Magnoliyatoifa-Magnoliophyta yopiq urug'lilar Angiospermae yoki gulli o'simliklar Anthophyta REJA Magnoliyatoifa o'simliklar klassifikatsiyasi Magnoliyatoifa o'simliklarning kelib chiqishi Yopiq urug'lilarning o'ziga xos tuzilishi Yopiq urug'lilarning tarqalishi va ahamiyati Magnoliyatoifa o'simliklarning vakillari 1. Yopiq urug'lilarning urug'i meva ichida bo'ladi, shuning uchun bu o'simliklar Yopiq urug'lilar deb ataladi. 2. Gullari changchi va urug'chidan tashkil topgan. Gullari juda ham xilma - xil shaklda bo'ladi. Gulqo'rg'oni bor. 3. Changlanishi hamda urug' va mevalarning tarqalishi turli usullar shamol, hasharotlar, qushlar, suv orqali amalga oshadi. 4. Qo'sh urug'lanish sodir bo'lishi buning natijasida mo'rtak (embrion) va endosperm hosil bo'ladi. 5. Yopiq urug'lilarning urug'ko'rtagi urug'cha, tagunchasi mevaga aylanadi. Mevalar mevacha barglarning himoyasida yetiladi. 6. Ular morfologik, anatomik jihatidan boshqa tipdagi o'simliklarga nisbatan juda murakkab tuzilgan. 7. Hayotiy shakli bo'yicha ham xilma -xildir. Gulli o'simliklarning kelib chiqishida 2 xil fikrlar bor: 1. Monofilitik yo'l - gulli o'simliklar bitta qadimgi ajdoddan kelib chiqqan deyiladi. (akad.Taxtadjyan) 2. Polifilitik yo'l - gulli o'simliklar bitta o'simlikdan emas, balki bir necha qadimiy ajdodlardan kelib chiqqan. Magnoliyatoifa-Magnoliophyta yopiq urug'lilar 2 ta katta sinfga bo'linadi: Magnoliyasimonlar - Magnoliopsida yoki ikki urug'pallalilar Liliopsida yoki Monocotyledones sinfi-Bir urug'pallalilar Magnoliyasimonlar sinfi (ajdodi) taksonlarga boyligi bilan alohida o'rinda turadi. U 8 ta sinf (ajdod)cha, 128 ta qabila, 429 ta oila. 100 turkum va taxminan 1900 turni o'z ichiga oladi. Ikki urug'pallalilar quyidagi sinfcha (ajdodcha) larga bo'linadi: 1. Magnoliyakabilar - Magnoliidae 2. Ayiqtovonkabilar - Ranunculidae 3. Chinnigulkabilar -Caryophyllidae. 4. Temirdaraxtkabilar - Hamamelididae 5. Dilleniyakabilar - Dilleniidae 6. Ra'nokabilar -Rosidae 7. Yalpizkabilar(labgullilar) -Lamiidae 8. Qoqio'tkabilar (murakkabgullilar) -Astyeridae Magnoliyakabilar-Magnolidae sinfcha (ajdodcha)si, Magnoliyanamolar -Magnoiiales qabilasi. Bu qabilaga 3 ta oila kiradi: 1.Degenyeriyadoshlar, 2.Magnoliyadoshlar va 3.Ximantradoshlar. Magnoliyadoshlar - Magnoliaceae oilasi. Oilaning 12 turkumga oid 240 ga yaqin turi mavjud. Ular hayot shakliga ko'ra daraxt. butalardan iborat. Oilada doimo yashil hamda barglari to'qiluvchi magnoliya turlari ham bor. Janubiy Amerikada o'suvchi magnoliyalar doimo yashil, Janubiy Osiyoda esa bargini to'kadi. Bu oilaning magnoliya-Magnoliya grandiflora va lola daraxti Liliodendron tulipifyera turlari O'zbekistonda, Markaziy Osiyo, Kavkazda manzarali daraxt sifatida o'stiriladi. Bu oilaga xos belgilarni yirik gulli magnoliya misolida o'rganamiz. Yirik gulli magnoliya- Magnolia grandiflora. O'simlikning bo'yi bizda 6 - 8 m, vatanida 30 m ga yetadigan, doim yashil daraxt hisoblanadi, vatani esa Xitoy, Yaponiya, Koreya va Shimoliy Amerikadir. Barglari oddiy, etli, chetlari tekis qirrali novdada navbatlashib joylashgan. Gullari yirik, oq, xushbo'y, nafis, limon hidini beruvchi, judayam chiroyli, aktinomorf, novdada bittadan joylashadi. Gul kattaligi 10 -25 sm ga yetadi. Bu oilaga lola daraxti (Liliodendron tulipifyera) ham kiradi. Uning bo'yi 30 - 40 metrli ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
58.96 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
58.96 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: pptx