Meva urug' tuzilishi, tiplari va klassifikatsiyasi. Jinsiy ko'payish evolyutsiyasi

Meva urug' tuzilishi, tiplari va klassifikatsiyasi. Jinsiy ko'payish evolyutsiyasi

O'quvchilarga / Botanika
Meva urug' tuzilishi, tiplari va klassifikatsiyasi. Jinsiy ko'payish evolyutsiyasi - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: MEVA URUG' TUZILISHI, TIPLARI VA KLASSIFIKATSIYASI. JINSIY KO'PAYISH EVOLYUTSIYASI . ASOSIY SAVOLLAR Gulli o'simliklarning urug'ining tuzilishi va turlari Mevalar va ularning tarqalishi Yuksak o'simliklarni individual hayoti urug'langan bitta tuxum hujayraning rivojlanishidan boshlanadi. Tuxum hujayraning, ya'ni zigotaning keyingi bir necha marta bo'linishidan so'ng to'qimalar va nihoyat ko'p hujayrali organizm hosil bo'ladi. Umuman, urug'li o'simliklar ochiq va yopiq urug'li bo'ladi. Yopiq urug'li o'simliklar urug'i rivojlanishi va tuzilishi jihatidan ochiq urug'lilardan farq qiladi. Birinchidan, ochiq urug'lilarning urug'idagi g'amlovchi to'qima-endosperma kelib chiqishi jihatidan gaploid xarakterga ega, ya'ni onalik gametofitining vegetativ qismi hisoblanadi. Gulli o'simliklarning urug'idagi endosperm esa qo'sh urug'lanish jarayoni natijasida hosil bo'lib triploid bo'ladi. Ikkinchidan, yopiq urug'lilar urug'ining mo'rtagida 1 yoki 2 ta urug'pallalari bo'ladi. Uchinchidan, yopiq urug'lilarda urug' po'stining (spermoderma) rivojlanishi urug'ning ikki qavat integumenti ishtirokida bo'ladi. Ochiq urug'lilarda urug' po'sti bitta integumentdan hosil bo'ladi. GULLI O'SIMLIKLARNING URUG'INING TUZILISHI VA TURLARI Urug'larning unib chiqishida zarur bo'lgan oziq moddalar urug'ning o'zida to'planadi. Demak, urug' mo'rtagining oziqlanishi geterotrof hisoblanadi. Gulli o'simliklar urug'i, odatda mo'rtak, endosperm va urug' po'stidan iborat. Mo'rtak yangi o'simlikning embrionidir. Gulli o'simliklarning turli vakillarida urug'dagi mo'rtak bilan endosperm bir-biriga nisbatan turli o'lchamdadir. Magnoliyadoshlar, loladoshlar va palmalarda mo'rtak juda kichik o'lchamda, endosperm esa urug'ning deyarli barcha hajmini egallagan bo'ladi. Burchoqdoshlar, qovoqdoshlarda u mo'rtak va po'stdan iborat. Bundan tashqari oraliq guruhlar ham uchraydi. GULLI O'SIMLIKLARNING URUG'INING TUZILISHI VA TURLARI GULLI O'SIMLIKLARNING URUG'INING TUZILISHI VA TURLARI Urug' po'sti bir necha qavatdan iborat bo'lib, mo'rtakni qurib qolishidan, erta unib ketishidan saqlasa, urug'larning unish vaqtida uning hujayralari shilimshiqlanib, tuproqqa urug'ni birikib olishiga yordam beradi. Urug'ni tarqalishida ham ahamiyatga ega. Urug' po'stida suvni shimib bo'qishi uchun mayda teshik bo'ladi, uni odatda urug' yo'li deyiladi. Bundan tashqari, chok ham bo'lib, u urug'bandiga birikish joyi hisoblanadi. Endosperm asosan g'amlovchi to'qimadan iborat. Unda kraxmal, oqsil va moy tomchilaridan tashqari zaxira oziq sifatida boshqa moddalar ham to'planishi mumkin. Shunigdek, mo'rtakning tarkibida ham zaxira moddalardan kraxmal, yog'lar va oqsillar uchraydi. GULLI O'SIMLIKLARNING URUG'INING TUZILISHI VA TURLARI O'zida to'playdigan zaxira moddalar tarkibiga ko'ra urug'lar bir necha xil bo'ladi: 1. Kraxmal to'plovchi urug'lar. Bu xil urug'lar tarkibida asosan kraxmal va kam miqdorda oqsillar ham to'planib, ular makkajo'xori, bug'doy, arpa, sholi, javdar va shu kabi o'simliklarda bo'ladi. 2. Oqsil to'plovchi urug'lar bularga soya, mosh, no'xat, beda va boshqa dukkaklilar urug'lari kiradi. 3. Yog' to'plovchi urug'lar bularga kanakunjut, zig'ir, kungaboqar, xantal, kanop, kunjut, yong'oq va shu kabi o'simlik urug'lari kiradi. 4. Sellyuloza (kletchatka) to'plovchi urug'lar. Bunday urug'larga finik va braziliya palma daraxti, kofe va shu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:16 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga