Magnoliyatoifalar bo'limi

Magnoliyatoifalar bo'limi

O'quvchilarga / Botanika
Magnoliyatoifalar bo'limi - rasmi

Material tavsifi

Magnoliyatoifalar bo'limi Reja: Gulli o'simliklarning kelib chiqishi Gulli o'simliklarning asosiy evolyusion yo'nalishlari Magnoliyatoifalarning klassifikatsiyasi MAGNOLIYATOIFA (YOPIQ URUG'LI) O'SIMLIKLAR BO'LIMI - MAGNOLIOPHYTA (ANGYOSPERMAE) Ba'zi ilmiy adabiyot va darsliklarda bu bo'lim urug'chili yoki ginetseyli o'simliklar deb ham yuritiladi. Magnoliyatoifalar deb atalishi esa so'nggi yillarda (A.L. Taxtadjan, 1966, 1980, 1987, 1997) qabul qilingan, gulli o'simliklarning kelib chiqishi va klassifikatsiyasi sohasidagi yangi ilmiy dalillarga asoslangan. Magnoliyatoifalar urug'li o'simliklarning ikkinchi bo'limi bo'lib, tanasining murakkab tuzilganligi, jinsiy ko'payishining o'ziga xosligi (gulning bo'lishi), turlar sonining va turlicha muhit sharoitiga moslanuvchanlik imkoniyatlari juda katta bo'lganligi tufayli Yer sharida keng tarqalganligi bilan yuksak sporalilar va ochiq urug'li o'simliklardan keskin farq qiladi. Ular barcha yuksak o'simliklar orasida filogenetik jihatdan eng yoshi hisoblanib, barq urib rivojlanishi mezozoy erasi bo'r davrining ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. XX asrning boshida gulli o'simliklarning turlar soni 160 mingtagacha deb hisoblangan, asr o'rtalarida 200 mingdan ko'proq va hozirgi kunda esa 533 oila, 1300 turkumga mansub 2500 atrofida turlar mavjudligi aniqlangan. Gulli o'simliklarning kelib chiqishi Gulli o'simliklarning kelib chiqishi haqida hozirgacha yagona bir fikr yo'q. Shu bois, gulli o'simliklar qachon va qaerda paydo bo'lgan va eng qadimiy gulli o'simliklarning dastlabki vakillari qaysi o'simliklar degan savollar paydo bo'ladi. Ilmiy manbalarda ta'kidlanishicha, gulli o'simliklar bo'r davrida paydo bo'lgan. Bu fikrni tasdiqlovchi bir qator dalillar mavjud. Demak, gulli o'simliklar taxminan bundan 120 mln. yil oldin paydo bo'lgan. Ayrim olimlar gulli o'simliklar Mezozoy erasining trias davrida hattoki, Paleozoy erasining Perm davrida paydo bo'lgan deb hisoblaydilar. Gulli o'simliklarning kelib chiqishida ikki xil fikr mavjud. Monofilitik yo'l bilan gulli o'simliklar bitga qadimgi ajdoddan kelib chiqqan deyiladi. (A.L. Taxtadjyan). Polifilitik yo'l bilan esa gulli o'simliklar bitta o'simlikdan emas balki, bir nechta qadimiy ajdodlardan kelib chiqqan. Ingliz botanigi R. Melvilla fikricha, gulli o'simliklar devon davrida riniofitlardan kelib chikkan. Bu jarayon urug'li qirqquloqlargacha Permning oxiri va Triasning boshlarigacha davom etgan. Unga Gondvan hududidagi Afrika, Antarktida, Janubiy Amerika va Avstraliya materiklari kirgan. Mashhur rus botanigi A.L. Taxtadjyan dastlabki gulli o'simliklar Janubi-Sharqiy Osiyoda paydo bo'lgan deb qaraydi, chunki eng qadimiy oddiy tuzilishga ega bo'lgan gulli o'simliklar shu mintaqada uchraydi. Amerikalik olim Dj. Stebbins fikricha, dastlabki gulli o'simliklar quruq hududlarda tez o'sishga moslashgan ikki urug'pallalilarni o'z ichiga olgan, bir urug'pallalilar esa suv havzalarida va soy bo'ylarida o'sgan. Gulli o'simliklar ko'pchilik olimlarning fikriga qaraganda eng sodda tuzilishga ega bo'lgan butasimon ochiq urug'li o'simliklardan kelib chiqqan. Gulli o'simliklarning qoldiqlari bo'r davri yotqiziqlaridan topilgan. Lekin Paleozoy va Mezozoy erasida o'sgan ochiq urug'lilarning ayrim belgilari gulli o'simliklarnikiga o'xshash bo'lgan. Buni o'sha davrga xos bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 414.26 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 414.26 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga