Mevali daraxtlarning rivojlanish davrlari, o'suv va tinim fazalari. Mevali o'simliklarga tashqi muhitning ta'siri

Mevali daraxtlarning rivojlanish davrlari, o'suv va tinim fazalari. Mevali o'simliklarga tashqi muhitning ta'siri

O'quvchilarga / Botanika
Mevali daraxtlarning rivojlanish davrlari, o'suv va tinim fazalari. Mevali o'simliklarga tashqi muhitning ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Mevali daraxtlarning rivojlanish davrlari, o'suv vа tinim fazalari. Mevali o'simliklarga tashqi muhitning ta'siri Mevali daraxt yer ustki qismining bo'yi baland yoki past bo'lib birinchi navbatda o'stirilayotgan meva turi va ularning navlariga bog'liq bo'lsa, ikkinchidan payvandtaglarga va uchinchidan qo'llaniladigan agrotexnikaga bog'liq. Daraxtning ildiz bo'g'zidan yuqori qismi o'simlikning yer ustki qismi hisoblanadi. Mevali daraxt ko'chatlari to'g'ri ekilganda uning ildiz bo'g'zi, ya'ni kurtak payvand qilingan qismi yer betiga tarqal gan holda tuproq ustida yerga zich tegib turadi. Payvandtag yoki payvand ustning ayrim biologik xususiyatlariga binoan daraxtning ildiz bo'g'zida shish paydo bo'ladi. Masalan, olchaga gilos payvand qilinganda daraxtning ildiz bo'g'zidan yuqorisi yo'g'onroq bo'ladi. Chunki olma, olcha, gilos navlari uchun payvandtag hisoblanganligidan gilos kuchli, olcha esa kuchsiz bo'ladi. Yuqorida aytilganidek, ildiz bo'g'zidan to birinchi yon shoxi o'sib chiqqan yerigacha qismi tana deyiladi. Tananing vazifasi juda kattadir. Daraxtning ildizi yerdan o'zlashtirilgan oziq moddalarni nam bilan daraxtning shox-shabbalariga o'tkazadi. Barglarida paydo bo'lgan plastik organik moddalarni ildiz tizimiga yetkazib beradi. Kuchsiz payvandtaglarda o'stirilgan olma daraxtlari tanasining balandligi 30-40 sm, kuchli payvandtaglarda o'stirilgan olma va boshqa mevali daraxtlar tanasining balandligi 50-70 sm bo'ladi. Tanani haddan tashqari baland va past bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Tana haddan tashqari baland bo'lsa, daraxtning shox-shabbalari balandlashib ketadi, shamol ta'sirida bir tomonga egilishi yoki mevasi to'kilib ketishi mumkin. Baland bo'yli daraxt shox-shabbalaridan hosilni terib olish, uni parvarishlash va hosilli shoxlar tagiga tirgovuchlar qo'yish ham ancha qiyinlashadi. Tana haddan tashqari pasayib ketsa daraxtning shox-shabbasi atrofida tarvaqaylab o'sganligidan ular bog' qator orasida mashinalarning erkin yurishiga xalaqit beradi. Tuprog'i sho'rlangan yerlarda ham tananing balandligi 10- 20 sm dan kamroq bo'lganida daraxtning shox-shabbasi quyuqlashib yerga yaqinroq o'sadi. Daraxt tanasining hamda po'stining shikastlanmasligiga quyosh nuri ta'sirida qattiq sovuqdan saqlanishga alohida ahamiyat beril ishi lozim. Markaziy lider shoxda kelgusida navbatdagi yaruslar barpo qilinadi. Markaziy tanadan o'sib chiqqan yosh shoxlar birinchi tartib shoxlar, ikkinchi tartib shoxlardan uchinchi tartib shoxlar va shunga o'xshash bir necha tartib shoxlar paydo bo'ladi. Tana tepasidagi har tomonga yoyilib o'sgan shox, butoq va novdalar daraxtning shox-shabbasi deyiladi. Shox-shabbaning o'sayotgan qismida barglar, gullar va turli shaklda kurtaklar chiqargan yangidan-yangi novdachalar paydo bo'ladi. Turli mevali daraxtlarda hosil novdachalari turlicha bo'ladi. Chunonchi olma, nok kabi urug'li meva daraxtlarida uzunligi 3-5 sm bo'lgan halqali meva chiviqlari, meva nayzachalari bo'ladi. Danakli meva daraxtlarida esa nihlar buketli novdachalar, halqasimon novdachalar kabi hosil novdachalar mavjud. Tana po'stloq bilan qoplangan: po'stning sirtqi qavati hujayralardan iborat. Ostki, ikkinchi qavatining hujayralarida bargida hosil bo'ladigan organik moddalar harakatlanadi. Barg bilan qoplangan bir yillik shoxcha novda deyiladi. Mevali daraxtlarning shox-shabbalari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.37 MB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:16 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.37 MB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga