Mevali daraxtlarga shakl berish

Mevali daraxtlarga shakl berish

O'quvchilarga / Botanika
Mevali daraxtlarga shakl berish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi Vazirligi Muqimiy nomidagi Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti Fizika-Matematika fakulteti Mehnat ta'limi yo'nalishi 3 «C» guruh talabasi Umarova Maftunaning «Qishloq xo'jaligi» fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI O'qituvchi: Rahmonov X. Mevali daraxtlarga shakl berish Reja: Mevali bog'lar barpo etish xususiyatlari. Parvarishlash ishlari. Daraxtlarga shakl berish va butash. Tayanch iboralar: Bog'larda tuproqqa ishlov berish, bog'larni sug'orish ishlari, meva daraxtlariga shakl berish kesish bilan amalga oshiriladi, kesish ikkiga bo'linadi, qisqartirish va siyraklashtirish, shakl berish va kesish ekin turiga qarab har xil bo'ladi, meva daraxtlari har xil o'sish davrida har xil maqsadlar uchun kesiladi. Mevali bog'ning hosildorligi, uzoq yashashi va serdaromad bo'lishi, uning qanchalik to'g'ri barpo etilganligiga bog'liq. Meva daraxtlari ko'p yillik bo'lib, 35 yil va ziyod hosil beradi. Bog' barpo etishdagi yo'l qo'yilgan xato u hosilga kirgandagina bili­nadi va uni tuzatib bo'lmaydi. Bog' barpo etishda yer uchastkasini tan­lash, bog' territoriyasini tashkil etish, tur va navlarni tanlash, joy­lashtirish, uchastkaning tuprog'ini tayyorlash, ko'chat o'tkazish texni­kasi, parvarishlash kabilarga kata e'tibor beriladi. Bog' barpo qilish uchun joy tanlash. Tuproq-iqlim sharoiti, harorat (to) hal qiluvchi ahamiyatga ega. Issiqsevar shaftoli, bodom, o'rik qishi sovuq qora sovuqlar bo'ladigan joylarda bo'lmaydi. Tuproq gorizonti 2,0-2,5 m (urug'lilar uchun), 1,0-1,5 m (danakli­lar uchun) yaxshi. Sizot suvlari 2-3 m chuqurda joylashgan bo'lishi kerak. Bog' territoriyasini tashkil qilish. Bog' maydoni kamida 25-30 ga bo'lishi kerak. Xo'jaliklarda bog' barpo etishning 3-5 yillik re­jasi tuziladi. SHu asosda ekilib boriladi. Bog' uchun uchastka ajratilgandan keyin uning territoriyasi ras­miylashtiriladi. Bog' chegarasi belgilanadi, ariq, zovurlar, yo'llar, ixota daraxtlar loyihasi tuziladi va yotqiziladi. Maydon kvartal­larga bo'linadi, daraxtlarni joylashtirish kartasi tuziladi, tur-na­vlarni joylashtirish, changlovchi ko'chatlar o'tkazish belgilanadi, ko'chat o'tkazish sxemasi va qalinligi aniqlanadi. Kvadratlar eni 10-12 m yo'llar bilan bir-biridan ajratiladi, ichida esa 8-10 m yo'llar bo'ladi. Tur va navlarni tanlash. Rayonlashgan tur va navlar standart sortimentlar deyiladi. Bog'da tur va navlarni joylashtirish. Bog'da har bir turning 3-5 navi ekilib, har xil muddatlarda pishadigan bo'lishi kerak. CHanglovchi navlarni tanlash va joylashtirish. Har 10-12 qatordan so'ng 1-2 qator 2-3 xil changlovchi nav o'tkaziladi. Meva daraxtlarini joylashtirish usullari. Kvadrat, to'g'ri to'rtburchak, shaxmat usullarida joylashtiriladi. Ko'chat o'tkazish muddati: Kuz va bahorda o'tkaziladi. Bog' barpo qilingan yili va hosil berishgacha parvarish­lash. Ohaqlanadi, oqlanadi, o'suv davrida 8-10 hatto 16 martagacha sug'oriladi. Daraxt tanasi atrofi ishlanadi, oziqlantiriladi, ka­sallik va zararkunandalarga qarshi ishlanadi. Ko'chatlar holati tekshiriladi, xatosi ekiladi. 2-yildan shakl beriladi, butaladi, sug'oriladi, o'g'itlanadi (N60P30K15 va N120P60K30), qator orasi ishlanadi, begona o'tlardan tozalanadi, qator orasiga ekinlar ekiladi. Daraxtlarni butash xirurgik operatsiya bo'lib, ortiqcha novdalar, shoxlar va meva ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.78 MB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:16 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.78 MB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga