Mevalar haqida ma'lumot

Mevalar haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Botanika
Mevalar haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

MEVALAR HAQIDA MA'LUMOT Meva va uning tuzilishi Meva turlari, shakllari va xususiyatlari. Meva va urug'larning tarqalishi. Meva va uning tuzilishi Meva: yopiq urug'li o'simliklar uchun xos bo'lgan generativ a'zo bo'lib, gulda urug'lanish jarayoni o'tgandan keyin urug'chi tugunchasi va gulning boshqa a'zolari ishtirokida rivojlanadi. Agar gulning tugunchasi ustki bo'lsa, unda meva faqat tugunchani o'zidan (chin meva) hosil bo'lsa, ostki tugunchali gulda esa mevaning hosil bo'lishida gul o'rni changchilarning ostki qismi, gultoj va gulkosa barglari ham ishtirok etadi. Agarda gulda bir necha urug'chi bo'lsa, ular urug'langandan so'ng ayrim mevalardan tashkil topgan to'pmeva rivojlanadi. Mevaning rivojlanishi urug'ning rivojlanishi bilan bir vaqtda boradi. Mevalar tuzilishi muhim bir sistematik belgi bo'lib u yoki bu sistematik birliklar holatini aniqlashda ham qo'llaniladi.ug'chi tugunchasi va gulning boshqa a'zolari ishtirokida rivojlanadi. Meva tuzilishi: Meva ikki qismdan: meva qati (yonligi) yoki po'sti -perikarp (yunon. peri-atrofi, karpos-meva) va urug'dan iborat bo'ladi. Meva qati tugunchaning devoridan hosil bo'lib, uch qavatga ega: 1.Ekzokarp (tashqi qavat). 2. Mezakarp (o'rta etli va seret qavat). 3. Endokarp (ichki) qavat. Ushbu qavatlar barcha mevalarda bir xil darajada rivojlanmagan. Agarda gulda bitta urug'chi bo'lsa, bu urug'chidan hosil bo'lgan meva oddiy meva deb ataladi. Masalan, no'xatning dukkak mevasi shu guruhga kiradi. Agarda gulda bir nechta urug'chi bo'lsa, bu urug'chilardan hosil bo'lgan mevaga murakkab meva deyiladi. Bunga ayiqtovon va malina o'simliklarining mevasi misol bo'ladi. Agarda meva bir nechta guldan yoki to'pguldan hosil bo'lsa to'pmeva deb ataladi. Masalan, lavlagi, an'anas, anjir va tutning mevasi to'p meva hisoblanadi. Perikarp qavatlarining holatiga ko'ra, mevalar ho'l (sersuv) va quruq mevalarga bo'linadi. Ho'l mevalarning meva qati (perikarp)da mezokarp qavati yaxshi rivojlangan. U bir necha qavat parenxima hujayralardan tuzilib, hujayra qobig'i yupqa, hujayra shiqasiga boy bo'ladi. Ularda tashqi epiderma va o'tkazuvchi boylamlar yaxshi rivojlangan. Quruq mevalarda esa mezokarp emas, balki ekzokarp va endokarp qavatlari mavjud. Mezokarp esa o'z suyuqligini yo'qotgan sklerenxima va tosh hujayralardan iborat Meva turlari Bargak meva - bitta meva bargchasining birikib o'sishidan hosil bo'lgan bir uyali, ko'p urug'li, bir tomonlama ochiladigan quruq meva. Bargak meva- ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasining vakillarida uchraydi. Dukkak meva - bitta meva bargchadan hosil bo'lgan, bir uyali, bir-ikki yoki ko'purug'li, ikki tomonlama ochiladigan va ochilmaydigan quruq meva. Dukkak mevalar - Burchoqdoshlar (Fabaceae) oilasining vakillarida bo'ladi. Bunday mevalarning shakli va kattaligi har xil bo'lishi mumkin. Masalan, ekma bedaning (Medicago sativa) dukkak mevasi ko'p urug'li, spiralsimon o'ralgan bo'ladi. Esparset (Onobrychis) o'simligining mevasi bir urug'li, ochilmaydigan dukkak meva hisoblanadi. Qo'zoq va qo'zoqcha meva - ikkita meva bargchasining birikib o'sishidan hosil bo'lgan, ikki uyali, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 368.96 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:16 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 368.96 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga