Mevachilik va uzumchilikning xalq xo'jaligidagi ahamiyati

Mevachilik va uzumchilikning xalq xo'jaligidagi ahamiyati

O'quvchilarga / Botanika
Mevachilik va uzumchilikning xalq xo'jaligidagi ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Mevachilik va uzumchilikning xalq xo'jaligidagi ahamiyati Reja: Bog'dorchilik tarixi va rivojlantirish istiqbollari Tokchilikning ahvoli va uni rivojlantirish istiqbollari Bog'dorchilikni rivojlantirishda ilmiy tadqiqot institutlarining o'rni O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini belgilovchi va katta daromad keltiradigan asosiy sohalardan biri bog'dorchilik hisoblanadi. Bu sohani ilmiy asosda rivojlantirmasdan turib, aholi va sanoatimizning meva mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish mumkin emas. Shunday ekan, qishloq xo'jalik sohalarini, shu jumladan, bog'dorchilikni chuqur o'rganib chiqib, qanday muammolar sodir bo'lganligini aniqlab olish va ularning ijobiy yechimini topishni taqozo etadi. Respublikamiz aholisi moddiy farovonligi o'sishi bilan ularning meva mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlari ham oshib bormoqda, chunki mevalar (ho'l va quritilgan holatlarda) inson salomatligi uchun zarur bo'lgan to'yimli, mazali va shifobaxsh oziqdir. Shu bois yil davomida aholining mevaga bo'lgan talabini ta'minlash bu - davr talabidir. Bog'dorchilik qishloq xo'jaligi tarmog'i bo'lib, fan sifatida meva daraxtlarining morfologik tuzilishi, o'sishi, rivojlanishi, ko'paytirish usullari, hosil berish qonuniyatlari hamda parvarishlash texnologiyasini o'rgatadi. Yuqorida ko'rsatilgan bilimlarning egallanishi agronom, fermer mutaxassisi bo'lib shakllanishlarida katta ahamiyat kasb etadi va agrotexnik chora-tadbirlarni yuqori darajada va o'z vaqtida o'tkazishga yordam beradi. Bog'dorchilik sohasi - biologiya, biotexnologiya, tuproqshunoslik, o'simliklar fiziologiyasi, melioratsiya, agrokimyo va umumiy dehqonchilik tarmoqlari bilan chambarchas bog'liqdir. Meva daraxtlari va tok tuplarini parvarishlash texnologiyasi shu fanlar bilan aloqadordir. Uzumchilik «mamlakatimiz qishloq xo'jaligining muhim tarmoqlaridan biri. Markaziy Osiyo respublikalarida, xususan, O'zbekistonda uning roli, ayniqsa, katta. O'zbekistonning qulay tabiiy sharoiti bu yerda xilma-xil nav uzum yetishtirishga imkon beradi. Tok qimmatbaho o'simlik hisoblanadi. Uning mevalari juda mazali va foydalidir. Uzum mevasining tarkibida 15-30 foiz shakar, sovitilganda esa 40-50 foizgacha organik kislotalar, pek tin, oshlovchi, xushbo'y hidli va bo'yoq moddalar, o'simlik yelimi, bir qancha fermentlar А, В, C vitaminlar va mineral tuz lar bo'ladi. Uzum tarkibida yaxshi o'zlashtiriladigan shakar (glyukoza va fruktoza), orga nik kislotalar va boshqa moddalar bo'lishi va tarkibiy qismlarining bir-biriga mos ravishda birikkanligi tufayli ular davolash xususiyatiga ega. Uzum mevalaridan har xil maqsadlar uchun foydalaniladi. Uzum yangiligicha ko'p ishlatiladi. O'zbekiston tuproq-iqlim sharoitida undan iyun oyidan boshlab noyabrgacha foydalaniladi. Tashishga chidamliligi va muzlatgichlarda hamda maxsus ombor larda uzoq saqlanishi tufayli uzum yangiligicha kelgusi yilning may oyida ham iste'mol qilinadi. Uzum oziq-ovqat va vino sanoati uchun juda qimmatbaho xomashyodir. Yangi uzumdan murabbo, kompot, marinadlar tayyorlanadi. Uzum suvi tegishlicha tayyorlanganda eng yaxshi to'yimli parhez va shifobahsh mahsulotlar sifatida ko'p oylar davomida saqlanishi mumkin. Uzumdan quritilgan qimmatbaho mahsulotlar: urug'li xo'raki navlaridan mayiz, urug'siz navlardan kishmish, juda mayda (6-9 mm) urug'siz qora mevali korinka nav uzumdan quritilgan korinka olinadi. O'zbekistonda ko'plab kishmish, mayiz esa kamroq tayyorlanadi. Korinka butunlay tayyorlanmaydi. Uzumdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.45 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:16 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.45 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga