Magnoliyatoifalar, yopiq urug'lilar yoki gulli o'simliklar bo'limi - magnoliophyta, angiosper - matophyta, anthophyta

Magnoliyatoifalar, yopiq urug'lilar yoki gulli o'simliklar bo'limi - magnoliophyta, angiosper - matophyta, anthophyta

O'quvchilarga / Botanika
Magnoliyatoifalar, yopiq urug'lilar yoki gulli o'simliklar bo'limi - magnoliophyta, angiosper - matophyta, anthophyta - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Magnoliyatoifalar bo'limining xilma-xilliligini sabablari va ularning geografik-ekologik tarqalishi. 2. Bo'limning muhim belgilari. 3. Filogeniyasi. 1. Magnoliyatoifali o'simliklar o'zlarining tuzilishi va tarqalishi bo'yicha nafaqat o'simiklar dunyosida, balki butun organik olamdagi eng katta guruh hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ularning 250 mingdan ortiq turi ma'lum bo'lib, 533 ta oila va 13 ming turkumni tashkil etadi. Bular shakli va xajmi bo'yicha ham eng yirik organizmlar hisoblanib, ular orasida 1sm. dan (suvda o'suvchi Lemna) 150 metr balandlikdagi (Avstraliyada o'suvchi evkalipt) o'lkan daraxtlar mavjud. Gulli o'simliklar yoshi, kelib chiqishi bo'yicha eng yosh Mezozoy erasining bo'r davridan boshlab rivojlangan o'simliklar hisoblanadi. Hozirda ular yer yuzi bo'ylab tarqalishi va tuzilishi bo'yicha eng murakkab va xilma-xil moslashuvga ega bo'lgan o'simliklar hisoblanadi. Ular dunyoning hamma qit'alarida ekvatorning issiq tropik o'rmonlaridan tortib, Shimoliy Arktika muzliklarigacha tarqalgan. ekologik nuqtai-nazardan ham ular turli xil sharoitlarda (muhitda) o'sishga mosshlashgan: issiq jazirama cho'ldan eng baland tog' cho'qqilarigacha, chuchuk va sho'r suv xavzalaridan (ko'l, soy, daryo, dengiz, okean) boshlab ohakli, gipsli, toshli va boshqa jinslardan iborat bo'lgan joylarda tarqalgan. Gulli o'simliklarning bu darajada turlar sonining ko'p bo'lishi, shaqlan xilma-xiligi, geografik va ekologik diapazonining kengligi ularning murakkab tuzilganligiga va qator o'ziga xos belgilarga ega ekanligiga olib kelgan. 2. Gulli o'simliklar quyidagi belgilari bilan ochiq urug'li va sporali o'simliklardan farq qiladi: 1. Urugning to'liq himoyalanganligi (yopiqligi), urug' ko'rtagini tuguncha ichida joylashganligi. 2. Bularda urug'chining va eng muhimi mevaning hosil bo'lishidir. 3. Bularda haqiqiy gulning paydo bo'lishi bilan changlanish va urug'lanishi jarayonida qo'sh urug'lanishni amalga oshishidir (S.Navashin, 1898). 4. Gulli o'simliklarda gametofit nasl ochiq urug'lilarga qaraganda o'ta qisqarganligi va juda tez taraqqiy etganligi bilan ajralib turadi. Gametofit nasl-ayrim jinsli. erkak gametofit-chang, chang naychasi va unda harakat qilayotgan vegetativ va generativ hujayralardan iborat. Urg'ochi gametofit-bu urug'chidagi mo'rtak xaltasi va unda joylashgan 8-ta hujayradan (tuxum hujayra markaziy hujayra, antipod va sinergitlar) tashkil topgan. Sporofit nasl mohiyati jihatidan 2-ta o'simlikdan: asosiy o'simlik va zigota tarqqiyotidagi embriondan (mo'rtak) iborat. 5. Ichki anatomik tuzilishi bo'yicha ular rivojlangan bo'lib, ikkilamchi yog'ochligida ksilema, floema, haqiqiy o'tkazuvchi naychalar traxeyalar va yo'ldosh hujayralarning bo'lishidir. 6. Morfologik tuzilishi jihatidan bularning xilma-xil ko'rinishiga, turli hil moslamalarga egaligi va turli hil sharoitda yashovchanligidir. 7. Hayotiy shakllarining xilma xil bo'lishi kelib chiqishi bo'yicha, eng yoshi-o't o'simliklar ekanligi, bulardagi muhim belgi hisoblanadi. 3. Gulli o'simliklarning kelib chiqishi. Gulli o'simliklar dastlabki qazilma holdagi qoldiqlari (changlari, barglari) Mezozoy erasining oxiri Bo'r davrining 2-yarmiga xos yotqiziq-laridan boshlab uchray boshlaydi. Umuman shu davridan boshlab gulli o'simliklarga mansub paleobotanik ma'lumotlar dunyoning ko'p joylaridan topilgan. Gulli o'simliklar filogeniyasining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.31 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.31 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga