Reja: 1. Makkajo'xorining halk hujaligidagi ahamiyati. 2. Kelib chiqishi, tarqalishi, ekin maydonlari va hosildorligi. 3. Sistematikasi, biologiyasi va navlari. 4. Makkajo'xorini almashlab ekishdagi o'rni, o'g'itlash va yerni ekishga tayerlash. 5. Ekish, urugni ekishga tayerlash, ekish muddatlari, usullari va me'yeri. 6. Makkajo'xorini parvarish qilish va hosilini yigishtirish. 7.Ok jo'xorining halk halk hujaligidagi ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi. 8. Sistematikasi, biologiyasi va navlari. 9. Ok jo'xorini etishtirish texnologiyasi. Makkajo'xori har xil maqsadlarga ishlatiladigan ser hosil ekin. Doni tarkibida 60 -70% uglevodlar, 9- 12 % oqsil, 4 - 8 % moy, mineral tuzlar va vita'minlar bo'ladi. Butun dunedagi mamlakatlarda makkajo'xori donining kariyb 20 % ozik- ovqat sifatida ishlatiladi. Undan un, erma, shirin jo'xori, konserva tayerlanadi. Sanoatda makkajo'xori donidan krahmal, etil spirt, desrin, pivo, glyukoza, shakar, krahmal kiemi, sirop, asal, eg, V vitamin, asqorin va glutamin kislotalar olinadi. Gulining ustunchasi meditsinada ishlatiladi. Donining mo'rtagidagi moydan davolash maqsadlarda foydalaniladi. Bargi, poyasi va sutasidan qog'oz, linoleum, viskoza, izolyatsiya materiallari, aktivlashtirilgan kumir, sun'iy pukak, plastmassa va kupgina boshqa narsalar tayerlanadi. Sut mum pishiklik fazasidagi makkajo'xori silosining 100 kg mi 21 ozik birligiga teng va tarkibida 1800 gr hazmlanadigan protein bo'ladi. Makkajo'xori juda qadimgi o'simlik, u Markaziy Amerikadan kelib chikkan. Markaziy Amerikaning mahalliy halki bu ekinni eramizdan 2400-2300 yil oldin ekib kelgan. Amerikadan makkajo'xori 15 asrda Evropaga keltirilgan, shu paytda Portuga liyaliklar tomonidan makkajo'xori Hindiston, Hindi - Xitoy, Xitoy mamlakatlariga keltirilgan. Rossiyaga makkajo'xori HVII asrda Gruziyadan tarkalgan. HIH asrning boshlarida u g'arbiy Xitoydan o'rta Osiega keltirilgan. yer yuzida makkajo'xori 110,8 mln.ga yerga ekiladi. O'zbekistonda 1990 yil fakat don uchun 108,5 ming ga yerga ekilgan. Makkajo'xori yuqori hosilni ekin. O'zbekistonninng sugorila digan erlarida undan har gektar yerdan 40 - 50 ts don va 500 - 700ts silos olinadi.Lekin ilg'or oila va fermer hujaliklarda bundan ham yuqori hosil olmokdalar. Makkajo'xori galladoshlar oilasiga mansub bir yillik o'simlik. Ildiz sistemasi baquvvat rivojlangan popuk ildiz. U atrofga 1 m gacha tarkalib, 3 m gacha chuqur kirib usadi. Makkajo'xori doni bitta mo'rtak ildiz chikarib unadi. Bugim ildizlari poyasining yer osti bugimidan chikadi. Bunda o'simlik 3-4 ta barg chikargan bo'ladi. Suta chiqarish fazasidan eki undan biroz oldin poyasining yer yuzasiga yaqin joyidagi bugimlardan tayanch ildizlari chikadi. Makkajo'xori poyasining yo'g'onligi 2-7 sm, barglari 8-45 tagacha bo'ladi. Uning buyi 60 sm dan 6 m gacha etadi. Makkajo'xori bir uyli, ayrim jinsli o'simlik. Har bir o'simlikda 2 hil tupgul: changchi - sulton va urugchi - suta hosil bo'ladi. Suta har bir o'simlikda 1-3 tagacha bo'lib, barg kultigida joylashadi. ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.88 MB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.88 MB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:16 ]
Arxiv ichida: doc