Kuz faslida o'simliklar hayotida ro'y beradigan o'zgarishlar

Kuz faslida o'simliklar hayotida ro'y beradigan o'zgarishlar

O'quvchilarga / Botanika
Kuz faslida o'simliklar hayotida ro'y beradigan o'zgarishlar - rasmi

Material tavsifi

3- §. KUZ FASLIDA O'SIMLIKLAR HAYOTIDA RO'Y BERADIGAN O'ZGARISHLAR 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. Kuz ko'p o'simliklar hosili pishib yetiladigan fasl. Olimlarning hisobiga ko'ra, kuzgi kun bilan tunning tengligi sentabr oyining 23-kuniga to'g'ri keladi. Kuz kelishi bilan kun lar asta-sekin soviy boshlaydi. Kunlar qisqarib, tunlar uzaya boradi. Kuz o'simliklarning qishga tayyorlanish davri hisoblanadi. Kuz kelganini hamma o'simliklarga qarab ham bilib bo'lmaydi, chunki ba'zi gulli o'simliklar kuz oylarida ham gullayveradi. Kuzda juda ko'p yovvoyi va madaniy o'simliklarning mevasi pishib yetiladi. Lekin bular orasida ituzumga o'xshab mevasining asosiy qismi pishib, uchki qismidagi gullari ochilib turadigan yoki g'o'zaga o'xshab pastki shoxlaridagi ko'saklari yetilib, uchki shoxlaridagi gullari ochilib tur adigan o'simliklar ham ko'p uchraydi. Kuzda o'simliklarda sodir bo'ladigan muhim biologik o'zgarishlardan biri xazon rezgilikdir. Ba'zi o'simliklarda xazonrezgilik sovuq tushmasd an oldin boshlanadi. Ayrim daraxt va butalarning barglari kuz kelishi bilan, ayrimlariniki esa birinchi sovuqdan keyin to'kila boshlaydi. Masalan, jiyda, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt va aylantning barglari ancha barvaqt to'kiladi. Xalqimiz bu faslni «oltin kuz» deb ataydi. Buning boisi shundaki, birinchidan, bu davrda juda ko'p mevalar g'arq pishadi. Ikkinchidan, ko'pchilik daraxt va butalarning bargi qizg'ish, sarg'ish, qo'ng'ir rangga kirib, tabiatga ajoyib manzara baxsh etadi. Bir qator o'simliklar (nastarin, atirgul, ligustrum)ning bargi uzoq vaqtgacha yashil rangini saqlaydi. Hatto, qishda ham shamshod va ligustrum kabi o'simliklarning bargi to'kilmay turaveradi. . Kuzda ko'pgina daraxt va butalarning yashil barglari rangi to'kilish oldidan o'zgaradi. Shu munosabat bilan o'simliklarning barglari nima uchun rangini o'zgartiradi? Bunda o'simlik hujayralarida qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi, degan savol tug'iladi. Kuz kelishi bilan kunlar qisqarib, quyoshdan уerga keladigan yorug'lik va harorat kamayadi. Yorug'lik va harorat уetishmasligi tufayli hujayralarda jiddiy fi ziologik jarayonlar sodir bo'ladi. Natijada barglarga yashil rang beruvchi xloroplastlar уemirilib, xromoplastlarga aylanadi, hujayralarda esa rang beruvchi moddalar to'planib, yashil barglar asta-sekin sarg'ish, sarg'ish-qizg'ish, qo'ng'ir-qizg'ish ranglarga kiradi. Kuzda barg to'kilishi bilan bir qatorda yozda to'kilgan urug'lari namga tegib unib chiqadigan va to'pbarg hosil qiladigan o'simliklar ham kam emas. Kuzgi bug'doy, gulxayri, qoqio't, jag'-jag', qurttana kabi o'simliklarning bargi qor tagida qishlab, bahorda yana o'sishda davom etaveradi. Shunday qilib, kuz kelishi bilan o'simliklarning mevasi (urug'i) pishadi va barglari to'kilib, qishki tinim davriga kiradi. Barg to'kilishining ahamiyati ko'pchilikni qiziqtirsa kerak. Bu savolga o'simlik uchun ham, kundalik turmushda ham barg to'kilishining ahamiyati katta, deb javob berish mumkin. Birinchidan, to'kiladigan barglar orqali bir yil davomida o'simliklarda to'planib yotgan keraksiz moddalar chiqarib tashlanadi, ikkinchidan, ayniqsa qishda, barglar orqali suvning bug'lanishi to'xtaydi. O'simlik tinim davriga o'tadi. Xazonrezgilik paytida to'kiladigan barglardan to'g'ri foydalanishni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 13.96 MB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 13.96 MB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga