Reja: 1. Bo'lim. magnoliyatoifa yoki gulli o'simliklar. 2. Gulli o'simliklarnmng kelib chiqishi. 3. Gulli o'simliklar klassifikasiyasi. Gulli o'simliklar bo'limi turlarga eng boy bo'limlardan biridir. O'simliklar dunyosida gulli o'simliklar muhim o'rin egallaydi. Hozirgi vaqtda gulli o'simliklar 533 oila, 1300 turkum va 2500 ga yaqin to'rni o'z ichiga oladi. Demak barcha tuban va sporali yuksak o'simliklarni birga ko'shib hisoblaganda ham, gulli o'simliklar ustunlik qiladi. Gulli o'simliklar Yer sharining deyarli barcha zonalarida uchraydi va o'simliklar koplamida muhim rol o'ynaydi. Gulli (yopiq urug'li) o'simliklar boshqa o'simliklarga nisbatan tashqi sharoitga yaxshirok moslashgan, chunki ularda reproduktiv va vegetativ organlar takomillashgan bo'lib, urug' kurtaklari mevachi barglar bilan koplangan. yopiq urug'li o'simliklar urug'i tashqi tomonidan meva bilan uralib turganligi uchun noko'lay sharoitdan (ko'rib qolishdan, harorat ta'siridan va hayvonlardan) himoya kilinadi. Eng qadimgi gulli o'simliklar xasharotlar va shamol vositasi bilan changlangan. Gulli o'simliklar hayotida tuguncha ham katta rol o'ynaydi. Tuguncha bu mevachi barglarning ko'shilib o'sishi natijasida vujudga kelib, undan meva xosi bo'ladi. Gulli o'simliklar o'ziga kerakli ozukani vegetativ organlardan kabul qiladi. yopiq urug'li o'simliklarda gametofit juda qisqarib ketgan, anteridiylar yo'kolib ketib, spermalar vujudga kelgan. yopiq urug'li o'simliklar uchun xos yana bir muhim belgi shundan iboratki, ularda ko'sh urug'lanish mavjud. ko'sh urug'lanish natijasida deyarli bir vaqtda yani mo'rtak (embrionO bilan endosperm vujudga keladi. GULLI O'SIMLIKLARNING CHIQIB KELISHI Gulli o'simliklarning kelib chiqishi haqida hozirgacha yagona bir fikr yuk. Shu bone, gulli o'simliklar kachon va kayerda paydo bo'lgan va eng kadimiy gulli o'simliklarning dastlabki vakillari kaysi o'simliklar degan savollar paydo bo'ladi. Ilmiy manbalarda ta'kidlanishicha gulli o'simliklar bur davrida paydo bo'lgan deb karalmokda. Bu fikrni tasdiklovchi bir kator dalillar mavjud. Demak gulli o'simliklar taxminan bundan 120 mln. yil oldin paydo bo'lgan. Ayrim olimlar gulli o'simliklar mezozoy erasining trias davrida xattoki, poleozoy erasining perm davrida paydo bo'lgan deb hisoblaydilar. Gulli o'simliklarning kelib chiqishida ikki xil fikr mavjud. Monofilitik yo'l bilan gulli o'simliklar bitta qadimgi ajdoddan kelib chikkan deyiladi. (Akad.A.L.Taxtadjyan). Polifilitik yo'l bilan esa gulli o'simliklar bitta o'simlikdan emas balki, bir nechta kadimiy turlardan kelib chikkan. Ingliz botanigi R.Melvilla fikrcha gulli o'simliklar devon davrida riniofitlardan kelib chikkan. Bu jarayon urug'li paporoniklargacha davom etib, permning oxiri va triasning boshlarigacha davom etgan. Unga Gondvan hududidagi Afrika, Antarktida, Janubiy Amerika va Avstraliya materiklari kirgan. Mashxur rus botanigi akademik A.L.Taxtadjyan dastlab gulli o'simliklar Janubiy sharqiy Osiyoda paydo blgan deb karaydi, chunki eng kadimiy oddiy to'zilishga ega bo'lgan gulli o'simliklar shu rigionda uchraydi. Amerikalik olim D.J.Stebbins fikricha dastlabki gulli o'simliklar tez o'sadigan kuruklik hududlarda o'sishga mosashgan ikki urug' pallalilarni o'z ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.9 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.9 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: doc