Maydalangan mahsulotlar tahlili (dorivor yig'malar va choylar)

Maydalangan mahsulotlar tahlili (dorivor yig'malar va choylar)

O'quvchilarga / Botanika
Maydalangan mahsulotlar tahlili (dorivor yig'malar va choylar) - rasmi

Material tavsifi

Maydalangan mahsulotlar tahlili (dorivor yig'malar va choylar) Ma'ruza rеjasi: 1. Dorivor yig'malar haqida. 2. Dorivor yig'malarni MX asosida tahlil qilish. 3. Sifat, miqdor, hamda mikroskopik tahlili. 4. Tibbiyotda qo'llanilayotgan dorivor prеparatlar. Tayanch iboralar: maydalangan maxsulotlar, yig'ma va choylar, dozalanmagan dori turi, Zdrеnko yig'masi, briketlar, kukunlar. Adabiyotlar X.X.Xolmatov, O'.A.Ahmеdov Farmakognoziya: darslik, Toshkеnt, Ibn Sino nomidagi NMB, 2007. Комилов Х.М. Фармакогнозия фани бўйича маърузалар матни. - Т.: 199. - 404 б. Самылина И.А., Ермакова В.А., Бобкова И.В., Аносова О.Г. Фармакогнозия. Атлас: учебное пособие в 2-х томах.-М.:ГЭОТАР-Медиа, 2009.-Т.3.-488 с. Машковский М.Д. Лекарственные средства: В 2 т. - 14-е изд., перераб, испр. и доп. - М.: ОО «Новая волна», 2010. Abu Ali Ibn Sino, Tib qonunlari, II - kitob, Toshkеnt, 1982. Dorivor o'simlik mahsulotlarini ishlatish (dori turlarini tayyorlash) uchun Galen laboratoriyalari, farmatsevtika zavodlariga va dorixonalarga turli holda yuboriladi: maydalanmagan (butun); qirqilgan (yirik maydalangan); kukun. Shuning uchun ularni taxlil qilish, ya'ni chinligini, sifatini va mahsulotdagi aralashmalarni aniqlash usullari ham turlicha bo'ladi. Agar dorivor o'simliklar maxsuloti butun - holda kelsa, ularning tashqi ko'rinishiga qarab, o'ziga xoc belgilarni xisobga olib, morfologik (lupa va mikroskop) taxlil qilinadi. Morfologik taxlil qilinganda maxsulotning ustki ko'rinishiga ahamiyat beriladi va ularning o'ziga xoc belgilarini topib hamda tegishli «aniqlagich kalit» yordamida taxlilga berilgan maxsulot chinligi aniqlanadi. Dorivor o'simliklar maxsuloti yirik maydalangan (qirqilgan) holda bo'lsa, unda avval lupa yordamida ustki ko'rinishini o'rganiladi (makroskopik tahlil), so'ngra mikropreparat tayyorlab, mikroskop ostida ko'riladi (mikroskopik tahlil) va unga xoc belgilarni topib, tegishli «aniqlagich kalit» yordamida chinligi aniqlanadi. Mahsulotdan tegishli mikropreparat (bapg va gullarni ko'pincha ustki ko'rinish, po'stloq, ildiz, ildizpoya, meva va ypyg'lardan ko'ndalang va uzunasiga kesma) tayyorlanadi, tegishli reaktivda mikroskop ostida ko'riladi. Mikropreparatlarda kimyoviy reaktsiyalar yordamida tegishli biologik faol moddalarga yoki ayrim xujayra va to'qimalarga mikrokimyoviy reaktsiyalar ham qilinadi. Bu reaktsiyalar mahsulot chinligini aniqlashda qo'shimcha (yordamchi isbotlovchi) dalil sifatida xizmat qiladi. Kukun - poroshok xolidagi mahsulotlar faqat mikroskopik tahlil va mikrokimyoviy reaktsiyalar qilib, ularning o'ziga xos belgilari topiladi. So'ngra tegishli «aniqlagich kalit» yordamida mahsulotning chinligi aniqlanadi. Yirik kukun holidagi dorivor o'simlik mahsulotidan yig'ma-choylar, ularni presslab briket yoki tabletkalar, mayda kukun holidagi mahsulotlardan tabletka va murakkab kukunlar (poroshoklar) tayyorlanadi. Dorivor yig'malar - Species qadimgi dopi turlariga kiradigan, uy sharoitida ishlatishga qulay va dorivor o'simliklarning ishlatilishini eng oddiy shakli bo'lgan dori turidir. Dorivor yig'malar va choylar ma'lum bir kasallikni davolashga mo'ljallangan bir nechta dorivor o'simliklarning yirik maydalangan mahsulotlarining aralashmasidir. Yig'malar va choylar qat'iy dozalanmagan (dozalarga - iste'mol qilinadigan miqdorlarga bo'linmagan), taxminiy dozalanadigan dori turi bo'lgani uchun, ularni odatda zaharli va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 661.23 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:16 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 661.23 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga