salqin, nam tuproqli yerlarda o'sadi. Tog' mintaqasining pastki va o'rta qismida tarqalgan. Tuganagi zaharli. Qoraquloq - Eminium turkumi ko'p yillik o't o'simliklardan tashkil topgan. Barg yaprog'i nashtarsimon yoki uchburchak nashtarsimon. O'rama bargining to'pgulga qaragan ichki tomoni to'q binafsha rangli baxmalga o'xshaydi. To'pguli so'ta. O'rta Osiyoda va O'zbekistonda bu turkumning 3 turi tarqalgan (86-rasm). Regel qoraqulog'i - Eminium regelii ko'p yillik o't o'simlik. Bo'yi 20-40 sm. Tugunagi yapaloq sharsimon. Gullari bir jinsli, gulqo'rg'oni yo'q. Changchi gullari 2 changchili, urug'chi gullari bir uyali. Mevasi oq. Aprel-may oylarida gullab, urug' beradi. Adir va tog'ning pastki qismida, soz tuproqli yerlarda o'sadi (86-rasm). Poyabargdoshlar oilasi - Lemnaceae Bu oila vakillarining vegetativ tanasi bargsimon kichkina poyadan iborat bo'lib, suv yuzida qalqib yoki suvga botib turadi. U gulli o'simliklar orasida eng mayda o'simlik hisoblanadi. Bu o'simlik juda kam gullaydi, lekin yon novdalari yordamida vegetativ yo'l bilan juda tez ko'payadi. Guli ayrim jinsli. Changchi gullari bir changchili, urug'chi gullari bir urug'chili. Urug'lari 1-7 ta, juda mayda. Urug'i suvning ostida yetiladi. Undan ko'klamda yangi o'simlik o'sib chiqadi. Bu oila pisliya turkumi orqali qo'g'adoshlar bilan bog'lanadi. Bu oila ulardan reduksiyalanish yo'li bilan kelib chiqqan, degan fikrlar bor. Poyabargdoshlar oilasiga 6 turkum, 30 (43) ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
269.8 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
269.8 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: docx