Reja: Koksidalar (Qalqondorlar) 2.Yapon tayoqchasimon qalqondori 3. Sharq meva qurti 4. Amerika oq kapalagi 5. Yapon tukli buzoqboshi qo'ng'izi 6.O'rta yer dengizi meva pashshasi 7. Tok fillokserasi Koksidalar (Qalqondorlar). Sossodyea. Markaziy Osiyoning urug'li meva bog'larida koksidalarning bir necha turi: gunafsha tusli qalqondor (Parlatoria oleae Colv.; sinonimi: Syngenaspis Oleae Colv.), vergulsimon qalqondor (Lepidosaphes ulmi L.), nok oq qalqondori (Suturaspis archangelskayae Lndgr.), ba'zan katta soxta qalqondor (Paleolecanium bituberculatum Targ.) va akasiya soxta qalqondori (Parthenolecanium corni Bche.) daraxtlarga zarar yetkazadi; janubiy Tojikistonda, yuqoridagi koksidalardan tashqari, ayrim bog'larda kaliforniya qalqondori (Diaspidiotus perniciosus Comst.) ham uchraydi. Markaziy Osiyoda qurtlardan olma unsimon qurti (Phenacoccus mespili Geoff.) va ayrim bog'larda Komstok qurti (Pseudococcus comstocki Kuw.) ancha zarar yetkazadi. Zarari. Koksidalar daraxtlarning shirasini so'rib, zaiflashtiradi, ko'pincha ayrim shoxlarni va ayniqsa yosh novdalarni nobud qiladi, ba'zan esa daraxtlarni butunlay quritib qo'yadi. Koksidalar mevalarga dog' tushirib, sifatini pasaytiradi. Masalan, Toshkent viloyatidagi Qibray xo'jaligida gunafsha tusli qalqondor tushgan ba'zi olma navlarining taxminan 50 foizida 20 ta va undan ortiq dog' topilgan. Mevalarning 90 foizida dog' borligi aniqlangan (Nevskiy). Kaliforniya qalqondori karantin zararkunanda bo'lib, meva daraxtlariga, rezavor meva, butalarga va manzarali o'simliklarga zarar yetkazadi. Kaliforniya qalqondori juda ko'payib ketganda daraxt po'stlog'ini yorib yuboradi, shoxlarini va hatto butun daraxtlarni quritib qo'yadi, mevalardagi shirani so'rib, to'q qizil dog' tushiradi. Kaliforniya qalqondori yangi o'tqazilgan daraxtlarga ayniqsa katta zarar yetkazadi. Olma unsimon qurti daraxt shirasini so'rib, juda nimjon qilib qo'yadi, ba'zan novdalarni nobud qiladi. Tarqalishi. Gunafsha tusli qalqondor Markaziy Osiyo, janubiy Qozog'iston, Kavkaz orti, Shimoliy Kavkazda, O'rta dengiz bo'yidagi mamlakatlarda, Hindiston, Yaqin Sharq, Shimoliy Amerikada va Argentinada uchraydi. Vergulsimon qalqondor hamma qit'alarga tarqalgan; Rossiyada u o'rta Volgabo'yidan shimolga o'tmaydi. Katta. soxta qalqondor Markaziy Osiyo, janubiy Qozog'iston, Kavkaz orti, Ukraina, Qrim, Eronda, O'rta va Janubiy Yevropada hamda Shimoliy Amerikada hayot kechiradi. Nok oq qalqondori O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Armanistonda meva daraxtlariga zarar yetkazadi. Kaliforniya qalqondori janubiy Tojikiston tumanlaridan birida borligi aniqlangan; bu hasharotning Turkmaniston doirasidagi ikkinchi makonini karantin inspeksiyasi tugatgan. Kaliforniya qalqondori Ozarbayjon, Gruziyada, Krasnodar o'lkasida, Rostov viloyatida, Moldovoda, Primorye o'lkasida, Yevropaning o'pta va janubiy qismidagi mamlakatlarda, janubiy Afrikada, Hindistonda, Shimoliy va Janubiy Amerikada, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Xitoy, Koreya va Yaponiyada uchraydi. Olma unsimon qurti shimoliy O'zbekiston, Turkmaniston, Kavkaz, Kavkaz orti, Qrim, o'rta va quyi Volgabo'yi va G'arbiy Yevropada uchraydi. Ta'rifi. Gunafsha tusli qalqondor urg'ochisining qalqoni 2 mm; shakli yumaloq yoki noto'g'ri yumaloq bo'lib, rangi och kul rang, o'rtasi qoramtir tusda; urg'ochisining tanasi gunafsha rang. Erkagining qizg'ish-gunafsha tusli bir juft qanoti bor; uzunligi taxminan 1 mm. Erkak ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.01 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.01 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:16 ]
Arxiv ichida: doc