Magnoliyagullilar qabilasi - Magnoliales Reja: Magnoliyadoshlar oilasi vakillarining tuzilishi va ahamiyati. Lavrdoshlar va qalampirdoshlar oilalari vakillarining tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlar. Nilufarguldoshlar oilasi vakillarining tuzilishi va ahamiyati. Tayanch ibora va atamalar: androtsey, ginetsey, apekal, entomofil, apokarp, siklik, spiral. Qabilaga mansub o'simliklar - doimiy yashil yoki bargini to'kadigan daraxt, buta va ayrim hollarda liana o'simliklardir. Ularning guli oddiy, gultojisimon gulqo'rg'onidan yoki gul qo'rg'oni, gultoj va gul kosacha barglariga differensiallashgan, aksariyat qismi to'g'ri (aktinomorf) gulli, spiral, gemisiklik yoki siklik tuzilishli, changchisi ko'p sonli. Meva barglari ko'p sonli yoki bitta. Ginetseyi apekal. Guli ikki jinsli, entomofil - hasharotlar yordamida changlanadi. Barglari oddiy. Yon barglari bir-biri bilan tutash. Poya va barg parenximasi maxsus efir moylari bilan to'la, hujayralarida ideoblastlar mavjud. Daraxtsimon magnoliya gullilar janubiy hududlarda madaniylashtirilgan o'simliklar sifatida uchraydi. Ularning ayrimlari manzarali o'simliklar sifatida o'stiriladi. Qabila tarkibida uch oila mavjud bo'lib, biz quyida faqat magnoliyadoshlar oilasi haqida fikr yuritamiz. Magnoliyadoshlar oilasi - Magnoliaceae Oilaning 12 turkumga mansub 230 ga yaqin turi, asosan Janubi-sharqiy va Shimoliy Amerikaning tropik va subtropik o'lkalarida tarqalgan. Ularning aksariyat qismi daraxt va buta o'simlik. Barglari oddiy, poyasining po'st qismida efir moy bilan to'lib turuvchi hujayralar mavjud. Gullari oddiy, yakka-yakka holda joylashgan, ikki jinsli, gul qismlari spiral joylashgan, hasharotlar yordamida changlanadi. Gul formulasi Ca3 Co3+3 A∞ G∞. Toj barglari oq, sariq, binafsha rangli changchisi ko'p sonli, uning ustunchasi kengaygan, tugunchasi deyarli erkin holda joylashgan. Mevasi ko'zachaga o'xshash, meva barglar tizimidan shakllangan. Urug'i qanotli. Oila vakillari manzarali o'simliklar hisoblanadi. Oilaning tipik vakili sifatida yirik gulli magnoliyani (Magnolia grandiflora) ko'rsatish mumkin. (15-rasm). Barglari butun, qattiq, gullari oq rangli, o'ziga xos limon hidini (tarkibida efir moyi bo'lganligi sababli) tarqatadi. Magnoliya Kavkazda, Qrimda manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi. Oilaning yana bir turi Lola daraxti (Liliodendron tulipifera). Bu daraxtning balandligi 60 metrga qadar, barglari to'rt qirrali, guli lola guliga o'xshash, to'q sariq (zarg'aldok) rangli. Mamlakatimizda bu o'simlik ham Janubiy hududlarda manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi. Yovvoyi holda lola daraxti Janubiy Amerikada tarqalgan. Lavrgullilar qabilasi - Laurales. Magnoliyagullilarga yaqin eng katta qabilalardan biri, uning 11 oilaga mansub 2700 ga yaqin turi ma'lum. Aksariyat vakillari daraxt yoki buta shaklidagi o'simlik. Ayrim hollarda liana va bargsiz parazit o'tsimon turlari ham uchraydi. Barglari navbatlashib (suprotiv), qarama-qarshi yoki, ayrim hollarda halqa shaklida joylashgan. Gul qo'rg'oni siklik yoki spiral shaklda, gul kosa va gultoj barglari differensiallashmagan, deyarli erkin. Changchilari cheksiz, urug'chisi apokarp, urug'i endospermli. Lavrdoshlar oilasi - Lauraceae Oilaning 200 dan ortiq turi Janubiy Amerika, Janubiy-sharqiy Osiyo va Avstraliyaning tropik va subtropik o'rmonlarida tarqalgan. Lekin ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
513.21 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
513.21 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: doc