Makrosporogenez va onalik gametofitining rivojlanishi Reja: Planseta tiplari Urug'kurtak tuzilishi Makrosporani shakllanishi Urug'chi gametofitning rivojlanishi Murtak xaltalarning klassifikatsiya tiplari Onalik gametofitning tuzilishi haqidagi dastlabki ma'lumotlar XIX asrning o'rtalarida Gofmeystr (1849) tadqiqotlaridan keyin paydo bo'lgan. U birinchi marta yopiq urug'li o'simliklardagi urug'kurtakning tuzilishini tavsiflab bergan. Urug'kurtakning morfologiyasi, evolyutsiyasi, shakllanishi va kelib chiqishiga bag'ishlangan ko'plab asarlar mavjud (Y.S.Modilevskiy,1963; I.D.Romanov 1971; YE.N.Gerasimova-Navashin 1971; V.A.Poddubnaya -Arnoldi 1973; M.I.Savchenko 1973; va boshq). Bu asarlarda ham onalik gametofitining rivojlanish tiplari haqida ko'plab har xil tassavurlar aytilgan. XX asrning o'rtalariga kelib urug'chi gametofitini o'rganishda elektron mikroskopik (V.Rodkiewicz, 1973; J.Godineau 1971; W.Jonsen 1972; A.Chebotar 1972 va boshq.), gistokimyoviy (N.Singer,1958; N.Singer, V.A.Poddubnaya Arnoldi,1959 va boshq.) va sitokimyoviy (V.I.Fursov, 1964; V.P.Bannikova, O.A.Xvedinich, O.V.Ovsyannikova, 1978 va boshq.) usullardan foydalangan holda tadqiqotlar olib borildi. Bu tadqiqotlarda urug'kurtakning asosiy elementlarini nozik tuzilishi, vazifalari haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Urug'kurtak o'zining rivojlanishida bir qator murakkab tuzilishdagi morfologik va sitokimyoviy o'zgarishlarga uchraydi. Urug'kurtak ontogenezining boshlanishi I.D.Romanov (1971) fikricha, makrosporotsitning rivojlanishidagi tabaqalashuvidan boshlanib makrosporogenez jarayoni va gametofitni rivojlanishi uzluksiz jarayon hisoblanadi. PLANSETA TIPLARI Urug'chi yopiq urug'li o'simliklar gulining muhim organi hisoblanib, u gulning markaziy qismida joylashadi. Guldagi urug'chilar to'plami ginetsey deb ataladi. Urug'chilar bir yoki bir necha shakli o'zgargan mevabargcha yoki karpellalardan hosil bo'lgan. Urug'chi uch qismdan tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan iborat. Urug'chining asosiy qismi tuguncha bo'lib, uning ichki qismida o'simlik turiga qarab turli sonda urug'kurtaklar hosil bo'ladi va rivojlanadi, ularning har birini ichida murtak xalta, boshqacha aytganda onalik gametofiti tabaqalashib yuzaga kelishi ro'y beradi. Urug'kurtaklar tuguncha devoriga birikkan joy platsenta deb ataladi. Plansetalar klassifaksiyasi A.L.Taxtadjiyan (1948) tomonidan batafsil yoritilgan bo'lib, u platsentalarni ikkita yuza va chetki platsentalarga ajratadi. A. Yuza yoki laminal planseta Yuza-yon planseta: urug'kurtaklar mevabargchaning bo'ylama yuzasining yon qismida joylashadi. Yuza-o'rta platsenta: urug'kurtaklar mevabargchaning orqa qismida joylashgadi. Б. Chok bo'ylab platsenta Burchakli platsenta: Urug'kurtaklar mevabargchaning qorin chokining qirralari bo'ylab joylashadi. Devor yoki pariyetal platsenta: urug'kurtaklar mevabargchaning ichki devorida chok bo'ylab uzunasiga joylashadi. Erkin yoki ustunchali platsenta: urug'kurtaklar mevabargchalardan ajralgan markaziy ustuncha atrofi bo'ylab joylashadi. A.L.Taxtadjyan fikricha yuza-yon planseta platsentalarning eng sodda primitiv tipi hisoblandi. A.L.Taxtadjyan planseta va urug'chining evolyutsiyasiga doir yangi klassifikatsiyasiga ko'ra urug'chining tuzilishida mevabargchalar soniga qarab ginetseylarni ikki tipga ajratiladi. Apokarp ginetsey-urug'chi hosil bo'lishida bitta mevabargcha ishtrok etadi va eng sodda primitiv tip deb hisoblanadi. Bunda urug'chilar o'zaro birikmay, ko'pincha spiral holda mustaqil joylashadi. Apokarp ginetsey magnoliyadoshlarda, ayiqtovondoshlarda, dukkakdoshlarda va boshqa oilalarda keng tarqalgan. Senokarp ginetsey esa ikki va undan ortiq mevabargchaning qo'shilishidan hosil bo'ladi. Senokarp ginetsey tipida mevabargchalarning o'zaro qo'shilish darajalari ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.02 MB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.02 MB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:16 ]
Arxiv ichida: doc