Magnoliyasimonlar ajdodi - magnoliopsida, dicotyledones. Magnoliyakabilar kichik ajdodi - magnoliidae Reja: Magnoliyanamolar qabilasi - Magnoliales Magnoliyadoshlar oilasi - Magnoliaceae Lavrnamolar qabilasi - Laurales Lavrdoshlar oilasi - Lauraceae Nilufarnamolar qabilasi - Nymphacales Nilufardoshlar oilasi - Nymphaeaceae Bu ajdodning muhim va o'ziga xos xususiyati mo'rtagining ikki urug'pallali bo'lishidir. Ammo kamdan - kam hollarda urug'pallalar 1 ta yoki 3 - 4 ta bo'lishi ham mumkin. Barglari bandli, ba'zan o'troq; asosan patsimon, to'rsimon, panjasimon, ba'zi hollardagina parallel yoki yoysimon (chinnigul, zubturum) tomirlangan. Poyada kambiy halqasi mavjud. Shu sababdan ikkilamchi yo'g'onlashishga ega. Po'stlog'i va o'zagi aniq shakllangan. Mo'rtak ildizidan bosh ildiz hosil bo'ladi va u o'q ildiz sifatida o'simlik umrining oxirigacha saqlanadi. Vakillari o't va qisman daraxtlar. Gullari aksariyat 5 qismda 4 a'zoli (jag'-jag', qurttana, zubturum) bo'lib, ba'zi turlaridagina 3 a'zoli (magnoliya, lavr, otquloq, rovoch va boshqalar), changlari asosan 3 egatchali, ba'zan bir egatchali (sodda oilalar vakillarida). Keyingi klassifikatsiyalarga binoan (A. Taxtadjyan, 1987) Magnoliyasimonlar ajdodi 8 kichik ajdod, 429 oila, 100 ga yaqin turkum va 1900 dan ko'proq turlarni birlashtiradi. Shu jumladan, Markaziy Osiyoda 125 oilaga mansub 8130 tur, O'zbekistonda esa 138 oila, 1023 turkumga birlashgan 4500 ga yaqin turlar bor. MAGNOLIYAKABILAR KICHIK AJDODI - MAGNOLIIDAE Vakillarining ko'pchiligi daraxt o'simliklar, parenxima to'qimalarida efir moylari ajratuvchi hujayralari borligi bilan xarakterlanadi. Ayrimlarining yog'ochlik qismida o'tkazuvchi naylari yo'q. Gullari ikki jinsli, ayrim turlarida bir jinsli. Gul qismlari gulo'rniga asosan spiral, ba'zan yarim spiral yoki doira hosil qilib o'rnashgan, changlari 1-2 (5-6) egatchali. Ginetsey (urug'chi) asosan apokarp, ayrimlarida sinkarp yoki parakarp. Urug'laridagi mo'rtagi juda mayda, endosperm yaxshi rivojlangan. Magnoliyakabilar gulli o'simliklarning ancha qadimiy guruhlarini o'z ichiga oladi, ammo ko'pchilik turlarida ham qadimiylik va ikkilamchi murakkablashuv belgilarini ko'rish mumkin. Hozirgi magnoliyakabilar qachonlardir juda rivojlangan qadimgi sodda gulli o'simliklarning fragmentlari hisoblanadi. Shu sababdan ular orasida tirik qazilma sanaluvchi turlar ancha. Magnoliyakabilar kichik ajdodi 18 qabilani o'z ichiga oladi. Quyida shulardan Magnoliyanamolar (Magnoliales), Vinteranamolar (Vinterales), Lavrnamolar (Laurales) va Nilufarnamolar (Nymphaeales) kabi 4 qabila haqida ma'lumotlar keltiriladi. Magnoliyanamolar qabilasi - Magnoliales Daraxt yoki butalardan iborat, barglari navbat bilan joylashgan, butun, yon bargchali va ular odatda qo'shilib o'sgan, ba'zan yon bargchasiz, patsimon tomirlangan. Yog'ochligida traxeidlardan tashqari narvonsimon yoki oddiy perforatsiyali naylar ham mavjud (ba'zi magnoliyalarda). Gullari bittadan yoki to'pgulda o'rnashgan, yirik, antomofil, ikki jinsli. Changchilari ko'p, yassi tasmasimon ipchali. Urug'chi (ginetsey) odatda ko'p, apokarp-mevachibarglari (karpellalari) ning asosi qisman tutash. Mevalari turlicha, ammo asosan to'p bargak. Urug'larida endosperm asosiy qismni egallagan, mo'rtagi esa juda mayda. Magnoliyanamolar (Magnoliales) qabilasining ajdodlari gullarida strobila tuzilishining belgilari saqlangan. Gul ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
356.37 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
356.37 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: docx