Magnoliyatoifa (Magnoliophyta) o'simliklar bo'limi

Magnoliyatoifa (Magnoliophyta) o'simliklar bo'limi

O'quvchilarga / Botanika
Magnoliyatoifa (Magnoliophyta) o'simliklar bo'limi - rasmi

Material tavsifi

MIRZO ULUG'BYeK NOMIDAGI O'zbekiston MILLIY UNIVYeRSITYeTI Biologiya fakulteti Fan. Botanika (Yuksak o'simliklar sistematikasi) Mavzu: Magnoliyatoifa (Magnoliophyta) o'simliklar bo'limi Reja: Magnoliyatoifa o'simliklar bo'limi Ikki urug'pallali va bir urug'pallali o'simliklar sinfi. Ularning vakillari, ularning ko'payishi, tarqalishi, ahamiyati Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oila vakillari Nilufardoshlar oila vakillarining xarakterli belgilari, tarqalishi va ahamiyati Blits so'rov: 1.Qarag'aytoifa o'simliklarning vakillari 2. Qarag'aysimonlar qirqquloqlardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? Bo'lim. Magnoliyatoifa (Magnoliophyta) o'simliklar Magnoliyatoifa o'simliklar (Yopiq urug'lilar) - hozir yer yuzidagi barcha o'simliklar orasida ustunlik qilayotgan eng katta bo'limdir. Ular, bir qancha aniq belgilari bilan o'simliklar olamining boshqa vakillaridan keskin farq qiladi. 1. Yopiq urug'lilarning urug'i meva ichida bo'ladi, shuning uchun ham, bu o'simliklar yopiq urug'lilar deb ataladi. 2. Bularning changchi va urug'chidan tashkil topgan guli bor. Gullari juda xilma-xil shaklli bo'lib, bir-biridan farq qiladi. Bo'lim.Magnoliyatoifa (Magnoliophyta) o'simliklar 3. Changlanishi, urug' va mevalarining tarqalishi ham turli usullar: shamol, xasharotlar, qushlar, suv orqali amalga oshadi. 4. Bularda qo'sh urug'lanish sodir bo'ladi va natijada faqat mo'rtak emas, balki endosperm ham vujudga keladi. 5. Yopiq urug'lilarning urug'ko'rtagi uruqqa, tugunchasi esa mevaga aylanadi, urug'i mevachibarglar ichida etiladi. Bo'lim. Magnoliyatoifa (Magnoliophyta) o'simliklar Yopiq urug'li o'simliklar nihoyatda xilma-xil yashash sharoitiga oson moslashadi. Ular, baland tog' cho'qqilarining sovuq qoyalaridan tortib, jazirama hamda quruq sho'rhok va qumli cho'llarda ham o'sadi. Yopiq urug'li o'simliklarning daraxt va o'tsimon shakllaridan tashqari, ayniqsa tropik hamda subtropik mamlakatlarda turli lianalarni - chirmashuvchi, o'rmalovchi xillarini uchratish mumkin. Nam tropik o'rmonlarda ko'pchilik yopiq urug'lilar, ayniqsa arexideyadoshlar, an'anasdoshlar turli daraxtlarda yashashga moslashib, epifit bo'lib qolgan. Epifitlar - boshqa o'simliklarda parazitlik qilmay, ularning tanasida yashaydi, xolos. Bo'lim.Magnoliyatoifa (Magnoliophyta) o'simliklar Yopiq urug'lilar orasida, boshqa o'simliklardan oziq moddalarni so'rib oladigan va shular hisobiga yashaydiganlari ham bor. Dastlabki, yopiq urug'lilar (180 mln.) yura davrining boshlarida yoki trias davrining ohirida paydo bo'lgan bo'lishi mumkin, degan farazlar bor. Lekin, bo'r davrining o'rtalariga kelib, yer shari o'simliklarining tarkibida keskin o'zgaishlar ro'y berdi, yani yopiq urug'lilar paydo bo'lib, yer yuzida tez tarqala boshlagan. Bu esa, ko'pgina olimlarni hayratda qoldirdi. Paleobotanik A.N.Krishtofovich yopiq urug'lilar kutilmaganda, to'satdan paydo bo'lgan va butun yer yuziga quyundek tarqalgan degan edi. Bo'lim.Magnoliyatoifa (Magnoliophyta) o'simliklar M.I.Golenkin fikricha, bo'r davrining o'rtalarida iqlim, namlik, quyosh nuri kuchsiz bo'lgan, bu esa o'z navbatida namni sevadigan qirqquloqlar va ochiq urug'lilarning rivojlanishi uchun sharoit yaratgan. Bo'r davrida iqlim sharoitining keskin o'zgarishi tufayli, bu flora qirilib, ularning o'rnini quruqlikka, yorug'likka (nurga) moslashgan gulli o'simliklar egallay boshlagan. A.L.Taxtadjyan esa, bu o'zgarishlarni paleobotanik sharoitining qisqa muddatda o'zgarishlari bilan bog'lansa, mantiqqa ancha yaqinroq bo'ladi, deb hisoblaydi. Bo'lim.Magnoliyatoifa (Magnoliophyta) o'simliklar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.69 MB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.69 MB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga