Lolakabilar kichik ajdodi Reja: Lolanamolar qabilasi Gulsafsarnamolar qabilasi. Gulsafsardoshlar oilasi Chuchmomanamolar qabilasi. Chumomadoshlar oilasi Solabnamolar qabilasi. Solabdoshlar oilasi Nargiznamolar qabilasi. Piyozdoshlar oilasi Nargizdoshlar oilasi Sarsabilnamolar qabilasi. Sirachdoshlar oilasi Lolanamolar qabilasi - Liliales Oilaga piyozli o'l o'simliklar kiradi. Ularning barglari uzunroq, nashtarsimon, ba'zan ellipssimon. Gullari yirik yoki mayda, yakka yoki bir nechta, ikki jinsli, aktinomorf, changchisi 6 ta, 3 tadan ikkita doirada o'rnashgan. Uing'chi bitta, uchta mevabargli. Gul formulasi: P3+3A3+3G(3) Mevasi ko'sakcha. Bu oilaga 10 turkum va 470 taga yaqin tur kiradi. Ular Shimoliy yarimshaming mo'tadil va subtropik hududlarida, ayniqsa, G'arbiy Osiyo, Himolay va Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan. O'rta Osiyoda 5 turkumi va 120 turi, O'zbekistonda esa 4 turkumi (Gagea, Fritillaria, Tulipa, Rhinopetalum) va 52 turi tarqalgan. Boychechak - Gagea turkumiga kichkina, bo'yi 10-25 sm li o't o'simliklar kiradi. Piyozi mayda. Barglari ingichka. qalami. Gullari sariq va ochsariq. Boychcchaklar tog', adir va cho'Ida mayin tuproqlarda, bo'z yerlarda o'sadi. O'zbekistonda 25 ta turi, O'rta Osiyoda 47 ta turi uchraydi. Tuxumsimon boychechak - Gagea ova ko'p yillik o't. Bo'yi 15-25 sm. Gulqo'rg'on bargchalari deyarli oq yoki oq-sariq. Ildiz bo'g'zidagi bargi ipsimon yoki silindrsimon, poyadagilari ketma-ket joylashgan. Piyozi qora yoki qo'ng'ir, tuxumsimon. Aprel-may oylarida gullab urug'laydi. Adir va tog'larda tarqalgan. Lola - Tulipa turkumi vakillarining piyozi asosan qo'ng'ir. Poyasi bargli. Gullari ko'pincha yakka-yakka joylashgan, gulqo'rg'oni oddiy, gultojsimon, oq rangli. Gulqo'rg'on bo'laklari 6 ta, tutashmagan, 3 tadan 2 ta doirada o'rnashgan. Changchisi 6 ta, urug'chisi 1 ta. Mevasi uch qirrali ko'sakcha. O'rta Osiyoda 64 turi, O'zbekistonda 21 turi o'sadi. Qizil lola, Greyg lolasi - Tulipa greigii ko'p yillik piyozli o't, bo'yi 20-40 sm. Barglarining ustida gunafsha rangli dog'lari bor. Gulqo'rg'on bo'laklari qizil, osti sariq, qora dog'li. Aprel-may oylarida gullab, meva beradi. Respublikaning adir va tog'larida tarqalgan. G'oyat chiroyli o'simlik. O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobi ga kiritilgan. Bu turni boshqalari bilan chatishtirib, juda ajoyib navlar yetishtirilgan. Gulsafsarnamolar qabilasi - Iridales Gulsafsardoshlar oilasi - Iridaceae Bu oila vakillari ko'p yillik ildizpoyali, piyozboshli yoki tuganaksimon ildizli o'simliklar. Barglari qilichsimon, ba'zan yoysimon. Gulqo'rg'oni oddiy, bargchalari 6 ta, gultojsimon, ikki doirali, ichki doirasi sirtidagidan farq qiladi. Changchisi 3 ta, ichki doiradagi 3 tasi rcduksiyalangan. Tugunchasi ostki, uch yoki bir uyali. Gul formulasi: P3+3A3+0G(3). Mevasi ko'p urug'li ko'sakcha. Bu oilaga 75-80 ta turkum va 1800 tacha tur kiradi. Ular tropik, subtropik va mo'tadil iqlimli viloyatlarda, ayniqsa ko'proq Janubiy Afrikada, O'rtayer dengizi, G'arbiy va Sharqiy Osiyoda, Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgan. O'rta Osiyoda 6 ta turkum, 57 ta tur, O'zbekistonda 6 ta turkum ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
349.11 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
349.11 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: docx