Kuzgi don ekinlarining biologiyasi va qishda nobud bo'lish sabablari

Kuzgi don ekinlarining biologiyasi va qishda nobud bo'lish sabablari

O'quvchilarga / Botanika
Kuzgi don ekinlarining biologiyasi va qishda nobud bo'lish sabablari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Kuzgi don ekinlarining ahamiyati 2. Kuzgi don ekinlarining biologik xususiyati 3. Kuzgi don ekinlarining qishda nobud bo'lish sabablari va ularga qarshi ko'rash choralari 1. Don ekinlari ikkita biologik guruhlarga bo'linadi kuzgi va bahorgi shakllarga. O'zbekiston sharoitida ikki xil muddatda-kuzda va bahorda ekiladigan yarim kuzgi yoki duvarak navlar xam ekiladi. Kuzgi don ekinlar (kuzgi bugdoy, kuzgi arpa, kuzgi javdar) kuzda ekiladi va keyingi yilning yozida hosil yetiladi. bahorgi donli o'simliklar (bugdoy, arpa, suli, javdar.makkajo'xori, jo'xori, sholi, tariq, marjumak ) bahorda ekiladi va shu yilning yozida yoki kuzida hosil yetiladi. Ishlab chiqarishda kuzgi biologik guruhdan foydalanishning afzalligi bor. Kuzgi don ekinlari kuzgi va erta bahorgi yogingarchilik suvlaridan va tuproqning unumdorligidan tula foydalanadi, sugorilgan yerlarda hosil yuqori bo'ladi (25-30%). Kuzgi don o'simliklarning hosili bahorgiga nisbatan oldin pishadi (7-15kun) va hosil yigish ishlarini tashkil qilishda ancha kulaylik yaratadi. 2.Kuzgi va bahorgi navlar biologik xususiyati bilan farq qiladi. Kuzgi don ekinlari yarovizatsiya davrini -1-10°S da 20-50 kun mobaynida o'tkazadi. Bu ekinlar bahorda , ekilsa meva hosil kilmaydi, bahorda ekinlar yarovizatsiya davrini 5-20°S 7-20 kunda o'tkazadi, shuning uchun bu ekinlar bahorda ekiladi. Duvarak navlari yarovizatsiya davrini 3-15°S o'tkazadi, bu navlar kuzda va bahorda ekiladi Kuz va qish davrida hamda erta bahorda kuzgi ekinlar sovuk ta'siriga duchor bo'ladi va nobud bo'lishi mumkin. Kuzgi ekinlar umuman qishga va sovukga chidamli bo'ladi. Kuzgi ekinlar kuzda chiniktiriladi. Kuzgi ekinlar ikki fazada chinikadi. O'simliklarning birinchi fazasi temperatura kunduz kunlari 8-15S, kechalari 0° Sga yaqin bo'ladigan quyosh yaxshi yoritadigan sharoitda utadi. O'simliklar bu fazada tuplanish bugumi va barglar navida juda ko'p uglevodlar tuplaydi, chunki kechasi salqin bo'lganda ular o'sish va nafas olishga kamrok sarflanadi. Chiniqishning ikqinchi fazasi o'simliklarda yorug'likda xam, koronguda xam past (0° S dan - 5° Sgacha) temperaturada boradi. Kuzgi javdar chiniqishning ikqinchi fazasini tez kuzgi bugdoy seqinrok, kuzgi arpa juda seqin o'sadi. Yaxshi chinikkan kuzgi bugdoy tuplanish bugimi chuqurligida 18-20°, kuzgi javdar 23°S sovukka chidaydi. Agar yaxshi chinikmasa -15-17° S da xam qattiq kiynaladi. Fosforli va kaliyli o'g'itlarni me'yorida solib eqish muddatlari to'gri belgilansa xam kuzgi don ekinlari yaxshi chinikadi. Kuzgi don ekinlarini qishda yaxshi qishlab chiqishi uchun barqaror qattiq sovuklar tushishidan 50-60 kun oldin eqish maqsadga muvofik. 3. Kuzgi ekinlar kuz-qish va erta bahor davrida sovukga chidayolmay nobud bo'lishi mumkin. Buning sabablari bir nechta. Kuzgi ekinlarni sovuk uradi, buning natijasida o'simlik hujayrasida va to'qimalarida muz hosil bo'ladi, oqibatda o'simlik nobud bo'ladi. Buni oldini olish uchun kuzgi biologik navlar eqish, fosforli va kaliyli o'g'itlardan foydalanish, kor to'sish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.12 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.12 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga