Madaniy o'simliklarning vegetativ ko'payishi

Madaniy o'simliklarning vegetativ ko'payishi

O'quvchilarga / Botanika
Madaniy o'simliklarning vegetativ ko'payishi - rasmi

Material tavsifi

30-§. MADANIY O'SIMLIKLARNING VEGETATIV KO'PAYISHI 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. O'simliklarni vegetativ yo'l bilan ko'paytirishni odamlar juda qadim zamonlarda bilgan va hozirgacha undan foydalanib keladi. Dehqonlar va bog'b onlar bunday ko'paytirish usuliga katta e'tibor beradilar. Juda ko'p madaniy o'simliklar tugunagi, novdasi va barglaridan ko'paytiriladi. Masalan, anjir, anor, tok, terak, qoraqat, malina, jiyda, atirgul hamda issiqxonalarda o'stiriladigan gullarning aksariyat qismi qalamchasidan ko'pay tiriladi. Tok qalamchalari kuzda tok kesish vaqtida tayy orlanadi. Ular 45-50 sm uzunlikda bo'ladi. Tayyor qalamchalarni bog'-bog' qilib nam chuqurga ko'mib qo'yil adi. Bahor kelishi bilan ularni olib dalalarga ekiladi (62-rasm). Vegetativ yo'l bilan ko'payadigan boshqa o'simliklar ham shu usulda ko'paytiriladi. Oddiy sharoitda vegetativ yo'l bilan ko'paymay digan o'simliklar ham keyingi yillarda maxsus issiqxonalarda qalamchasidan o'stirilmoqda. Buning uchun qalamchalarning pastki uchini ma'lum vaqtgacha maxsus biologik faol kimyoviy eritmaga botirib qo'yib, keyin issiqxonalardagi qumli nam tup roqqa ekiladi. Payvandlash deganda, bir o'simlikning ma'lum qismini ikkinchi o'simlikka turli usullar bilan o'rnatish tushuniladi. Payvandlashning juda ko'p usullari bor (kurtak, iskana va naycha). Iskana payvand, asosan, erta bahorda, daraxtlarda shira harakati yurishidan oldin (fevral oyining oxiridan aprel oyigacha) qilinadi. Payvand uchun maqsadga muvofi navdan (payvand ustdan) yillik novdalar shira harakati boshlanmasdan oldin kesib olinib, maxsus salqin joylarda saqlanadi. Payvand qilish muddati kelishi bilan qalamchalar kattaroq yoshdagi daraxtlarning shoxlariga yoki tanasiga (yoshroq tuplarga) o'rnatiladi. Payvand uchun olingan novdalarda 2-3 tadan kurtak qoldirilib kesiladi va pastki qismi ponaga o'xshatib kesiladi. Payvandtag tekis arralanib, pona orqali 2 yoki 4 ga ajratiladi. Tayyor qalamchalar payvandtagdagi yoriqlarga po'stlog'i po'stlog'iga tegadigan qilib mahkam o'rnatiladi. Shundan so'ng ponalar olib tashlanadi va qalamcha o'rnatilgan joyga maxsus mumsimon modda suriladi yoki mustahkam chiptalar bilan boylab qo'yiladi Payvandlardan eng ko'p tarqalgani kurtak payvanddir. Payv andlash uchun kesib olinadigan kurtakli qalamcha payvandust deyiladi. Payvand qilish uchun o'stirilgan urug'ko'chat pay vandtag deyiladi. Payvandlash uchun kurtaklari tinim davrida bo'lgan bir yillik, quyoshda toblangan novdalar kesib olinadi. Payvandlash uchun dastlab payvandtag po'stlog'i o'tkir pichoq bi lan «T» harfi shaklida kesiladi. Kesilgan joy po'stlog'i asta-sek in keriladi. Ulanadigan kurtak biroz po'st loq va yog'ochligi bilan birga kesib olinadi va payvandtagdagi ochil gan po'stloq orasiga joylanadi, so'ngra rasmda ko'rsatilgan idek, yuqoridan pastga qarab chipta bilan o'rab bog'lanadi. Payvand qilingan kurtaklarning tutgan-tutmaganligi 6-10 kunda bilinadi. Ko'rtagidan payvandlash, asosan, avgust oyida o'tkaziladi. Vegetativ yo'l bilan ko'payadigan o'simliklardan yana biri qulupnaydir. U, asosan, poyasidan ko'payadi. Bitta asosiy tupdagi poyalarning sudralib o'sishi hisobiga bir necha tup qulupnay hosil bo'ladi. Asosiy tupdan o'sib chiqqan sudraluvchi yosh poyasi jingalak deyiladi. Yozda qulay sharoitda jingalakdagi kurtaklardan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.09 MB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.09 MB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga