Reja: 1. Urug' haqida tushuncha. 2. Urug'ning tuzilishi. 3. Urug'lardan foydalanish. 4. Meva haqida tushuncha. 5. Mevalarning klassifikatsiyasi. 1. Urug' deb o'simliklarning tarqalishiga, ko'payishiga xizmat qiluvchi generativ organga aytiladi. Urug' urug' kurtakda ro'y bergan qo'sh urug'lanish jarayonidan keyin rivojlanib hosil bo'ladi. U o'zida bo'lg'uvchi o'simlikning barcha qismlarini ildiz, poya va bargini saqlagan bo'ladi. Bu qismlar qo'sh urug'lanish jarayonidagi tuxum hujayraning otalanishidan hosil bo'lsa, zapas oziq moddalar to'planadigan epdosperm markaziy hujayraning otalanishidan hosil bo'ladi. Urug' po'sti urug'kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo'ladi. Tabiatda urug'lar turli - tumandir. Ularning og'irligi milligramdan 15 kg gacha bo'ladi (palma). 2. Urug'ning shakli, o'lchami, rangi turlichadir. Har qanday urug' quyidagi qismlardan tashkil topgan bo'ladi. Urug' po'sti, mo'rtak va zapas oziq moddalar saqlanuvchi qism. Zapas oziq moddalarning saqlanishiga qarab urug'larni uchta guruhga ajratish mumkin. 1. Endospermli urug'lar. 2. Endospermsiz urug'lar. 3. Perisperimli urug'lar. Endospermsiz urug'larning tuzilishi. Endospermsiz urug'lar ikki pallali o'simliklar uchun xos bo'lib (dukkakdoshlar, murakkabguldoshlar, krestguldoshlar, gulxayridoshlar, atirguldoshlar) quyidagi qismlardan tashkil topgan bo'ladi. 1. Urug' po'sti. 2. Mo'rtak. 3. Urug'palla Urug' po'sti, urug' kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo'ladi. Ikki pallalilarning urug' po'sti ayrimlarida tericha, ayrimlarida parda, ayrimlarida yog'ochlangan bo'ladi (uzum). Urug' po'stining rangi oq, qo'ng'ir,, qizil va qora ranglarda bo'lishi mumkin. Urug' po'stining yuzasi silliq yoki g'adir - budir (no'xat) tukchali (g'o'za, terak, qoqio't) bo'ladi. Bu o'zgarishlar urug'larning tarqalishiga va tuproqka joylashib olishga xizmat qiladi. Mo'rtak urug'nig asosiy qismi hisoblanadi. U otalangan tuxum hujayraning rivojlanishidan hosil bo'ladi. Mo'rtakda, mo'rtak kurtakchasi, mo'rtak ildizchasi joylashgan bo'lib, uning rivojlanishi-dan bargli poya va o'q ildiz hosil bo'ladi. Urug'larda zapas oziq moddalar to'planib u o'simlikning birinchi bargi hisoblanadi. Endospermli urug'larning tuzilishi. Endospermli urug'lar g'allaguldoshlar, lolaguldoshlar va qiyoqdoshlar oilasi vakillari uchun hosdir. Endosmpermli urug'lar quyidagi qismlardan tuzilgan bo'ladi. 1. Urug' po'sti. 2. Endosperm. 3. Mo'rtak. Qalqoncha bir pallali urug'lar uchun xarakterli organ hisoblanadi. Uning asosiy funksiyasi endospermadagi zapas oziq moddalarni diostaza fermenti ta'sirida parchalab mo'rtak qismiga o'tkazib berishga xizmat qilishdir. Ayrim o'simliklar endosperm o'rniga zapas oziq moddalarni peresperm qismida to'plash xususiyatiga ega bo'ladi. Perisperm urug'kurtakning nutsellus qismidan hosil bo'ladi. Perisperimning farqi uning tarkibida oqsil va yog miqdori kamroq bo'lib, asosiy qismini kraxmal tashkil qiladi. Perisperm hosil qilish chinnigul, lavlagi, shura, olabuta uchun xosdir. Urug'ning otalanmasdan rivojlanishi. O'simliklar dunyosida urug'ning hosil bo'lishi va rivojlanishi har doim yukoirdagi qonuniyatga amal qilavermaydi. Ayrim o'simliklarda urug' va meva otalanmasdan rivojlanishi mumkin. Bunga apomiksis deyilsa. Urug' va mevani otalanib hosil bo'lishi amfimiksis deyladi. Apomiksis jarayonida urug' va mevalar urug' kurtaklarning nutsellusidan urug'kurtak po'stidan, sinergiddan hosil bo'ladi. Urug' mo'rtak ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.95 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.95 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:16 ]
Arxiv ichida: doc